E’tiboringiz barcha olamlarni Yaratgan Zot — Allohning 99 ta go‘zal ismlari ma’nosi aks ettirilgan ma’lumotni havola qilamiz. Ularni yodlab oling va yodda tuting. Zero, u har birimizning burchimizdir.
Allohning 99 ta go‘zal ismlari ro‘yxati
1-33 gacha
1. Alloh
2. ar-Rahmon. Barchaga — mo‘minga ham kofirga ham mehribon va ne’mat beruvchi
3. ar-Rahiym. Qiyomat kuni faqat mo‘minlarga rahm qiluvchi
4. al-Malik. Barcha narsaning egasi
5. al-Quddus. Mutloq muqaddas va pok Zot
6. as-Salom. Nuqsonlardan salomat. Tinlik-hotirjamlik va omonlik beruvchi Zot
7. al-Mo‘min. Iymon va omonlikni beruvchi
8. al-Muhaymin. Hamma narsani qamrab oluvchi
9. al-Aziz. Barchaning ustidan g‘olib
10. al-Jabbor. Oliy qadar, ulug‘. Uning oldida o‘zgalar o‘zini hor tutadi
11. al-Mutakabbir .Kibryosi va ulug‘ligi mubolag‘ali Zot
12. al-Xoliq. Asli va o‘xshashi yo‘q narsalarni yaratuvchi
13. al-Bori’. Yo‘qdan paydo qiluvchi, vujudga keltiruvchi
14. al-Musavvir. Mahluqotlarning suratini shakllantiruvchi
15. al-G‘affor. Bandalarining gunohini kechirib yuboruvchi
16. al-Qahhor. Barcha mahluqotlarni qudrati ila bo‘ysindirib turuchi
17. al-Vahhob. Ko‘plab ne’matlarni behisob beruvchi
18. ar-Razzoq. Ko‘plab rizq beruvchi
19. al-Fattoh. Ko‘plab narsalarni ochuvchi. O‘z rahmat hazinasini bandalarigi ochuvchi
20. al-Aliym. Har bir narsani biluvchi
21. al-Qobiz. Ruhlar, qalblar va rizqlarni qabz qiluvchi — tutuvchi
22. al-Bosit. Ruhlarga, qalblarga va rizqqa kenglik beruvchi
23. al-Xofiz. Pasaytiruvchi. Kofir va fosiqlarning martabasini xoru-zor qilib pasaytiruvchi
24. ar-Rofe’. Ko‘taruvchi. Mo‘minlarning martabasini azizu-mukarram qilib ko‘taruvchi
25. al-Mu’izz. Aziz qiluvchi
26. al-Muzill. Hor qiluvchi
27. as-Samiy’. Har bir narsani eshituvchi
28. al-Basiyr. Har bir narsani ko‘ruvchi
29. al-Hakam. Hukm qiluvchi
30. al-Adl. Mutlaqo adolat qiluvchi
31. al-Latiyf. O‘ta lutf ko‘rsatuvchi
32. al-Xabiyr. Hamma narsadan o‘ta xabardor
33. al-Haliym. Hazabi qo‘zimaydigan va iqob qilishga shoshilmaydigan
34-66 gacha
34. al-Aziym. Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulug‘
35. al-G‘afur. Ko‘p mag‘firat qiluvchi
36. ash-Shakur. Oz amal uchun ko‘p savob beruvchi
37. al-Aliy. Martabasi oliylikda benihoya
38. al-Kabiyr. Har bir narsadan katta
39. al-Hafiyz. Har bir narsani komil muhofaza qiluvchi
40. al-Muqiyt. Barcha moddiy va ruhiy qutlarni yaratuvchi
41. al-Hasiyb. Kifoya qiluvchi. Qiyomat kuni bandalarini hisobini qiluvchi
42. al-Jaliyl. Sifatlarida ulug‘likka ega bo‘lgan Zot
43. al-Kariym. Birov so‘ramasa ham, narsalarni ko‘plab ato qiluvchi
44. ar-Raqiyb. Hech bir zarrani ham qo‘ymay muroqaba qilib turuvchi
45. al-Mujiyb. Duolarni ijobat qiluvchi
46. al-Vose’. Keng — hamma narsani keng ilmi va rahmati ila qamrab olgan
47. al-Hakiym. Har bir narsani hikmat ila qiluvchi
48. al-Vadud. Barchaga yaxshilikni ravo ko‘ruvchi
49. al-Majiyd. Shon-sharafi va qadri baland va cheksiz
50. al-Bois. Xalqlarga payg‘ambarlar yuboruvchi. O‘liklarni qayta tiriltiruvchi
51. ash-Shahiyd. Har bir narsaga hoziru-nozir. Barchaga shohidlik beruvchi
52. al-Haqq. O‘zgarmas sobit Zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi Zot
53. al-Vakiyl. Barchaning ishi unga topshirilgan Zot
54. al-Qaviy. Quvvatli Zot
55. al-Matiyn. Matonatli Zot
56. al-Valiy. Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi Zot
57. al-Hamiyd. Barcha maqtovlar ila maqtalgan Zot
58. al-Muhsiy. Barcha narsani hisobini olgan Zot
59. al-Mubdi’. Barcha narsalarni avval boshidan bor qilgan Zot
60. al-Mu’iyd. Yo‘q bo‘lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi
61. al-Muhyi. O‘liklarni tiriltiruvchi Zot
62. al-Mumiyt. O‘ldiruvchi. Barcha jonzotlarni jonini oluvchi
63. al-Hayy. Tirikligi abadiy Zot
64. al-Qayyum. O‘z-o‘zidan qoyim bo‘lgan va boshqalarni qoyim qilgan Zot
65. al-Vojid. Xohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda biron Uni to‘sa olmaydi
66. al-Mojid. Mojdu sharaf, ulug‘vorlik sohibi bo‘lgan Zot
67-99 gacha
67. al-Vohid. Yagona. Bitta. Bo‘linmas
68. as-Somad. Hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi
69. al-Qodir. Cheksiz qudrat sohibi, barcha narsaga qodir
70. al-Muqtadir. Juda ham qudratli
71. al-Muqaddim. Oldinga suruvchi. U Zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan oldinga suradi
72. al-Muaxxir. Orqaga suruvchi. U Zot xohlagan shaxs va narsani xohlaganidan orqaga suradi
73. al-Avval. Hamma narsadan avval
74. al-Oxir. Hamma narsa yo‘q bo‘lib ketganda ham O‘zi qoladi
75. az-Zohir. Uning madjudligi oshkor, ochiq-oydindir
76. al-Botin. U ko‘zga ko‘rinmaydi. Hammadan mahfiy narsalarni bilib turuvchidir
77. al-Voliy. Har bir nasaga voliy — ega bo‘lgan Zot
78. al-Muta’oliy. Nuqsonlardan yuqori turuvchi Zot
79. al-Barr. Ulug‘ yaxshilik qiluvchi
80. at-Tavvob. Bandalarni tavbaga yo‘llovchi va ularni tavbasini ko‘plab qabul qiluvchi Zot
81. al-Muntaqim. Zolim va osiylardan intiqom oluvchi
82. al-Afuvv. Avf qiluvchi
83. ar-Ra’uf. O‘ta shavqatli va mehribon
84. al-Molikul mulk. Mulk egasi. Uning qazosini qaytaradigan va hukmini o‘zgartiradigan yo‘q
85. Zul jaloli val ikrom. Sharaf va kamol egasi. Karam va ikrom egasi
86. al-Muqsit. O‘z adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi
87. al-Jome’. Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi. Barcha haqiqatlarni jamlovchi
88. al-G‘aniy. Behojat. Uni hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi
89. al-Mug‘niy. O‘zi xohlagan bandasini behojat qiluvchi
90. al-Mone’. Man qiluvchi
91. az-Zorr. Zararli narsalarni ham yaratuvchi
92. an-Nofe’. Manfaat beruvchi
93. an-Nur. O‘zi zohir va o‘zgalarni zohir qilgan
94. al-Hodiy. Hidoyat qiluvchi
95. al-Badiy’. O‘xshashi yo‘q narsalarni keltiruvchi
96. al-Boqiy. Boqiy qoluvchi. U doimiy bordir
97. al-Voris. Mavjudodlar yo‘q bo‘lganda ham boqiy qoluvchi Zot
98. ar-Rashiyd. To‘g‘ri yo‘lga irshod qiluvchi
99. as-Sabur. O‘ta sabrli. Osiylarni azoblashga shoshilmaydi.
