Biz XXI asrda yashayapmiz. Kundalik hayotimiz elektronlashib bo‘ldi. Har kuni u yoki bu ko‘rinishdagi ma’lumotga duch kelamiz, ularni qayta ishlaymiz, kimgadir yetkazamiz va hokazo. O‘zbek tili juda boy til. Yurtimizda kiril va lotin alifbosida yozamiz va o‘qiymiz. Kimga qaysi biri qulay bo‘lsa o‘shanda davom etaveradi. Lekin, o’zbekcha xatolarni topish uchun ko‘p ter to‘kishga yoki katta tajribaga ega bo‘lish talab etiladi. Shunaqa paytda «qani edi, bitta komptyuter dasturi bo‘lsaki, u orqali xato yozilgan matnni tekshirib olsak», deymiz. Bugunga kelib bunaqa muammoni hal qiladigan dastur ishlab chiqilgan.
Yurida-Orfo — o’zbekcha xatolarni topish dasturi
E’tiboringizga «Yurida» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan Yurida-Orfo dasturini havola etamiz. U orqali siz o‘zbek tilidagi yozilgan matnlardagi orfografik xatolarni ko‘rib olasiz. Farqi yo‘q: kirillda yozilganmi matn yoki lotin alifbosida. Ikki og‘iz bu dasturning imkoniyatlari haqida aytib o‘tsak:
– huddi Word singari interfeysga ega;
– har qanday hajmdagi matn xatosini topib beradi;
– xato ketgan so‘zlarga to‘g‘ri variantlarini ko‘rsatadi;
– kerak bo‘lsa so‘zning izohini tushuntiradi va ma’nosini ko‘rsatib beradi;
– transliteratsiya qiladi. Kirilldan lotinga yoki teskarisni bajaradi
— umuman, matnga aloqasi bor boshqa ishlarni ham qiladi.
Kompyuteringizga bir marta o‘rnatib olsangiz kifoya. istaganingizcha foydalanaverasiz. Matnni Word dan olib, bunga tashlaysiz, bitta tugmani bosish oqali ishingizni bajaraverasiz.
Ho‘sh, Yurida-Orfo dasturining qanday afzalliklari bor?
Bu kompyuter dasturi orqali og‘iringiz yengil bo‘ladi. Orfografik jihatdan to‘g‘ri yozishga o‘rgatadi. Quyida uning bir qator ustun jihatlarini sanab o‘tamiz:
– dastur kishining imloviy savodxonligini yaxshilaydi;
– gap yozayotganda so‘zlarni ma’no jihatdan to‘g‘ri joyga qo‘llanishini ko‘rsatadi;
– maqolalar, asarlar, ma’ruza yoki ilmiy ishlar, xizmatga oid hujjatlar, xatlar, nizom, yo‘riqnomalar, ma’lumotnoma, tahlillar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqa narsalar imloviy jihatdan bexato yozilishiga yordamlashadi;
– bilbordlar, bannerlar, devoriy osma ma’lumotlardagi xato so‘zlar yozilishini oldini oladi;
– toliqish natijasida insoniy omilga ko‘ra avtomatik ravishda o‘tkazib yuborilgan xatoga yo‘l qo‘ymaydi;
– qog‘ozni iqtisod qiladi.
Bugunga kelib uning bazasida 1.700.000.000 (bir milliard yettish bz million) dan ortiq so‘z shakllari mavjud.
Bu dasturning bahosi — 333.000 so‘mni tashkil qiladi. Bizga murojaat qiling, kompyuteringizga o‘rnatib beramiz. O’zbekcha xatolarni topish dasturi qo‘l ostingizda bo‘ladi.
Batafsil:
Veb sayt: http://yurida.uz
Telegram: https://t.me/yuridaorfo
Telefon: 95-1425432
