AFC U20 Osiyo kubogi. Iroq — O‘zbekiston uchrashuvi sharhi

iroq o'zbekiston uchrashuvi

Yurtimizda AFC U20 Asian Cup musobaqasi davom etmoqda. Guruh bosqich o‘yinlari qizg‘in pallaga kirib ulgurdi. Toshkentdagi «Milliy» stadionda Iroq — O‘zbekiston uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda 0:1 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga uchrashuv shahrini havola etamiz.

Iroq — O‘zbekiston uchrashuvi haqida

Odatda, guruhning 2-tur uchraushuvlari juda qiziq o‘tadi. Sababi, pley-offga yo‘llanma oladigan jamoalarning nomi bilinib qoladi, bu turdan keyin. Ko‘pchilik O‘zbekistondan g‘alaba kutgandi, yigitlar ishonchni oqlab, 30 ming muxlis qarshisida juda muhim ochkolarni qo‘lga kiritishdi. Yagona gol 17-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov tomonidan kiritildi. Musobaqa mezbonlari birinchi bo‘limda ustunlikda harakat qilishdi. Ammo, birinchi gollik vaziyatni Iroq futbolchilari yaratishgandi. Ali Jasim ikki himoyachimizni aldab o‘tib, to‘pni Qosim Abdulrazzoqqa etkazdi. Iroq sardorining uzoqdan yo‘llagan zarbasini yurtdoshlarimiz qaytarishga erishdilar.

Ravshan Haydarov birinchi bo‘limning 35-daqiqasida Abdurazzoqovning o‘rniga Shahzodbek Rahmonalievni zahiradan maydonga tushirdi. Shahzodbek 10 daqiqagina harakat qildi. 44-daqiqada qiziq kartochka olib, maydonnni tark etdi. O‘zbekiston termasi 10 kishi bo‘lib qoldi va o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Birinchi bo‘limda boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘limda bitta futbolchi ko‘p bo‘lgan Iroq termasi hujumlarga zo‘r berdi. Ammo, o‘zbeklar ham qarab turishmadi va keskin qarshi hujumlarni amalga oshirib turishdi. Hattoki, kam bo‘ladi turib 2-3 marta hisobni o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lishdi. Yakuniy zarbalarda yigitlarimizga aniqlik va tajriba etishmadi. Boz ustiga Iroq darvozaboni Husayn Hasan ishonchli o‘ynadi. U Abdukodir Husanovning uzoqdan yo‘llagan zarbasini ham qaytarishga erishdi. Ismil Ahmadda gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limdagi vaziyatlar va 3-o‘yin oldidan

O‘zbekiston 79-daqiqada hammasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi. Uchta futbolchimiz Iroqning ikki himoyachisiga qarshi chiqib, gollik vaziyat yaratishdi. Xoldorxonov to‘pni Rahmatullaevga etkazib berdi. Lekin, oxirgi berilagan zarba darvoza ustuni yonidan o‘tib ketdi. Futbolchilarimiz g‘alabani ushlab qolishni uddalashdi.

Endi Ravshan Haydarov shogirdlari guruhdagi so‘nggi o‘yinni Indoneziya yoshlariga qarshi o‘tkazishadi. Iroq bo‘lsa Suriyaga qarshi o‘ynaydi. Futbolchilarimiz mag‘lubiyatga uchrashmasa. bo‘lgani. Keyingi bosqichga yo‘llanma olishadi. «B» guruhida Vetnam, Avstraliya va Eron termalarida pley-offga chiqish uchun imkon saqlanib turibdi. O‘zbekiston shu raqiblardan biriga qarshi chorak finalda maydonga tushadi.

Xullas, Iroq — O‘zbekiston uchrashuvi dramatik vaziyatlarga boy tarzda o‘tdi. Muhimi g‘alaba qo‘lga kiritildi. Ammo, hali ishlash kerakligi ham ko‘rinib turibdi. Maydon markazidaku, xatti-harakatlarimiz yomonmas. Lekin, oxirgi golni urishga oqsab turibmiz. Qandaydir hayajon yo‘q emas. Umid, qilamiz, termamiz uzoqroqqacha boradi.

Qaydnoma bilan tanishing

AFC U20 Osiyo kubogi, 2-tur
Iroq — O‘zbekiston 0:1
Gol: Xoldorxonov (17)
Iroq: Kadim Raad, Abdulrazzoq Qosim, Adam Talib, Abdulqodi Jamil, Ali Jasim, Muslim Musa, Ali Sodiq, Sajad Maxdi, Haydar Abdulkarim, Huseyn Hasan, Abbud Raboh
O‘zbekiston: Husanov, O‘rozov, Xoldorxonov, Asqarov, Rahmonaliev, Abdurahmatov, Fayzullaev, Ortiqboev, Abdurazzoqov, Mahamajonov, Boymurodov
«Milliy» stadion.

538 марта ўқилди