Toshkentda treyding kurslari — Tel 977508030

toshkentda treyding kurslari

Har qanday sohadagi faoliyat uning asosi bilan tanishuvdan boshlanadi. Moliya bozorlaridagi savdolar ham shular jumlasiga kiradi. Treyderlik degani nima, u qanaqa bo‘ladi va treyderlar necha pul ishlab topishadi? Bunaqa savollar juda ko‘p hozir. Toshkentda treyding kurslari, deb ham ko‘pchilik ilm maskani izlamoqda. Bugun e’tiboringizga treyding asoslari va treyderlik haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Toshkentda treyding kurslari qayerda bor?

Keling, avval treyderlik nima ekanligini aniqlab ketaylik. Treyderlik — bu ongli ravishda, aqlni ishlatib, moliya bozorida faqat foyda olish uchun shakllantirilgan savdo strategiyasidir. Unda sotib olish va sotish o‘rtasidagi farq uchun «kurash» ketadi. Ya’ni, kerak paytda birjadagi aktivni olib, vaqti kelganda sotib yuboriladi Aktiv degani masalan valutalar juftligi bo‘lishi mumkin yoki korxonaning aksiyalari. Bundan tashqari, qimmatbaho metallar, neft-gaz, har xil tovarlar, indekslar va hokazolar ham aktiv sanaladi.

Treyderlik faoliyati albatta qandaydir diplom yoki hujjat bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart emas. Bunaqa bozor ishtirokchilar odatda amaldagi «regulyator»ning talablarini bajargan bo‘lishadi, xolos. Ammo, haqiqiy treyding bu to‘laqonli kasb va hattoki hayot tarzi ham. Bugungi kundagi treyding 5 yil avvalgisidan ancha farq qiladi. Ko‘pchilik allaqachon bitkoin yoki kriptovalyuta nimaligini biladi. Ular an’anaviy metallar bo‘lgan oltindan qimmat ekanligini bilishadi. Hozirgilar treyding katta pul topish manbai va undan kam bo‘lmagan tavakkalchilikka qurilgan xavf ekanligini ham yaxshi tushinishadi.

Bu ish oson emas

Ana endi shu xavf haqida ko‘proq to‘xtalsak. Bu shunday kasbki, unda 95-98% dan ortiq odam yakunda pulidan ayriladi. Qolgan 2-3% dan faqat 1% insonlargina sabr va ilm evaziga foydaga kiradi. Chunki, bu ilm hamma uchun ham emas. Uning asosini yaxshilab bilmay turib, 1 so‘m pul 2 so‘m bo‘lib qolmaydi. Deyarli 95% odamlar birinchi katta pul yo‘qotishgandayoq bu bozordan chiqib ketishadi. Keyin qaytishmaydi.

Treyding so‘zi inglizcha trade — savdo so‘zidan kelib chiqqan. Unga sinonim deb «birjada savdo qilish» tushiniladi. Umuman bu sizga kerakmi, degan savol ham beriladi mazkur so‘z bilan birgalikda.

30-40 yillar avval moliya bozorlarida savdo qilish huquqi faqatgina yirik investorlik institutlariga (treyderlar) ruxsat berilardi. Ular million dollarlik pullar bilan har xil banklar, jamg‘armalar va investorlik tashkilotlari nomidan ishlashardi. Hozir esa, istalgan odam bu faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Faqatgina puli bo‘lsa, o‘qish-ilm uchun vaqti va sabri yetarli bo‘lsa kifoya qilmoqda.

Toshkentda treyding kurslari bo‘yicha ilm beradiganlarda ham maqsad turlicha. Bizning maqsad — katta miqdordagi pullarga tushib qolmaslik yo‘llarini ko‘rsatib berish. Islom shariati ruxsat bergan aksiyalarning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish lozimligini uqtirish. Avvalom bor bu ko‘chaga kirishning o‘zi katta qaror hisoblanadi va yurak talab qiladi. Kirishdan oldin yana bir marta yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki, boshida pullaringiz aniq ko‘kka sovuriladi. Bu vaqt hattoki yillarga cho‘zilishi mumkin. O‘z ko‘zingiz bilan va amaliyotda bularni his qilmay turib, treyderlik sir-sinoatlarini anglay olmaymiz, ishonavering.

Nima uchun treyding bilan shug‘ullanishadi?

Bu savolga javob tabiiy — foyda olish maqsadida. Shuning uchun ham moliya bozorlari butun dunyo bo‘ylab insonlarni o‘ziga rom qilib kelmoqda. Tezda daromad olish ishtiyoqi hammani vasvasaga solib qo‘yyapti. Mohiyat shundan iboratki, arzon aktiv topib, uni sotib olish va vaqt o‘tgach, narxi oshganda sotib yuborish. Sotilgandagi foydani cho‘ntakka solish. Bo‘ldi.

Yana bir muhim jihat: treyderlik bu sizning asosiy ishingizga halaqit qiladigan yoki undan voz kechish degan narsani anglatmaydi. Unga «xobbi» yoki ko‘ngil ochar mashg‘ulot sifatida qarash mumkin. Shu shart bilanki, faqatgina ortiqcha pullar ustida amaliyot qilish va ilm olish to‘g‘ri hisoblanadi. Odatga ko‘ra, klassik pul ishlash deganda biz savdo orasidagi farqqa o‘ynashni tushanamiz, to‘g‘rimi? Treydingda esa savdolar real bir tovar-mahsulot ustida emas, balki moliya anjomlari («instrument»lar) ustida kechadi.

Ular:

— valutalar juftligi;
— korxonalar aksiyasi;
— fyuchers shartnomalar;
— xom-ash’yo (neft, oltin);
— kriptovalyutalar;
— indekslar;
— va hokazolar.

Treydingda boshqa an’anaviy usuldagi savdogarchilikdan farqli ravishda bitta katta ustunlik bor. U — narxni tushishidan ham pul ishlab qolish. Shuning uchun butun dunyoda uchraydigan moliya inqirozi davrida ham treyderlar narx pasayishiga o‘ynab, katta daromad olishadi.

Ilm olish uchun kimga murojaat qilish kerak?

Agar siz bu o‘ziga xos kasb bilan professional tarzda shug‘ullanishni istasangiz marhamat, bizga murojaat qiling. Yana bir marta eslatib o‘tamiz: boshida qanchadir miqdordagi pullaringizdan ayrilishga ruhan tayyor bo‘lishingiz kerak. Aks holda o‘rganish qiyin bo‘ladi.

Ikki og‘iz o‘zim haqimda: men bu sohada yetarli tajribaga egaman. 800 dan ortiq savdolarni amalga oshirib, 98% holatlarni foyda bilan yopganman. 15 yildan orttiq vaqt mobaynida Google va Yandeks texnologiyalarini o‘zlashtirdim. Qaysidir aksiya — umumay biznes ma’lum vaqtdan keyin qayerga qarab ketishini taxminan bilib qolganman. Bu bilimlarni siz bilan ham baham ko‘rishim mumkin. Maqsadim bitta — sizga katta pulga tushib qolmaslik va shariat harom qilgan aktivlar bilan savdo qilmaslikni o‘rgatish.

Kurs narxi — 2.400.000 so’m;
Darslar soni — 5 та (zarurat bo’lsa +1 ta dars qo’shiladi);
Davomiyligi — 2 hafta;
Haftasiga — 2 marta (xohishga qarab 3 marta);
Kuniga — 2 soatdan mashg’ulotlar;
Guruhda — 2 tagacha tinglovchi.

Murojaat uchun:

Telefon/Telegram: +998977508030
Instagram: azizkhonakbarov76

570 марта ўқилди