Messi kuchlimi yoki Ronaldu? Diyego Godin nima degandi?

messi kuchlimi yoki ronaldu

Urugvay afsonalaridan biri, bir necha yillar davomida himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatgan futbolchi Diyego Roberto Godinni hammamiz yaxshi taniymiz. U Madridning «Atletiko» klubi hamda Urugvay termasi safida haqiqiy qo‘rg‘on bo‘lib kelgan. Tabiiyki, uning fikrlari ko‘pchilik uchun qiziqdir. Bugun ishqibozlar orasida kim kuchli: Messi kuchlimi yoki Ronaldu degan savol tinmay aylanadi. Ushbu savolga Godin ham javob bergan. Albatta, uning fikrlariga kimdir qo‘shiladi, kimdir esa yo‘q. E’tiboringizga uning taqqoslarini havola etamiz.

Aslida Messi kuchlimi yoki Ronaldu?

2010 yildan 2019 yillar davomida «Atletiko» Madrid tarkibida to‘p surgan Godin ikki afsona Leo va Krishtianular haqida shunday degan:

«Men «Atletiko»da o‘ynab yurgan kezlarimda ikki buyuk futbolchiga qarshi o‘ynashimga to‘g‘ri kelgan. Biri — «Barselona» yulduzi Lionelь Messi bo‘lsa, ikkinchisi o‘sha paytdagi «Real» Madrid yulduzu Krishtianu Ronaldu edi. Urugvay safida ham ularga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelgan. Bilasizmi nima? Men bu ikki futbolchiga ularning eng cho‘qqiga chiqqan davrlarida ro‘baro‘ kelganman. Messi baribir kuchliroq edi. Unga qarshi o‘ynab bo‘lmasdi. U shubhasiz, futbol tarixidagi dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lib qolaveradi.

Kimgadir Maradona qirol bo‘lishi mumkin yoki Pele. Ammo men uchun Leo eng kuchlisi bo‘lgan. Yana bir ko‘rsatkich: men Messiga qarshi eng ko‘p maydonga tushgan jamiiki futbolchilar orasida ikkinchi o‘rinda bo‘lganman», — deydi Diego.

Godin yana nimalarni aytdi?

«Atletiko» jamoasi sobiq sardorining fikrlarini davom ettiramiz.

«Biz 2014 yili «Atletiko» bilan Ispaniya chempioni bo‘lganmiz. Mazkur holat boshqa chempionlarnikidan 10 baravar qadrliroq bo‘lgan. «El-klassiko» egalari davrida ulardan o‘tib, La Liga g‘olibi bo‘lish oson ish emasdi. Buni bilgan biladi», — qo‘shimcha qildi urugvaylik sobiq himoyachi.

Mana shunaqa gaplar. Messi kuchlimi yoki Ronaldu qaysi biri kuchli ekaligi haqida har kimning o‘z fikri bor. Lekin, bizningcha ularni taqqoslab bo‘lmaydi. Bu ikkisi shubhasiz, dunyo futboli tarixidagi eng kuchli yulduzlar sifatida eslanaveradi.

610 марта ўқилди