Aholi soni o‘sib borayotgan zamonda yashayapmiz. Yurtimizda ham odamlar soni ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida xonadonlarga, mehmonxonalarga, dachalarga va ofislarga bo‘lgan talabni ham ortib borishini anglatadi. Chunki, ayni kuchga to‘lgan avlod uchun yuqorida sanalgan turar joy ob’ektlari doim kerak bo‘lib kelgan. Ayniqsa, dunyoda kechayotgan turli jarayonlar tufayli mamlakatimizga ko‘plab horijlik fuqarolarning oqimi davom etmoqda. Shunaqa paytda talab va taklif ko‘tarilib ketadi. Lekin, negadir o‘zimizda bir tizimga jamlangan veb sayt yoki mobil ilovalar juda kam. E’tiboringizga Stays mobil ilovasini taqdim etamiz. U orqali siz Toshkentda xonadonlar ijarasi haqida ma’lumotlar olasiz. Umuman butun yurtimiz bo‘ylab dachalarni, xonadonlarni, mehmonxonalarni, ofislarni va tur xizmatlarini qanday qilib ijaraga olish yoki berish mumkinligini ko‘rasiz.
Toshkentda xonadonlar ijarasi bitta ilovada
Stays mobil ilovasi orqali siz o‘zingizning ko‘chmas mulkni ijaraga berishingiz mumkin. Yoki qaysidir turar joyni olib turish umkin. Agar sizda mehmonxona bo‘lsa, marhamat Stays ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazing odamlarni o‘zi izlab keladi. Dachangiz bo‘lsa bosh ustiga bemalol topshirishingiz mumkin. Yoki o‘zingiz do‘stlar bilan yoki oila davrasida dam olmoqchi bo‘lsangiz didingizga mos dachalarni topib olaverasiz.
Agar ofisingiz bo‘lsa uni ham olaman deganga berishingiz mumkin bo‘ladi. Kattami-kichikmi o‘shanga yarasha mijoz chiqaveradi.
Bugunga kelib, xonadonlar ijarasi rosa muammoga aylangan. Ko‘pchili izlaydi toa olmaydi, beraman deganlar ham bor. Ammo, oluvchi va beruvchi bir-birini topa olmasdan yuradi. Stays ilovasi bo‘lsa sizga bu muammoni qoldirmaydi. Shunchaki, undan kerakli xizmat turini tanlab maqsadga erishaverasiz. Bir so‘z bilan aytganda, Stays — bu xususiy mulkni qisqa muddatga ijaraga beradigan va oladigan onlayn maydonchadir. U butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlaydi.
Stays mobil ilovasidan foydalanish
Buning uchun Google Play yoki AppStore platformalaridan ilovani yuklab olasiz. Smarfoningizga o‘rnatasiz. Ilovaga kirib, o‘zingizga kerakli bo‘lgan xizmat turi yoki turar joy toifasini tanlaysiz. O‘z talabingizni kiritasiz. Dastur sizga mavjud variantlarni chiqarib beradi. Ichidan xohlaganingizni tanlab oling va mulk egasi bilan bog‘laning. Kelishib olasiz va maza qilib foydalanaverasiz. Hattoki, turizm yoki sayohat xizmatlarini ham buyurtma berishingiz mumkin.
Agar shu xizmatlarni ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz, mijozlaringizni ilova orqali taqdim eting. Kunning istalgan paytida va istalgan vaqtda. Stays.uz veb saytiga tashrif buyuring. U erda batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Axborot asrida yashayotgan bir paytda shunaqa mobil ilovalarga bo‘lgan talab ortishi turgan gap. Kim tezroq harakat qilsa, mijoz uniki bo‘laveradi.
Yuklab olish
Google Play uchun havola
AppStore uchun havola
