Zamonaviy treyderlik faoliyatida texnik tahlil indikatorlari juda muhim ahamiyatni kasb etadi. Ularning katta hajmdagi moliyaviy ma’lumotlarni maksimal darajada qisqartirib berishining o‘zi insonga misli ko‘rilmagan qulayliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham bugunga kelib, bironta ham treyderni topib bo‘lmaydiki, u texnik tahlil indikatorlar haqida eshitmagan bo‘lsa. Indikator so‘zi ham o‘zbekcha emas, keling tushuntirishga harakat qilaylik. Bu so‘zning ma’nosi «ko‘rsatkich» deganini anglatadi. Qandaydir qurilma, moslama, axborot tizimi, obyekt yoki biror narsaki, u qanaqadir parametrlarni o‘zgarayotganini ko‘rsatib turadi. Masalan, qandaydir jarayon yoki biror obyektning ahvolini o‘zgarishi. Inson tushinishi uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda taqdim etiladi. Mana shu indikator deganidir. Biz ushbu sahifada treydingda texnik tahlil indikatorlari haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Treydingda texnik tahlil indikatorlari nima o‘zi?
Treydingda texnik tahlil indikatorlarini boshqachasiga «kompyuter indikatorlari» ham deb atashadi. Ular aniq berilgan formulaga asoslanib, narx-navoning «sakrayotgan» yoki «o‘ynayotgan» grafigini bir tizimga solib beradi. Ma’lum bir hisob-kitobni keltirib chiqaradi. Keyin esa, avtomatik tarzda natijani ko‘rsatadi. Odatda ular chiziq, «ilon izi», gistogramma, ustun va hokazo grafik ko‘rinishda bo‘ladi. Avtomatik rejimda ko‘rsatilib turiladi. Har qanday indikatorning asosida formula yotadi. O‘sha formulaning parametrlari sifatida narxning qiymatlari kiritiladi. Ayrim joylariga foydalanuvchning o‘zi ham raqamlarni kiritishi mumkin. Barcha qiymat va parametrlar aniqlanib bo‘lingach, indikator boyagi grafikning ustiga tushiriladi. Ya’ni, biror bir aksiyaning narxi o‘sib-kamayotgan grafigi ustiga qo‘yiladi. Bundan esa treyder juda muhim «signal» ogohlantirishni oladi. Uni «shpargalka» desa ham bo‘ladi. Shu ma’lumot asosida bozorga kiriladi: sotib olinadi yoki «sdelka»dan chiqib ketiladi.
Mana shu kompyuter indikatorining eng asosiy ustunligi ularning avtomatik tarzda hisob-kitob qilib berishidadir. Mazkur hisob-kitob grafik ustiga qo‘yilganda, murakkab jamlanma paydo bo‘ladi. U orqali esa elektron savdo tizimlari, virtual maslahatchilar va robotlar xizmati paydo bo‘ladi. Savdo terminallari ularni osongina sozlab va boshqarib, o‘qishga qulay bo‘lgan ko‘rinishga olib keladi. Treyderdan shu ko‘rsatayotgan chiziqlarni to‘g‘ri tahlil qilish va hayotga tadbiq etish talab qilinadi, xolos. Aniqroq aytsak: shu ma’lumot asosida savda «signali»ni — ogohlantirishni bilib oladi. Keyin sotib oladi yoki sotib yuboradi.
Indikatorlarning turlari qanaqa bo‘ladi?
Texnik tahlilda bir nechta indikatorlar toifasi — guruhi mavjud. Ular foreks bozorlarida, fyuchers shartnomalarda, aktivlarni oldi-sotdisida qo‘llaniladi. Har bir toifa yoki guruh ko‘rsatkichlari ma’lum bir funksiyani bajaradi. Shuning uchun har xil ko‘rsatkilardan iborat aniq savdo strategiyasi bo‘yicha ishlash to‘g‘ri hisoblanadi.
Ularning turlari quyidagicha:
— trend indikatorlar;
— ossillyator (to‘lqinsimon) indikatorlar;
— hajm indikatorlari;
— axborot indikatorlari;
— va hokazo.
Eng muhim indikator deb «sirg‘aluvchi o‘rtalik» («скользящая средняя») tan olingan. Uni inglizchasi — moving average deb o‘qiladi. Bu haqida keyingi chiqishlarimizda ma’lumot berib o‘tamiz.
Qisqa qilib aytadigan bo‘lsak, texnik tahlil indikatorlari alohida dunyo. Ularning asosiylarini o‘rganib olish kerak bo‘ladi.
Treyderlik kurslarida o‘qishni istaganlar ushbu havolani bosishlari mumkin.