SMM haqida ma’lumot — Toshkentda targeting sozlash

smm haqida ma'lumot

Zamon kun sari o‘zgarib, kundalik hayotimiz deyarli elektronlashib ketdi. Hamma yoqni smartfon, planshet va gadjetlarga bosib ketdi. Bu tabiiydir, boshqacha yo‘li ham yo‘q. Chunki, rivojlanib ketayotgan bu dunyoni ushbu qurilmalar orqali kuzatib borish mumkin. Turmush tarzimizga ijtimoiy tarmoqlar ham kirib keldi. Ularni Social Media deb ataymiz. Facebook, Instagram, Telegram va hokazo tarmoqlar butun auditoriyaning jamlanadigan joyiga aylanib ulgurdi. Biz SMM haqida ma’lumot olish uchun u yoki bu ko‘rinishdagi ma’lumotlarni izlaymiz. Aslida, u nima ekanligini hamma ham tushunib yetmaydi. Bugun ushbu savolga javob qaytarishga harakat qilamiz.

SMM haqida ma’lumot

SMM degani Social Media Marketing iborasini qisqartirma ko‘rinishidir. U ijtimoiy tarmoqlarda marketingni olib borish deganini anglatadi. Nima uchun marketing? Sababi, aynan ijtimoiy tarmoqda maqsadli auditoriya o‘tiradi. Ya’ni hammaga ham emas, faqatgina o‘sha mahsulot yoki xizmat turining bevosita kerakli odamga taqdim etiladi. Bu bilan aniq mo‘ljalga uriladi.

An’anaviy marketing va SMM bu bir xil maqsad uchun ishlaydi: savdoni yuritish va kuchaytirish. An’anaviy marketingni oflayn-marketing deb ham atash mumkin. Bu yerda Internetgacha bo‘lgan joylar birinchi o‘ringa chiqadi. Ya’ni, gazeta va jurnallardagi e’lonlar, TV va radiodagi, pochta qutisidagi qog‘ozlar, ko‘chadagi bilbordlar va hokazo. SMM esa faqat Internetda bo‘ladi. E’tiboringizga SMMxizmat.uz studiyasini havola qilamiz. Ular orqali ishlab chiqaryotgan mahsulotingiz yoki xizmat turingizni bemalol istalgan platformalarda reklama qilishingiz mumkin.

Toshkentda targeting sozlash — SMM xizmatlar

Bu so‘z onlayn-marketing degani. U ijtimoiy tarmoqning va Internetning imkoniyatlariga qurilgan. Bugunga kelib, butun dunyodagi 60% ortiq insonlarda bir yoki bir nechta tarmoqlarda virtual shaxsiy kabinetlar mavjud. 5 milliarddan ko‘p odamda mobil internet bor. Aynan shular pul to‘lashga qodir qatlam hisoblanadi. Biz aytayotgan SMM xizmatlar mavjud mijozlar bilan o‘zaro hamjihat bo‘lib ishlaydi va yangilarini jalb qiladi. Korxonaning korporativ siyosati va maqsadlarini olib boradi. Har xil turdagi kontent orqali SMM xizmat brendni ommaga chuqurroq tanishtiradi. Bunaqasini boshqa turdagi reklamalarda topish qiyin.

SMM menejer bu birinchi navbatda marketolog ham. Agar an’anaviy marketing va SMM birga ishlasa maksimal darajada qamrab olishga erishish mumkin bo‘ladi. Qisqa qilib yakunlaydigan bo‘lsak, bugun to‘g‘ri joyda to‘g‘ri reklama qilayotganlar yutaveradi. Qaysi biri to‘g‘ri ekanligini aynan shu soha mutaxassislari tavsiya qilishadi.

Murojaat uchun:

Telefon/Telegram: +99897-7508030
Veb sayt: smmxizmat.uz

947 марта ўқилди