Biznesni nima asraydi?

biznesni nima asraydi

Biz XXI asrda yashayapmiz. Biznes asrida. Kidir nimadir sotyapti yoki xizmat ko‘rsatyapti. Buni tadbirkorlik faoliyati deb ham atash mumkin. Lekin ko‘p holatlarda o‘sha boshlangan biznes oxiriga etib bormayapti. Bankrot holati yuzaga kelmoqda. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Biznesni nima asraydi? Nima qilsak u o‘z yo‘lida davom etadi, foyda keltirishni boshlaydi. Bugungi chiqishimiz orqali shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Biznesni nima asraydi, aslida?

Ushbu mulohazalar O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqib aytilmoqda. Uni qabul qilish yoki qilmaslik har kimning o‘ziga bog‘liq. Demak, davom etamiz.

Bugunga kelib, biznes virtual olamga ya’ni, Internetga ko‘chib o‘tib ulgurdi. Shu faktni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Qabul qilmagan qolib ketaveradi. Shunday ekan, imkon qadar biznes haqida Internetda «jar solish» kerak. U erga yaxshiroq kirib olish zarur! Qanday qilib? Buning uchta yo‘li bor:

Birinchisi

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochib, o‘z biznesingiz yoki tadbirkorlik faoliyatingizdagi mahsulotlar haqida postlar beraverish kerak. Uni o‘qiydigan yoki ergashadiganlar baribir chiqadi. Bular yakunda salohiyatli mijozlarga aylanishadi. Muhimi muntazam ravishda nimadir berib boraver.

Ikkinchisi

Darhol veb sayt yaratish kerak. Mazkur sayt sizning biznesingiz haqida sizning o‘rningizga so‘zlab bersin. Eng muhimi shu saytni Google va Yandeksga o‘xshaydigan qidiruv tizimlari «ko‘rsin». Qidiruv natijalarida yuqori o‘rinlarda ko‘rsatsin. Ana shundagini sayt to‘g‘ri qilingan bo‘ladi. Bu orqali mijozlar oqimi davom etaveradi.

Uchinchisi (biznesni nima asraydi)

Shu sahifalar va veb saytni reklama qilish kerak. Odamlar bilishi uchun to‘g‘ri targeting (hududi, yoshi, jinsi, qiziqishlari va hokazo) sozlash zarur. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va veb sayt ommalatirish lozim. Bo‘ldi! U yog‘iga odamlarning o‘zi topib keladi, sizni. Biznesingiz shu yo‘llar orqali «qutqarib» qolinadi.

Imkon qadar, qisqa qilib biznesni ushlab qolish uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berishga harakat qildik.

167 марта ўқилди