Zamon o‘zgarmoqda, shu jumladan odamlar ham. Kundalik hayotimizga gadjetlar, smartfonlar kirib keldi va bir umrga o‘rnashib bo‘ldi. Ular yoshlarning ongi va bevosita o‘zlariga shunchalik ta’sir ko‘rsatyaptiki, avvallari buni tasavvur ham qila olmasdik. Bugun e’tiboringizga yoshlar haqida faktlar haqida ma’lumotlarni havola qilamiz. Zero, shunda ularni tushunish yanayam osonlashadi.
Yoshlar haqida faktlar nimalardan iborat?
Shu savolga javob berish uchun 3-4 yil oldin yirik horij korxonalari maxsus tekshiruvlar o‘tkazishdi. Ular yoshlarni o‘rganib ko‘rishdi va bir nechta faktlarga ega bo‘lishdi. Uladan ayrimlarni sizga ham aytib o‘tmoqchimiz.
1-fakt. Hozirgi yoshlar qo‘llari tugmachani bosgan holda tug‘ilishgan
Onlayn — ular uchun haqiqiy borliqni anglatmoqda. Dolzarb mavzular — ular tilida trendlar paydo bo‘lyapti. Onlaynda tanishuv, o‘zi haqida so‘zlab berish, nimadir sotib olish yoki ma’lumot izlash ular uchun oson ekanligi ko‘rinmoqda. Maktabdagi har bir sinfda zamonaviy texnologiyalarni o‘qituvchilardan yaxshiroq tushinadigan avlod paydo bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kun tartibidagi kerakli mavzularni kuzatib borishyapti.
2-fakt. Ular qisqa va yaqqol ma’lumotni qabul qilishadi
Ularning diqqat e’tibori tezda o‘zgarmoqda: bir joyga diqqatni jalb qilishga o‘rtacha 8 soniya vaqt sarflashyapti. Ma’lumotlar qisqa-qisqa, bo‘lingan holda «portsiyalab» «hazm» bo‘lmoqda. Matn o‘rnini ikonkalar, smayliklar va rasmchalar to‘ldirmoqda.
3-fakt. Ular uchun uzoq muddatli rejalar yo‘q
Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar oqimi shu qadar tez o‘zgarmoqdaki, bugun nima «moda» bo‘lgan bo‘lsa, ertaga yangisi chiqyapti. Bir mavzuda sobit (muqarrar) turadigan narsaning o‘zi qolmayapti. Biror bir brend va uslubga «yopishib» qolish degan tushunchalar qolmayapti.
4-fakt. Bu yoshlarga kattalar endi o‘rnak emas
Kattalar hozirgi yoshlarni aqlli, ko‘p narsalarni bilishadi, deb o‘ylashadi va ular haqdir. Ammo, yoshlar kattalar bilan bir xil huquqdamiz, deb fikrlashadi. Kattalar bilan bir xil saviyadagi munosabatda va erkin tarzda gaplashishadi. Katta avlodga «bu mumkin emas, tamom vassalom» qabilida tarbiya berilgan. Bu yoshlar bo‘lsa «nimaga endi?» deb so‘rashadi. Bahslashaverishadi, savollarga ko‘mib tashlashadi.
5-fakt. Hozirgi yoshlarni kumirlari — bloggerlar
Katta avlod qaysidir akter yoki aktrisaga, san’atkorlarga, sportchi va boshqalarga qiziqishgan — ularni o‘z suyuklilari deb, qabul qilishgan. Ya’ni kumirlari o‘shalar bo‘lgan. Bu yoshlarni kumirlari esa — bloggerlar. Ular nima desa shuni qilishadi va ishonishadi.
Yana qanday faktlar bor hozirgi yoshlarda?
Mavzuni davom ettiramiz. Yana bir muhim jihat shuki, ular bu dunyoda yolg‘iz qolishdan qo‘rqishadi.
6-fakt. Ijtimoiy munosabatsiz yashay olishmaydi
Yoshlarimiz doimo onlaynda — aloqada bo‘lishni istashadi. Ular yolg‘iz qolishni xohlamaydilar va bundan qo‘rqishadi ham. Bu avlodning davralarida kim tezda begonalar bilan kirishib, chiqishib ketsa o‘sha obro‘li sanaladi. Nima bo‘lsa ham muammosiz munosabat kerak ularga.
7-fakt. Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash — omad sari etaklamaydi
Bu yoshlar doimiy ravishda o‘z ustida ishlash muvafaqqiyat sari olib bormaydi, deb hisoblashadi. Ular omadni oson va tezda erishiladigan narsa, deb o‘ylashadi. Ko‘p maqola o‘qisak, OAVlari va bloggerlarni kuzatsak birdan maqsadga erishib qolamiz, deb ishonishadi. Bugungi kun bilan yashashni ma’qul ko‘rishadi va kelajakka poydevor qo‘yishmaydi.
Mana shunaqa gaplar hozircha …
Bugunga etarli. Bu mavzuga hali yana to‘xtalamiz. Hozirgi yoshlar haqida faktlar shundan iborat. Saytimizni kuzatib borsangiz, davomini ham beramiz. Chunki, bu kerakli — aks holda bu avlodni tushunmasdan hunob bo‘lib yuraverasiz. Bu biznes uchun ham muhimdir.
Davomi bor …
