Siqilish oqibatlari

siqilish oqibatlari

Juda kerakli mavzuni yoritishda davom etamiz. Avvalgi chiqishimizda «Shamollash va uning sabablari» haqida gapirgan edik. Bugungi mavzu esa hafa bo‘lish va siqilish oqibatlari haqida kechadi. Diqqat bilan o‘qishni tavsiya qilamiz.

Hafa bo‘lish va siqilish oqibatlari nimaga olib keladi?

E’tiboringizga bir necha jihatlarni sanab o‘tamiz. Zero, har birining zamirida fikr yuritish yotibdi.

O‘tkir respiratorli kasalliklarning sabablari

ORVI kasalligining kelib chiqishi ham grippniki bilan o‘xshash. Farqi shundaki, o‘tkir respirator virusli kasalliklar kutilmagan vaziyatlardan kelib chiqadi. Ya’ni, nimadandir cho‘chishdan, kuchli qayg‘uga tushushdan va qo‘rqishdan. Bu turdagi dardlar juda tez rivojlanadi, inson harorati ko‘tariladi va simptomlar kuchayadi.

Temperatura uncha yuqoriga ko‘tarilmasdan turib, rivojlanadigan «shalpaygan» kasalliklar muntazam charchash va qo‘rquvni bosish natijasida paydo bo‘ladi.

Nafas olish yo‘llarining kasallanish ruhiyati

Inson nafas olish organlari bilan bog‘liq kasalliklar bolalarda ham, kattalarda ham kuzatiladi. Lekin, ayrimlari faqat bolalarga xos bo‘ladi, ayrimlari esa kattalarga xos. Biroq, ularning barchasi ruhiyatga borib taqaladi. Keling, ularning asosiy sababini ko‘rib chiqamiz.

Ularning asosiy sababi — charchash! Ha, charchash. Kattalar ko‘proq pnevmoniya va tuberkulezga chalinishadi. Chunki ularda quyidagilar hukmron bo‘ladi:

— eski yaralar va hafa bo‘lish;
— hayotdan norozi bo‘lish;
— har xil turdagi ruhiy charchash;
— quvonchsiz onlar bilan yashash;

Qaysi holatlarda pnevmoniya rivojlanadi?

Quyidagi holatlarda:

— majburiyatlarning ortib ketishi;
— dam olishsiz ishlash;
— haydab yuborilgan hisni tuyish;
— qattiq qayg‘uga botish;
— nimanidir yo‘qotish, hafsalaning pir bo‘lishi;
— kuchsiz ekanligini his qilish, o‘z hayotini o‘zgartirishga imkoni bo‘lmaslik;
— xohishlari qoniqilmagan;
— o‘z aybini unuta olmaslik.

Yana bir gap: agar shuncha sanab o‘tilgan narsalarga bu dunyodan qoniqmaslik ham qo‘shilsa — «pishdi» buyog‘i. Qarabsizki — bronxal astma tayyorda! Bunaqa toifali odamlarni «o‘lja» bo‘lganlar deb atashadi. Yoki o‘zi haqida qayg‘ura olmaydigan, o‘ta vijdonli, meyoridan ortiq mas’uliyatlilar ham deyishadi.

Kimlar tuberkulez bilan kasallanadi?

Tuberkulez bilan egoist insonlar kasallanadi. Hayotidan norozilik yoki salbiy his-tuyg‘ular bilan yashash — ushbu kasallikning asosiy ruhiy sababibir. Har bir odam «Kox palochka»lari bilan ro‘baro‘ keladi. Ammo, faqatgina atrofdan norozilar bu kasalga chalinishadi.

Hafa bo‘lish va siqilish oqibatlari nimalarga olib kelishi haqida bilib oldingiz.

Mana shunaqa gaplar …

242 марта ўқилди