Green Card haqida batafsil ma’lumot

green card haqida batafsil

Green Card lotereyasi 1990 yil AQSh mamlakatida turli millatlar hilma-xilligini saqlash maqsadida tashkil etilgan. Lotereyaning asl nomi Diversity lottery (Turli-tumanlik lotereyasi) deb ataladi. Bu lotereyadan asosiy maqsad — Amerikada har xil millatlar jamlanmasini mo‘’tadil ta’minlab turishdan iborat. Sir emaski, aksariyatimiz Green Card haqida batafsil ilm olishni istaymiz. Shu safar u haqida to‘liq ma’lumot berishga qaror qildik.

Green Card haqida batafsil

Ma’lumki, Amerika fuqorolari turli millat va elatlardan tashkil topgan. Ushbu turli-tumanlikni saqlash juda muhim omil hisoblanadi. Biror bir millat «dominant» bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu sababdan Amerikaga viza berish qiyin bo‘lgan davlatlar uchun maxsus o‘ylab topilgan. Har yili 55.000 ta immigratsion viza lotereya ko‘rinishida tarqatiladi. O‘z navbatida, viza olish oson bo‘lgan mamlakatlar masalan, Angliya, Janubiy Korea, Kanada kabi davlatlari Green Card lotereyasida ishtirok etmaydilar.

Shuningdek, oxirgi 5 yil ichida biror mamlakatdan 50.000 ta immigrant AQShga borgan bo‘lsa bunday davlatlar ham lotereyada ishtirok etmaydi. Bular jumlasiga Hindiston, Pokiston, Xitoy, Bangladesh, Fillipin, Meksika, Braziliya, Nigeriya va boshqalar misol bo‘la oladi. O‘zbekiston Green Card lotereyasida har yili ishtrok etuvchi davlat sifatida ro‘yhatga olingan. Dunyo miqiyosida eng ko‘p yutuq ajratiladigan 5ta mamlakatlar sirasiga kiradi.

Grin kard lotereyasida ishtirok etish shartlari qanday?

Demak, Grin kard lotreyasida ishtirok etish uchun dvprogram.state.gov Veb sayti orqali onlayn ariza topshirish kerak bo‘ladi. Arizalar yilda bir marotaba, faqat oktabrь — noyabrь oylari oralig‘ida o‘ynaladi. Uning davomiyligi 32-35 kunni tashkil qiladi. Yilning boshqa vaqtlarida esa, ariza topshirishning imkoni yo‘q. Onlayn ariza berish uchun, ishtirokchi eng kamida o‘rta ma’lumotli yoki 2 yillik tajribaga ega hunar egasi bo‘lishi shart. Yosh chegarasi eng kamida 11-sinf o‘quvchisi bo‘lsin, deb belgilangan.

Ariza to‘ldirish uchun maxsus quyidagi talablarga javob berish kerak:

— tabiiy oq rangli fonda rasmga tushiladi;
— rasm elektron shaklda yuboriladi;
— bir qator shaxsiy malumotlar talab etiladi.

Shaxsiy malumotlar haqiqatda to‘g‘ri ekanligi juda ham muhim. Anketa to‘ldirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar yutuq chiqqandan keyin kuyib ketishiga sabab bo‘ladi. shuni esdan chiqarmaslik lozim. Anketa to‘ldirib bo‘lgandan so‘ng, uni qabul qilinganini tasdiqlovchi hujjat (Confirmation page) ekranda paydo bo‘ladi. Bu hujjatni printer orqali chiqarib olish yoki «skrinshot» qilib saqlab qo‘yish muhim. Agar ariza beruvchi shaxs anketasini o‘zi to‘ldira olmasa, ya’ni kimdir to‘ldirib bersa, tasdiqlovgan qog‘ozni olishi shart. Aks holda lotereyani javobini tekshira olmaydi.

Green Card g’oliblari qanday tanlanadi?

Bu lotereyada g‘oliblar kompьyuter dasturidagi robot orqali aniqlanadi. Robot ixtiyoriy — tasodifan tanlash (random) orqali g‘olibni aniqlab beradi. Green Card yutishning hech qanday sir-sinoati mavjud emas. Unda qatnashish uchun arizalar topshirilgandan so‘ng, barcha arizalar tekshirib chiqiladi. Talabga javob bermaydiganlari chiqarib yuboriladi. Masalan, rasm tushishda ko‘pchilik xato qiladi. Bunaqa arizalar qabul bo‘lmaydi. Yoki bir xil malumotni 2 marta kirgazishga uringanlar ham lotereyadan chiqarib yuboriladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, har yili topshirilgan anketalarning 35-40 foizi noto‘g‘ri suratga tashadi. Tabiiyki, ular rasm qoidasiga mos kelmagani sababli chiqarib yuboriladi. Saralangan arizalar orasidan birlamchi yutuq sohiblari tanlab olinadi.

Xullas, Green Card lotereyasi haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Agar sizda AQSh davlatiga ketish niyati bo‘lsa marhamat +99899-8029699 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Shu raqamda Telegram ham mavjud.

Keyingi maqolamiz yutuq chiqqanda nima qilish kerakligi haqida bo‘ladi.

1 208 марта ўқилди