Instagram sahifani kuchaytirish yo‘llari

instagram sahifani kuchaytirish

Bugun juda dolzarb mavzu haqida gaplashamiz. Agar sizda Instagram sahifasi bo‘lsa va uni ko‘pchilik uchun ommalashtirishni istasangiz ushbu maqolani o‘qing. Obunachilar sonini orttirishni istasangiz quyidagi ishlari ketma-ket amalga oshiring. Bu asosan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchundir. Unda siz qanday qilib Instagram sahifani kuchaytirish yo‘llarini bilib olasiz.

Instagram sahifani kuchaytirish bosqichlari

TILNI ANIQLAB OLING

Qaysi tilda postlar bermoqchisiz yoki sahifani yuritmoqchisiz? O‘zbekcha-lotindami, o‘zbekcha-kirildami yoki ruschada? Bu juda muhim. Shunga qarab obunachilar kirib kelishadi. 36 yoshdan kichiklar lotinda o‘qiydi va unga moslashgan. Undan kattalar kirilda o‘qishadi va ko‘zlari shunga o‘rgangan. Ruschada hamma o‘qiydi, ammo ko‘pchilik baribir o‘zbekchaga o‘rgangan. Qaysi tilda yuritishni o‘ziningiz hal qiling. Aslida uchtasi ham yomon emas.

SAHIFANI TO‘G‘RI TO‘LDIRING

Avatar yoki profil rasmiga chiroyli va muvaffaqqiyatli chiqqanini qo‘ying. Yuzingiz aniq ko‘rinib tursin. Ismingiz yoki login qanday yozishingizga qarab obunachilar paydo bo‘ladi, ishonavering. Eng to‘g‘risi «Ism — Faoliyat» formati. Masalan: «Anvar Karimov — Sifatli eshiklar» yoki «Muzaffar Jalolov | Toshkentda kitob savdosi» va hokazo. Chunki, mana yozilgan jumla orqali yangi obunachilar keladi. Sizni kuzatadi.

Uning pasida nima faoliyat yuritishingiz haqida bo‘lim bor. U yerni o‘zingiz tanlab qo‘yasiz. Masalan menda «Predprinimatel» degan bo‘lim turibdi. Aynan uning pasiga nima bilan shug‘ullanishingizni 150 ta belgiga (simvol) moslab to‘ldirib chiqing. Chunki, salohiyatli mijozingiz o‘shani ko‘rib, nima bilan shug‘ullanishingizni bilib oladi. Lozim topsa sizga chiqadi.

Veb saytingiz yoki boshqa ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizni URL havolasini (ss?lka) ko‘rsatib qo‘ying.

REELS VIDEODAN FOYDALANING

Instagramda Reels degan qisqa videolar bo‘limi bor. Shu yerga faoliyatingiz haqida ko‘proq narsalar bering. Qisqa, lo‘nda va aniq bo‘lsin. Odamlar u orqali sahifangizga juda ko‘p kirib turishadi. Ayrimlar doimiy ravishda qarab turadi.

Yana nimaga e’tibor qaratish kerak?

SRORIES BO‘LIMINI IShGA SOLING

Bu juda kerakli bo‘lim. Faoliyatingizni toifalarga bo‘lib oling. Kerakli chiqishni «Aktualnoye» degan joydan berib borasiz. Masalan, deylik maishiy texnika sotasiz. Bitta bo‘lim «Televizor» haqida, ikkinchisi «Muzlatgich» haqida, uchinchisi «Chang yutgich» haqida va hokazo. Chunki mijoz shu bo‘limlarning nomiga qarab kiradi yoki kirmaydi. Mazkur dolzab (aktualnoye) bo‘limlarning muqovasini (oblojka) to‘g‘ri tanlang.

Xullas, mana shular qilishingiz kerak bo‘lgan minimum ishlar. Buni o‘zingiz ham qila olasiz. Shuning o‘zida tabiiy ravishda obunachilar sekin-asta kirib kelishadi. Albatta bularning hammasini biznes akkauntga o‘tgan holda qilasiz, shuni unutmang. Ya’ni «pereklyuchit» degan joydan o‘tib olasiz.

Agar bizning yordamimiz kerak bo‘lsa, marhamat murojaat qilishingiz mumkin. Tabiiy yo‘l bilan Instagram sahifani kuchaytirish usullarini ko‘rsatamiz.

Murojaat uchun:

Telefon: +99897-7508030
Instagram: instagram.com/azizkhonakbarov76

726 марта ўқилди