Argentina — Kyurasao o’yini sharhi

argentina kyurasao o'yini

Dunyoning bir qator davlatlarida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shulardan biri Argentinaning Santyago-del-Estero shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda mahaliy Argentina termasi Kyurasao termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Qiziqarli kechgan bahsda 7:0 hisobi qayd etilib, Messi vatandoshlarining g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga Argentina — Kyurasao o‘yini haqida batafsil ma’lumotni havola qilamiz.

Argentina — Kyurasao o‘yini haqida

Avvalam bor Kyurasao davlati haqida aniqlik kiritib ketaylik. Bu mustaqil mamlakat, Karib havzasining janubida joylashgan. Venesuela qirg‘oqlariga yaqin joyda qad rostlagan. 2010 yildan beri Niderlandiya Qirolligining bir qismi hisoblanadi. Xullas, o‘yin gollarga boy tarzda o‘tdi. Argentinalik hujumchi Lionel Messi uchta gol urib, xet-trik qayd etdi.

Dastlabki gol 20-daqiqada PSJ yulduzining hisobiga yozildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Gonsales jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Leo 33-daqiqada ikkinchi golni ham urdi. Fernandes 36-daqiqada to‘rtinchi golni darvozaga joyladi. Bu goldan 1 daqiqa o‘tib, Messi o‘zining uchinchi golini Rom qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘lladi. Amalda u xet-trik qayd etdi. Tomonlar tanaffusga 5:0 ko‘rinishida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda, Di Mariya va Montellar bitadan gol urib, jami hisobni 7:0 ko‘rinishiga olib kelishdi. Qolgan 12 daqiqa shunchaki o‘tdi, boshqa gollar urilmadi.

O‘yinda keyingi statistika

Argentina termasi so‘nggi ettita o‘yinda g‘alaba qozonmoqda. Kyurasao termasi bo‘lsa so‘nggi oltita o‘yinning beshtasida mag‘lub bo‘lmagandi. Argentina oxirgi 5 ta o‘yindao‘z darvozasidan o‘rtacha 1,20 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Messi termasi safida 100-golini urdi. Jami termadagi gollari soni 102 taga etdi. Klublar miqyosida 701 ta gol urgan. Umumiy gollari soni 803 taga etdi. Bu ham o‘ziga xos ko‘rsatkichdir.

Yana bir qiziq fakt: o‘yin oldidan Kyurasao terma jamoasining bir futbolchisi Messidan 23 ta futbolka so‘radi. Sababi, agar 1 ta futbolka olsak talashib, urishib ketamiz, deb izohladi u.

Argentina — Kyurasao o‘yini qaydnomasi:

O‘rtoqlik uchrashuvi
Argentina — Kyurasao 7:0
Gollar: Messi (20, 33, 37), Gonsales (23), Fernandes (36), Di Mariya (78), Montel (87).
Argentina: Martines, Armani, Montel, Otamendi, Pesselya, Akunya, Foyt, Di Mariya, Dibala, De Pol, Palasios, Lo Chelso, Mak Allister, Fernandes, Gonsales, Messi, Martines.
Kyurasao: Rom, Gari, Martina, van Eyma, Floranus, Trupe, Rumeratu, Severina, Anita, Bakuna, Jivkovich, Antonisse, Bakuna, Kyuvas, Gorre, Yanga.
Ogohlantirishlar: De Pol (81), Anita (82).
«Estadio Único de Santiago del Estero» stadioni

491 марта ўқилди