Toshkentda buxgalteriya xizmatlari — Tel 333500111

toshkentda buxgalteriya xizmatlari

Har bir xo‘jalik faoliyatini yurutuvchi korxonada buxgalteriya deb ataladigan maxsus bo‘lim bo‘ladi. U o‘sha korxonaning mulki va majburiyatlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ib boradi. Aynan buxgalteriya xo‘jalik yuritish faoliyatining boshqaruvida qaror qabul qilish uchun muhimdir. Chunki, u orqali hujjatlashgan va tizimli iqtisodiy ma’lumotlar manbasi shakllanadi. Toshkentda buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan juda ko‘plab korxonalar mavjud. Ammo, hammasida ham tezkorlik va aniqlik siz kutgandek bo‘lmasligi mumkin. E’tiboringizga «Accaud» MChJ haqida ma’lumot bermoqchimiz.

Toshkentda buxgalteriya xizmatlari haqida

Bugungi zamonda soliq siyosati, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, buxgalteriya hisobotlari degan iboralar barcha biznes subyektlariga kirib keldi. Tabiiyki, bunaqa paytda korxona yoki idora buxgalteriyasini tiklash va to‘g‘ri olib borish o‘ta zarurdir. «Accaud» MChJ bo‘lsa xuddi shu ishlarni professional darajada olib boradigan jamoa hisoblanadi. Ularning tajribasi bir necha yillarga borib taqaladi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyat sizning korxonangiz buxgalteriya hisobotini avtomatlashtirib beradi. Buxgalter faoliyatini yengillashtiradi va saramjonlaydi.

Mana bir necha yildirki, Toshkentda va butun O‘zbekiston bo‘ylab ishlab kelishmoqda. Orttirilgan obro‘-e’tiborni bu jamoa juda qadrlaydi. Mavjud muammolarni, ular qanday bo‘lishidan qat’iy nazar tezda bartaraf etish bo‘yicha sifatli xizmatlarni ko‘rsatadi. Kirishilgan ishlarga mas’uliyat bilan yondashib, amalga oshirilgan vazifalarga kafolat berishadi. Shu kungacha ko‘plab korxonalarning buxgalteriya faoliyatini risoladagidek yurishini ta’minlab berishgan. Ular orasida yirik tashkilotlar ham bor. Bu haqida accaud.uz sayti orqali kirib tanishib olishingiz mumkin.

Accaud.uz jamoasining ustunlik jihatlari

Avalam bor, tezda va operativ ravishda mavjud muammolar topiladi. Ular tahlil qilinadi va yechim beriladi. Ko‘rsatilayotgan xizmat yuqori saviyada olib boriladi. Har bir jarayonga professional jihatdan yondashilinadi. Eng muhimlaridan biri — o‘zaro manfaatli hamkorlik ular uchun ustivordir.

Buxgalteriya hisobotini tashkil qilish va yuritishdan tortib, uni tiklashgacha bo‘lgan barcha turdagi ishlar tizimga solinadi. Kerakli maslahatlar beriladi. Hisobotlar tayyorlanadi va tegishli joylarga yuborish uchun ko‘maklashadi. Buning uchun korxonaga murojaat qilish yetarli.

Lozim topilsa korxonangizning ERP va CRM platformalariga ham ma’lumotlarni tizimli ravishda saramjonlab berishadi. 1C Buxgalteriya 8 dasturining Excel, Access, Google Sheets jadvallar bilan o‘zaro bog‘lash imkonlari mavjud. Marhamat, accaud.uz jamoasi bilan bog‘laning va o‘zingizni qiynayotgan muammolarga yechim toping. Toshkentda buxgalteriya xizmatlari bo‘yicha ulardan juda zarur bilimlarni olishingizga shubhamiz yo‘q.

Murojaat uchun:

Telefon: 333 500 111, 903 500 111
Telegram: @Mansur0111
Veb sayt: accaud.uz

493 марта ўқилди