«Manchester Siti» — «Arsenal» uchrashuvi sharhi

manchester siti arsenal uchrashuvi

Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» — «Arsenal» uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 4:1 hisobi qayd etilib, «shaharliklar»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Turning markaziy bahsi deyarli chempionlik masalasiga nuqta qo‘ydi. O’yin sharhi va statistik ko‘rsatkichlarni e’tioringizga havola qilamiz.

«Manchester Siti» — «Arsenal» uchrashuvi haqida

Bu bellashuvgacha «Arsenal» raqibidan 5 ochko oldinda edi. To‘g‘ri, «Siti»da o‘yinlar soni ikkitaga kam va agar jamoa ularni g‘alaba bilan yakunlasa, Gvardiola shogirdlarida APL g‘olibligi uchun imkoniyat mavjud bo‘ladi. Lekin, ish ungacha bormadi ham. Manchesterliklar o‘zaro bahsda London klubini yengib qo‘ya qolishdi. Ilq daqiqalardan boshlab, maydon egalari kim aslida kim ekanligini ko‘rsatishdi. 7-daqiqada Kevin de Bryuyne jarima maydonchaning tashqarisida zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Kiritilgan goldan keyin «to‘pchilar» to‘p nazoratini o‘z qo‘llariga olishgandek bo‘lishdi, ammo «Siti» pressingda ustunlik qildi. Xoland bir necha marotaba o‘z zarbalari bilan Remsdeylni sinovdan o‘tkazib turdi. Gyundogan ham maydonni juda yaxshi his qilib, jamoadoshlarini oldinga chorladi. 45-daqiqada Stounz ikkinchi golni urdi. Lekin, qanotdagi laynsmen o‘yindan tashqari holatni qayd etdi. VAR tekshirib chiqdi va gol inobatga olindi, 2:0. Tomonlar shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda shiddat yana oshdi. Stounz — Xoland — de Bryuynelar chiroyli uzatmalarni amalga oshirib, «Arsenal»ni shoshirib qo‘yishdi. 54-daqiqada yana o‘sha belgiyalik yulduz to‘pni markazda olib qo‘yib, oldinga tashlandi. Darrov to‘pni Xolandga uzatdi va o‘zi yana ochilish uchun yugurdi. Shunday ham bo‘ldi, u ochildi va ikkinchi golni urib, dubl qayd etdi. Tabloda esa 3:0 hisobi porlab turardi. Shundan so‘ng, jamoalar biroz tinchlanishdi.

Londonliklar xavfli jarima zarbalarini amalga oshirishdi. 86-daqiqada zahiradan maydonga tushgan Trossard to‘pni «Siti» jarima maydonchasi bo‘ylab olib yurdi va Diash bilan turtilib ketdi. Lekin, Xolding bo‘shroq bo‘lgani uchun to‘pni olib qo‘yib, Ederson darvozasini ishg‘ol qildi. Hisob qisqardi. 90 daqiqa nihoyasiga yetddi, hakam 5 daqiqa qo‘shib berdi. 90+5-daqiqada Fodendan to‘pni qabul qilib olgan Xoland to‘rtinchi golni urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi, 4:1. Shu tariqa «Manchester Siti» juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘yindan keyingi fikrlar va statistik raqamlar

Bu jamoalarning oxirga yettita belashuvida «Siti» g‘alaba qozongandi. 16 ta oxirgi ketma-ket uchrashuvda umuman mag‘lubiyatga uchramagan. «Etixad» stadionida 13 marta yengib, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyatga uchragan. O‘yin qahramonlari de Bryuyne 2+1 ko‘rsatkichga va Xoland 1+2 ko‘rsatkichga ega bo‘lishdi. «Manchester Siti» APLda o‘zining oxirgi yettita bahsida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati — 22:5. Bu raqibini esa ketma-ket 8 marta yengdi, jami to‘plar nisbati 21:4. Gvardiola Artetani oxirgi to‘qqizta o‘yinning sakkiztasida mag‘lubiyatga uchratmoqda. Xolandda «Siti» bilan kechgan oxirgi 11 ta o‘yinda 21 (17+4) ochko mavjud. Norvegiyalik hujumchi 33 ta gol urib, Premer-ligada Muhammad Salohning rekordini yangiladi. Gvardiola «Arsenal»ni 20 marta yengishga muvaffaq bo‘ldi.

«Arsenal» esa oxirgi 4 ta o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti. 3 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat. Ko‘pchilik bu mag‘lubiyatni «sharmandalik» deb tarifladi. Ammo, London klubi 2016/17 yildan beri ilk marta o‘ziga YeChL musobaqasida ishtirok etish imkonini kafolatlab oldi.

«Manchester Siti» — «Arsenal» uchrashuvi tugagach Arteta quyidagilarni aytib o‘tdi: «Mening hafsalam pir bo‘ldi. Bugun kuchli jamoa g‘olib bo‘ldi. Oldimizda yana 5 ta o‘yin turibdi. Futbolchilarimning kayfiyatini ko‘tarishim kerak. Chunki, bu mag‘lubiyat ularga yomon ta’sir ko‘rsatdi. Men bu mamlakatda 22 yildan beri yashayapman, «Siti» ancha o‘sdi. Shu jumladan biz ham».

Gvardiola esa: «To‘g‘ri, hozircha 2 ochko orqadamiz. Ammo hammasi o‘z qo‘limizda», deb qisqa qila qoldi.

Qaydnoma bilan tanishing

Angliya chempionati, 33-tur
Manchester Siti — Arsenal 4:1
Gollar: de Bryuyne (7), Stounz (45), de Bryuyne (54), Xoland (90+5) — Xolding (86).
Manchester Siti: Ederson, Uoker, Stounz, Ruben Diash, Akandji, Gyundogan (Marez, 72), de Bryuyne (Alvares, 80), Rodri, Grilish (Foden, 87), Bernardu Silva, Xoland.
Arsenal: Remsdeyl, Uayt, Xolding, Gabriel, Zinchenko, Djaka (Jorjino, 60), Parti, Edegor (Smit-Rou, 71), Saka (Nelson, 80), Martinelli (Trossard, 60), Gabriel Jezus (Nketia, 80).
Ogohlantirishlar: Ruben Diash (45), Grilish (75), Parti (76), Rodri (88).
«Etixad Stedium» stadioni.

605 марта ўқилди