Azizlar, namoz o‘qishdan avval tahorat olinadi. Uning o‘ziga yarasha qoida va tartiblari bor. Quyida keltirilgan ma’lumotlarda tahorat olish tartibi bilan tanishib olishingiz mumkin.
Tahorat olish tartibi
1. Avvalo, tahorat olishga niyat qilinib, «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahir rohmanir rohiym», deyiladi.
2. Qo‘llar bandigacha uch marta yuviladi. Barmoqda uzuk bo‘lsa, qimirlatib ostiga suv yuritiladi.
3. O‘ng qo‘lda suv olinib, og‘iz uch marta g‘ar-g‘ara qilib chayiladi va misvok qilinadi.
4. Burunga o‘ng qo‘l bilan uch marta suv tortilib, chap qo‘l bilan qoqib tozalanadi.
5. Yuz ham uch marta yuviladi.
6. Avval o‘ng qo‘l tirsaklar bilan qo‘shib ishqalab yuviladi.
7. So‘ngra chap qo‘l ham tirsaklar bilan qo‘shib ishqalab yuviladi.
8. Hovuchga suv olib, to‘kib tashlab, ho‘li bilan boshning hamma qismiga mash tortiladi.
9. Ko‘rsatkich barmoq bilan quloqlarning ichi, bosh barmoqlar bilan esa quloq orqasi mash qilinadi.
10. Ikkala kaftning orqasi bilan bo‘yin mash qilinadi.
11. Chap qo‘l bilan o‘ng oyoqni oshiq (to‘piq) bilan qo‘shib va barmoqlar orasini (ishqalab) uch marta yuviladi.
12. Chap oyoq ham shu tarzda uch marta yuviladi.
Tirnoqlarga surilgan lak, teridagi har xil bo‘yoqlar ketkazilmasdan olingan tahorat sahih (haqiqiy) hisoblanmaydi.
Olish jarayonida gapirmaslik, ehtiyojdan ortiq suv ishlatmaslik, ust-boshga suv sachratmaslik kerak.
Tahorat buziladigan hollar
1. Badanning biror joyidan qon yoxud yiring chiqib oqishi
2. Og‘iz to‘lib qusish
3. Kichik yo katta hojat
4. El chiqishi
5. Milk qonab, tupurganda tupuk rangi qizil bo‘lishi
6. Xushdan ketish
7. Namoz o‘qiyotib, yonidagi odam eshitadigan darajada kulish.
Qilib bo‘lingach azon aytiladi.
Qaysi hollarda tahorat olish mustahab (yaxshi amal) ekanligini bilasizmi?
1. Keqqurun uxlashdan oldin.
2. Ertalab uyqudan uyg‘onganda.
3. Umuman, doimo tahoratli yurish lozim.
Hazrati Bilol roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir kecha tushlarida jannatda takunya (tahorat uchun yog‘och poyafzal) kiygan Hazrati Bilolning qadam tovushlarini eshitganlarini aytdilar. Uyg‘ongach, Hazrati Biloldan qaysi xayrli amali uchun bunday martabaga erishganini so‘radilar. Bilol Xabashiy bunga javoban shunday dedilar: “qachonki, tahoratim buzilsa, darhol tahorat olib, ikki rakaat namoz o‘qir edim”.
Umid qilamizki, tahorat olish tartibi qanday ekanligini bilib oldingiz.
