Amerikaga viza olish yo‘llari

amerikaga viza olish

Do‘stlar, ko‘pchilikni o‘ylantiradigan bitta savol bor: qanday qilib Amerika Qo‘shma Shtatlariga ketish mumkin? Yoki nima qilsam, viza olaman? Amerikaga viza olish yo‘llari qanday? Umuman, bu diyorga borish mumkinmi, va hokazo. Javobi murakab emas — ha, albatta, ketsa bo‘ladi! Buning ilojisi bor. Ushbu maqola orqali sizga batafsil ma’lumot beramiz.

Amerikaga viza olish yo‘llari hujjatlardan boshlanadi

AQSh mamlakatida immigratsion qonun ishlaydi. Sizning ketish maqsadingizga qarab, beriladigan vizaning toifasi aniqlanadi. Ariza topshiruvchi shaxs qaysi toifali vizani olayotganiga barcha dalillarni keltirib berishi kerak. Ya’shi, o‘sha vizaga mos kelishini isbotlab berishi kerak. Mana bu saytda usvisas.state.gov viza toifalarining ro‘yxati bor. Uning orasidan o‘zizga ma’qulini tanlab olishingiz mumkin. Amerikaga kirayotgan har bir horij fuqarosi COVID-19’dan eplanganlik ma’lumotnomasini taqdim etishi shart. Bu haqida mana bu saytdan travel.state.gov bilib olasiz.

Demak, vizalar ikkita KATTA bo‘linmaga ajratilgan. Birinchisi — immigratsion viza, ikkinchisi — noimmigratsion viza. Bular esa o‘z navbatida bir necha toifalarga bo‘lingan.

Noimmigratsion vizalar toifasi:

— Turizm va sayohat;
— Vaqtinchalik ishga va biznes tashrif;
— O‘qish va ta’lim malakasini oshirish.

Immigratsion vizalar toifasi:

— Oilaviy immigratsiya;
— Turmush qurish vizasi;
— Ish bo‘yicha immigratsiya;
— Green Card lotereya yutgan immigrantlar;
— Qaytayotgan rezidentlar.

Bularning hari biri uchun o‘z navbatida talab va shartlari bor. Ular uchun barcha kerakli hujjatlarni yig‘ish kerak. Biz bu haqida gapirmoqchi emasmiz, keyinroq alohida maqolalar bilan har biriga to‘xtalib o‘tamiz. Bugun shu toifali vizalarning ixtiyoriysi uchun qanday qilib viza olish haqida tavsiyalar beramiz.

Qanday qilib Amerikaga viza olish mumkin?

O‘zbekistonlik fuqarolar uchun Amerikaga ketuvchi har qanday viza Toshkent shahridagi AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limda beriladi. Albatta Konsul sizga vaqt belgilaydi va u bilan suhbat bo‘ladi. Konsul suhbatiga kechga qolib bo‘lmaydi. Aks holda intervyuga kiritishmaydi.

Xullas, nima qilsa viza berishadi, shu haqida gaplashaylik. Aslida, viza olish uchun ko‘p narsa shart emas (bu yerda hujjatlar nazarda tutilmayapti). 90% muvaffaqqiyat insonning o‘ziga bog‘liq.

Demak,

BIRINChI eng kerakli narsa puliz borligining isboti. Ya’ni, Amerikaga borish uchun yetarlicha mablag‘ingiz borligini ko‘rsatib bering. Masalan, bankdan ma’lumotnoma orqali va hokazo.

IKKINChI muhim narsa — O‘zbekistonga qaytish uchun jo‘yali sabab ko‘rsating. Ular — oilangiz borligi, farzandingiz bo‘lsa yana bir plus degani. 18-28 yoshli farzandi yo‘q shaxslar viza olishi juda qiyin masala, ishonavering.

UChINChI muhim narsa — Konsul bilan suhbatda dovdiramang! Ha, o‘zingizni yaxshi tuting. Aniq, lo‘nda va optimal uzunlikda javob bering. Javobingiz qisqa ham bo‘lmasin, uzun ham bo‘p ketmasin.

Bo‘ldi!

Boshqa hammsi texnik omillar. Ularni topish, tayyorlash va yig‘ish mumkin

Siz Konsulga nima uchun ketayotganingizni, yurtingizga qaytib kelishingizni, qaytish uchun bir qator sabablar yetarli ekanligini isbotlab bersangiz bo‘ldi. Shu bilan birga, mablag‘ingiz borligini ko‘rsatgan holda. «O‘zbekistonda oilam, bola-chaqam, ishim, biznesim va mol-mulkim qolyapti. Men albatta qaytaman», qabilida gaplashishingiz kerak. Aks holda bu odam qolib ketadi, deb vizaga rad javobi berishadi.

Ko‘rib turganingizdek, Amerikaga viza olish yo‘llari unaqa murakkab emas. Barcha hujjatlarni yig‘ish, to‘g‘ri taqdim etish va mohirona suhbat qurish — mana ushnisi qiyindir. Tanlov o‘zizdan.

Yodda tuting: viza bermaslikning ENG katta sababi — sizni qolib ketadi deb qo‘rqishadi.

*****

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Green Card lotereyasi haqida batafsil

DS-260 to‘ldirish tartibi

3 161 марта ўқилди