DS-260 to’ldirish tartibi — Tel 998029699

ds-260 to'ldirish tartibi

Avvalgi safar Green Card lotereyasi haqida batafsil nomi ostida chiqish qilib, foydalanuvchilarga ma’lumot bergandik. Bu safar yutuq chiqqandan so‘ng nimalar qilish kerakligi haqida to‘xtalamiz. DS-260 to‘ldirish tartibi qanday ekanligini aytib o‘tamiz.

Yutuq chiqqandan so‘ng

Green Card lotereyasi g‘oliblari har yili may oyining birinchi 15 kunligida e’lon qilinadi. Uning g‘oliblari hech qaerda e’lon qilinmaydi. Ularga ularga telefon, e-mail yoki xat orqali ham xabar berilmaydi. Har bir ishtirokchi dvlottery.state.gov sayti orqali tekshiradi. Anketa to‘ldirganda berilgan tasdiqlovchi hujjat orqali yutuqni bilib oladi. Yutuqlar qit’alar — Evropa, Afrika, Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Okeaniya hududlari bo‘yicha bo‘lib beriladi. Ularga mos ravishda maxsus raqam (case number) beriladi.

O‘zbekiston Sharqiy Evropa hisobidan yutuq kvotalarini oladi. Barcha o‘zbekistonlik yutuq egalarinig maxsus raqamlari — 20XXEU000XXXXX ko‘rinishida bo‘ladi. Yana bir gap: yutuq chiqishi Amerikaga viza olishni kafolatlamaydi. Yutuq sohiblarinig soni ajratilgan vizalar sonidan ancha ko‘p bo‘ladi. Misol uchun, har yili Green Card uchun 55.000 ta viza ajratilinadi. Yutuq sohiblarinig soni 80.000 dan 130.000 gacha bo‘lishi mumkin. Ammo har bir yutuq ajratilgan davlat eng ko‘pi bilan 3850 ta viza olishi mumkin. Ya’ni jami vizalarning 7% ni tashkil qiladi.

Aytaylik, O‘zbekiston uchun 5800 ta yutuq egalari tanlab olindi. Shularning ko‘pi bilan 3850 tasigina viza oladi. Qolganlari ariza to‘ldirishdagi turli xatoliklar tufayli rad olishadi. Masalan:

— hujjatlardagi kamchiliklar;
— sudlanganligi mavjudliga;
— tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmasligi
— va hokazo.

Shu kabi sabablar bilan viza suhbatidan o‘ta olishmaydi. Ularga rad javobi beriladi.

DS-260 to‘ldirish tartibi

Grin kard g‘oliblari viza uchun suhbatga kirishdan avval DS-260 formasini to‘ldirishlari kerak. Shu bilan birga, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari ham shart. DS-260 tformasini iloji boricha ertaroq, may oyining o‘zida to‘ldirish juda muhim. Sababi, Amerika elchixonasida suhbat tayyorlanishi shunga qaraladi. Ya’ni, DS-260 formasi qachon to‘ldirilgan va maxsus raqami (case number) qanday. Ushbu formani to‘ldirish bir muncha murakkab hisoblanadi. Biror mutaxassis yoki to‘dirishni biladigan oadm bilan maslahat qilgan ma’qul.

DS-260 formasi topshirilgandan so‘ng, ko‘rsatilgan elektron pochtaga suhbat kuni belgilangani haqida malumot keladi. U asosida Toshkentdagi halqaro klinikaga tibbiy ko‘rik uchun ariza topshiriladi. Agar tibbiy ko‘rik jarayonida tuberkulyoz, OITS va shunga o‘xshash virusli kasalliklar aniqlansa yutuq bekor qilinadi. Bordi-yu, kasallikni davolab bo‘lsa, davolanish uchun muddat beriladi. Tibbiy ko‘rikdan muvafaqiyatli o‘tgandan so‘ng viza uchun suhbatga boriladi. Kerakli hujjatlar bilan.

Visa suhbati qanday kechadi?

Viza suhbati uchun tayyorgarlik ko‘rish, kerakli hujjatlarni suhbatga olib kirish muhim. Suhbatinig natijasi 3 xil bo‘ladi. Viza beriladi, administrativ tekshiruv bo‘ladi yoki viza rad etildi.

Agar yutuq sohibi barcha kerakli hujjatlarni to‘g‘ri tayyorlagan bo‘lsa bitta plyus. O‘yinda qatnashish uchun anketani to‘g‘ri to‘ldirgan bo‘lsa ikkinchi plyus. DS-260 to‘ldirish tartibi xatoliksiz bo‘lsa uchinchi plyus.

Shularning hammasi bo‘la turib, suhbatga borganda o‘zini yaxshi tutsa viza oladi. Agar hujjatlarda kamchiliklar bo‘lsa yoki suhba karayonida savollarga qoniqarli javob bera olmasa, ishtirokchi administrativ tekshiruvga tushadi. Bu ishtirokchi uchun viza berish no’malum muddatga qadar to‘xtatiladi.

Quyidagi holatlarda rad etiladi:

— anketa to‘ldirish vaqtida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa
— juda ham eski suratni joylagan bo‘lsa;
— o‘xshash anketani bir necha marotaba topshirishga uringan bo‘lsa;
— hujjatlarni yig‘ishda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa;
— suhbat jarayonida o‘zini yomon tutsa

unga viza berilmaydi.

Bugungi kunda Griin kard lotereyasi yurtimizda juda ham ommalashgan ketdi. Unda ishtirok etish uchun ariza topshirish, yutgan bo‘lsa hujjat topshirishda amliy yordam beradigan vakillar juda ko‘p. Afsuski ularning ko‘pchiligiga amaliy tajriba etishmaydi. Ko‘plari shunchaki o‘rtakashlar bo‘lib sizning hujjatlaringizni kimlardir orqali to‘ldirishadi. Natijada ham vaqtni ham naqd (pul) ni isrof qiladilar.

Bu maqolani yozishda amaliy yordam bergan va uzoq yillardan beri odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan Trust Visa kompaniyasi asoschisi Nuriddin Nabiev ariza topshirishda va yutuqni rasmiylashtirishda sizlarga o‘z izmatlarini taklif qiladi.

Murojaat uchun:

Telefon/Telegram: +99899-8029699

826 марта ўқилди