Ko’pchiligimiz azon qanday aytiladi, deb qiziqamiz. Har bir namoz o‘qishdan oldin albatta azon aytiladi. Uni aytish ketma-ketligi quyidagicha:
Azon qanday aytiladi
Allohu akbar! Allohu akbar!
Allohu akbar! Allohu akbar!
Ashhadu alla ilaha illalloh!
Ashhadu alla ilaha illalloh!
Ashhadu anna Muhummadar rasululloh!
Ashhadu anna Muhummadar rasululloh!
Hayya ’alas-solah!
Hayya ’alas-solah!
Hay-ya ’alal falah!
Hay-ya ’alal falah!*
Allohu akbar!
Allohu akbar!
La ilaha illalloh.
* Bomdod azonida bu so‘zlardan keyin ikki marta «As-solatu xoyrum minan-navm» — «Namoz uqudan afzaldir» deb qo‘shib aytiladi.
Azon duosi
Allohuma robba hazihid-da’vatit-tammah. Vas-solatil qoimah, ati Muhammadanil vasiylata val faziylah. Vaddorojatal ’aliyatar rofi’a. Vab’as-hu maqomam mahmudanillaziy va’adtah. Varzuqna shafa-’atahu yavmal qiyamah. Innaka la tuxliful mi’ad!
Azon eshitganda
Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim azonni eshitganda, Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu. Roziytu billahi Robban va bi Muhamadin Rasulan va bil Islami diynan” desa, uning gunohi mag‘firat qilinadi, dedilar.
Duo qilinsa ijobati tezroq bo‘ladigan vaqtlar:
1. Azon aytilgan vaqtda.
2. Qur’on o‘qilgan vaqtda.
3. Ka’abani ko‘rgan vaqtda.
4. Yomg‘ir yog‘ayotganda.
5. Dushmanga yo‘liqqanda.
6. Zulm ko‘rganda.
7. Duoni bardavom va ixlos ila qilinganda.
8. Farz namozini tugatganda.
9. Duo vaqtida Allohning nomlarini qo‘shishlikda.
10. Payshanbadan Jumaga o‘tar kechasi va Juma kunida.
11. Rajab oyining birinchi kechasi.
12. Sha’bon oyining 15 — kechasi.
13. Arafa kunida.
14. Ramazonning kecha va kunduzida.
15. Iftor vaqtida.
