Genri Fordning gaplari: biznes va muvaffaqqiyat haqida

genri fordning gaplari

Bu inson avtomobilь ixtiro qilmagan. U hattoki konveyerni ham o‘ylab topmagan. Ammo, Genri Ford oddiygina noma’lum mashinani mislsiz foyda keltiradigan innnovatsion yutuq darajasiga olib chiqa olgan. Uning ixtirosi esa 20 asrni gullab yashnashiga hissa qo‘shgan va hozirgacha davom etmoqda. Hamma narsani undek novatorlar o‘zgartiradi. Ular yangi g‘oya olishadi: gohida o‘zlarinikini gohida birovnikini. Ularni rivojlantirishadi va shu darajagacha olib borishadiki, yakunda ular kundalik hayotning bir bo‘lagiga aylanadi. Innovatsiyalar o‘ziga bo‘lgan ishonchni, tavakkalchilikka moyillikni, etakchilik sifatlar va kelajakni ko‘ra olishdek qobiliyatlarni talab qiladi. Bugun Genri Fordning gaplari mavzusida so‘z yuritamiz. Zero, uning aytgan gaplari hozirgi kunda ham dolzarbdir.

Genri Fordning gaplari nimalardan iborat?

Bu shaxs yigirmanchi asr sanoatining rivojiga muhim hissa qo‘shgan. U topgan yig‘ma konveyer barcha sohada har kuni ishlatiladigan ishlab chiqarish vositasiga aytlandi. Ford o‘tmishdan sabab, kelajakdan imkoniyatlar topa oldi. Texnologiyalarga ishondi va ular insonga engillik keltirishini aniq bildi. U uchun texnologiyalar nafaqat o‘ziga foyda keltiradigan bo‘ldi, balki yangi g‘oyalarni yuzaga chiqarish uchun xizmat qildi.

E’tiboringizga uning hayotiy gaplaridan ayrim lavhalarni havola qilamiz:

— Siz biron ishni qila olishingizga ishonasiz. Yoki o‘sha narsani qila olmasligingizga ishonasiz. Ikki holatda ham haqsiz.
— Bu hayotda bitta katta muammo degan tushuncha yo‘q, juda ko‘p mayda muammolar bor.
— Kimdir qachondir o‘zi yaratgan biznesni tashab ketadi, deb o‘ylamayman. U doim shu biznes haqida o‘ylashi kerak.
— Omad — bu 99% muvaffaqqiyatsizlik degani.
— Xizmat ko‘rsatishga bag‘ishlangan biznes doimo foyda olishga qaratiladi. Bu foyda — uyatsiz darajada katta bo‘lib ketadi.
— Birlashish — bu boshlanishi, birga turish — bu rivojlanish, birga ishlash esa — muvaffaqqiyat.
— Ancha payt qilishga qo‘rqib yurib, kutilmaganda uni amalga oshirib, qila olishingizni bilib olish — mana shu eng katta ixtirodir.
— Omadli hayotning eng katta siri — nima qilishingiz shartligini anglab etib, o‘shani qilishdir.
— Pul bu huddi qo‘l yoki oyoqqga o‘shaydi. Agar ishlatmasangiz undan ayrilib qolasiz.
— Ishda quvonch bor. Nimagadir erishganingizni his qilishdan ortiq baxt yo‘q.

Bu buyuk insonning yana qanday gaplari bor?

Genri Fordning gaplari bo‘yicha boshlagan fikrimizni davom ettiramiz. Quyida yana o‘zi hos gaplar bilan tanishib olamiz. Ular:

— O‘zingizda bor narsalarni yoki ishlating yoki ulardan ayriling.
— «Bu narsa o‘xshaydi yoki o‘xshamaydi», deb qat’iy ayta oladigan insonni uchratmadim.
— Agar men ulardan «siz nima istaysiz», deb so‘raganimda ular «ot tezroq yuradi» degan bo‘lishardi.
— Etakchi bo‘lish uchun biror bir lavozimda ishlash shart emas.

Ko‘rib turganingizdek, Ford buyuk gaplarni aytib ketgan. Ulardan foydalanish yoki foydalanmaslik bizning o‘zimizga bog‘liq.

281 марта ўқилди