Yevropa Ligasi musobaqasining pley-off bosqich, javob bahslaridan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» — «Barselona» uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 2:1 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga bellashuv sharhini havola etamiz.
«Manchester Yunayted» — «Barselona» uchrashuvi haqida
«Old Trafford» stadionidagi o‘yinning ilk daqiqalaridayoq jamoalar hujumga tashlanishdi. Dastlabki 15 daqiqa deyarli tengkurashlar ostida kechdi. 18-daqiqaga kelib «Barsa» hisobni ochadi. Levandovski penaltidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. «MYu» muvozanatni tiklash uchun ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi. Ammo, birinchi bo‘limda katoloniyaliklar kichik ustunlikni saqlab qola olishdi.
Ikkinchi bo‘limda «qizil iblislar» o‘zlariga kelib ulgurishdi. 47-daqiqada Fred maydon egalarining javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi va hisob tenglashdi. Tomonlar yana hujumga zo‘r berishdi. 73-daqiqada Antoni «Yunayted»ning ikkinchi golini urib, klubini oldinga olib chiqdi. Xavi shogirdlari har qancha harakat qilishmasin, bu hisobni o‘zgartira olishmadi. Birichni o‘yindagi 2:2 hisobi «MYu»ni keyingi bosqichga olib chiqdi.
Statistika va o‘yindan keyingi fikrlar
Maydon egalari o‘z uylarida o‘tayotgan 18 ta ketma-ket o‘yinda biron marta ham mag‘lub bo‘lishmadi. 16 ta g‘alaba va 2 ta durang. Jami to‘plar nisbati 41:9. Top-5 ligalar orasida «MYu»ning zahiradan maydonga tushgan futbolchilari 19 ta gol urib, hammadan oldinga o‘tib olishgan. Bunaqa ko‘rsatkich boshqa hech bir jamoada yo‘q.
«Manchester Yunayted» — «Barselona» uchrashuvi tugagach, mezbonlar bosh murabbiyi Erik ten Xag quyidagilarni aytib o‘tdi: «Agar siz ayni paytda Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri — «Barselona»ni yuta oldingizmi, demak boshqa ishni ham qila olasiz. «Barsa» 8 ochkoga «Real»ni ortda qoldirmoqda. Ular Superkubokda ham Madridni yengishdi. «Real» esa «Liverpul»ni nima qilganini bilasiz. Shunday ekan, biz qudratli jamoani yenga oldik», — deydi u.
Serdji Buskets esa, quyidagilarni aytdi: «Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynagandik. Hatto 2:0 ham qila olardik. Ikkinchi bo‘limda raqibimiz ancha kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Natijada taqdirimiz ularning foydasiga hal bo‘ldi», — deydi u.
Qaydnoma bilan tanishing
Yevropa Ligasi, pley-off bosqichi
Javob o‘yinlari
Manchester Yunayted — Barselona 2:1
Gollar: Fred (47), Antoni (73) — Levandovski (18, penalti)
Manchester Yunayted: De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 67), Varan, Martines, Shou, Kazemiro, Fred, Brunu Fernandesh, Vegorst (Antoni, 46), Reshford (Maktomini, 88), Sancho (Garnacho, 67).
Barselona: ter Stegen, Kunde, Kristensen, Arauxo (Alonso, 82), Balde, Buskets, Kessie, de Yong, Serdji Roberto (Ferran Torres, 70), Levandovski, Rafinya (Fati, 75).
Ogohlantirishlar: Brunu Fernandesh (60), Serdji Roberto (60), Levandovski (71), Garnacho (78), Buskets (83), Kazemiro (86).
«Old Trafford» stadioni
Birinchi o‘yin: 2:2
