Yurtimizda faoliyat yuritayotgan ham bir xo‘jalik subyekti albatta buxgalteriya hisobini yuritishi shart. Lekin, shundaylar ham borki, ular bu qoidaga amal qilishmaydi. Bu juda tavakkallik ish hisoblanadi va oqibati katta jarimalar bilan yakunlanadi. Biz ushbu maqola orqali buxgalteriya hisobini tiklash haqida ma’lumot bermoqchimiz. Bu xizmatlarni «Accaud» MChJ jamoasi mana ko‘p yillardan beri muvaffaqqiyatli amalga oshirib kelmoqda.
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini tiklash haqida
Avvalam bor, «tiklash» iborasiga oydinlik kiritib ketaylik. U nima o‘zi? Korxonaning moliyaviy va soliqqa oid hisobotlarini tartibga keltirish — bu buxgalteriya hisobini tiklash deb ataladi. Mazkur jarayon 1-2 haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin. U ish hajmi va korxonaning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Operativ ravishda bu ishni tugatish ko‘p jihatdan o‘sha tashkilotning buxgalterlari saviyasiga bog‘liqdir. Shuning uchun bu borada ishonchli buxgalterni jalb qilgan ma’qul. Bordi-yu, bunaqa mutaxassisni topish qiyin bo‘lsa, ishni autsors tizimi bo‘yicha boshqa ijrochilarga yuklatish to‘g‘ri bo‘ladi. «Accaud» jamoasi siz uchun to‘liq hisobotlarni tiklab beradi. Eng muhimi mablag‘ingiz tejaladi.
Dastlab, ekspertlar korxonangizning baza hisobini tahlil qilishadi. Qaysi hujjatlar yetishmayotganini aniqlashadi. Qaysilari noto‘g‘ri yig‘ilgani o‘rganiladi. Bu o‘ziga xos audit nimani to‘g‘irlash va tiklash kerakligini aniqlab beradi. Barcha hujjatlar qanchalik buxgalteriya normalari va amaldagi qonunchilikka mos kelishi tekshiriladi. Soliq organlari uchun tayyorlangan hisobotlar ko‘riladi. Ma’lumotlar taqqoslanadi.
Quyidagilarning qanchalik to‘g‘ri ekanligi aniqlanadi:
— xodimlar hisobi;
— mehnat shartnomalari;
— buyruqlar;
— shtat jadvali;
— va hokazo.
Shundan so‘ng, buxgalteriya hisobini keyingi jarayonlari tartibga solinadi. Aks holda, agar buxgalteriya hisobida xatolik bo‘lsa bu qimmatga tushishi ogohlantiriladi.
Buxgalteriya hisobini tiklash bosqichlari
1. Ekspress-audit qilinadi. Bu bosqichda hisob-bazasi tahlil qilinadi. Qayerda tafovut borligi yoki o‘tkazib yuborilgan xatolar aniqlanadi. Amaliyotlar qanchalik soliqda aks etgani, barcha hisob-raqamlar tahlil qilinadi. Soliqlarga qaraladi: QQS, daromad solig‘i va hokazolar. Ushbu tahlildan so‘ng ishning ayni paytdagi holati bo‘yicha hisobot tayyorlanadi. Ko‘rsatmalar beriladi.
2. Hisob baza tiklanadi. Ekspress-auditdan so‘ng, chuqurroq tahlilga kirishiladi. Tiklash bo‘yicha to‘laqonli ishlar boshlanadi. Qaysi hujjatlar bazada bor yoki yo‘qligi tekshiriladi. Zarurlarini topish kerakligi aytiladi. Masalan, shartnomalardagi yetkazib beruvchilarning kiruvchi hujjatlari yetishmasligi mumkin. Talabnoma orqali soliq, maosh, jarimalar va penya foizlar taqqoslanadi. Hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar ko‘zdan kechiriladi.
3. Baza tekshiruvidan so‘ng hisobotlar yuboriladi. Tiklangan hisob butun jamoa bo‘lib tekshiriladi. Keyin esa kelishish uchun rahbariyatga taqdim etiladi.
Soliq organlari tomonidan shikoyat kelmasidanoq, hamma ishni tahlab qo‘yish zarurdir. Bu ishlarni barchasini «Accaud» MChJ jamoasi amalga oshiradi. Professional tarzda tizimga solinadi.
Murojaat uchun:
Telefonlar: 333 500 111, 903 500 111
Telegram: @Mansur0111
Veb sayt: accaud.uz
