Shamollash sabablari haqida

shamollash sabablari haqida

Mehribon ota-onalar farzandlariga «Bosh kiyimsiz ko‘chaga chiqma, shamollab qolasan», deb ko‘p ta’kidlashadi. Farzand albatta bunga quloq solmaydi va kasal bo‘lib qoladi. Lekin, ota-onalar bilishmaydiki, shamollashga qalpoq yoki telpakning umuman aloqasi yo‘q. Hamma gap ularning so‘zlarida — «shamollab qolasan». Tamom! U narsa bolaning ongida muhrlanadi va kutilgan natijaga kelib chiqadi. Ammo, bular shamollashning bor-yo‘g‘i bittagina ruhiy sababidir. Kattalarda ham bolalarda ham. Bugungi chiqishimiz orqali shamollash sabablari haqida to‘xtalib o‘tamiz.

Shamollash sabablari haqida nima bilamiz?

Yana alohida ta’kidlaymiz: shamollash sizni shamol urganidan kelib qolmaydi yoki sovuqda yurganiz uchun kelib chiqmaydi. Shamollash uchun chuqur nafas olish va bir vaqtning o‘zida virusni yutish kerak. Endi, uyog‘i nima bo‘lishi o‘sha odamning kim bo‘lishidan qat’iy nazar immunitetiga bog‘liq. Kimdir engadi, kimdir enga olmaydi. Mana shu erda bu kasallikning ruhiy jihatiga e’tiborni qaratamiz.

Uning aniq sabablari quyidagilar:

— charchash;
— o‘zidan norozi bo‘lish;
— turmush tarzidan ko‘ngil to‘lmaslik;
— ishidan qoniqmaslik;
— o‘qishining yoqmasligi:
— organizmning juda toliqishi va zo‘riqishi;
— apatiya — ruhiy tushkunlik;
— hayotda maqsadi qolmasligi.

Ko‘ryapsizmi, bironta ham boshimizni yopadigan qalpoq, sharf yoki issiq kiyimsiz yurish, deyilmayapti.

Faraz qilamiz: ishga yoki o‘qishga borishni istamayapsiz, uyda qolib, dam olishni xohlayapsiz. Lekin, bunday qila olmaysiz, sababi sizda mas’uliyat bor, majburiyatlarni bajarish kerak. Mana shu paytda charchab yotgan ruhiyatimizga «kasal bo‘lish kerak, shunda uyda qolasan» degan fikr yopishib oladi. Kimdir uyda qolib da’volanadi, kimdir dori-darmon ichib, ishga yoki o‘qishga ketadi. Majburiyatini bajarish uchun. Pishdi-da buyog‘i! Bu orqali vaziyatni faqat og‘irlashtirishadi.

Shamollash bilan bog‘liq kasalliklarning psixosomatikasi

Shuni yaxshilab bilib oling: agar tamoq og‘risa, buning sababi — g‘azabni ichga yutganingizdan kelib chiqqan. Inson kimdandir yoki nimadandir o‘ta norozi yoki nafratda bo‘lsa. Natijada o‘sha narsalarni gapira olmaydi. Shamollashga oid kasalliklar rivojlangani sari insonda moyillik — ojizlik paydo bo‘la boshlaydi. Bordiyu-u, mening immunitetim past yoki kuz-qishda shamollayman, deb hisoblasa — o‘sha niyatiga erishadi. Yonida kasal odam bo‘lsa ham shu shu holat paydo bo‘ladi.

Endi gripp kasalligiga kelsak: uning kelib chiqishining quyidagi savollardan izlash lozim.

Mana ular

— Kasallik qaysi muammoga qaratilmoqda yoki nimani ketidan kelib chiqdi?
— Nimadan qochishni istayapsiz?
— Qaysi janjalga aralashgansiz va uni hal qilishni istayapsizmi?
— Nimani eplay olmayapsiz, uni tan olishga qo‘rqyapsizmi?

Demak, gripp o‘z-o‘zidan kelib qolmas ekan. Uni boshqa o‘ylab yurilgan muammolar olib keladi. Shamollash sabablari haqida yuqorida sanab o‘tilgan omillarga bog‘liq ekan.

Davomi bor …

*****

Hafa bo‘lish va siqilish oqibatlari haqida

135 марта ўқилди