Ko’pchiligimiz futbol jonli efir deb shu sport turi haqida ma’lumotlar izlaydi. Albatta bu bilan TV yoki Internetda o’yinlarni tomosha qilishni iztashadi. Kimdir topdi kimdir esa topa olmaidi. Lekin, bugungi mavzuimiz boshqa narsa haqida.
Futbol jonli efir va boshqalar
Futbol so‘zi inglizchadagi football so‘zidan olingan bo‘lib, foot — oyoq, ball — to‘p deganidir. U sport o‘yini hisoblanadi va maysali maydonda ikki raqib o‘rtasida o‘ynaladi. Raqiblar ikki jamoadan iborat bo‘ladi va har birida 11 tadan ishtirokchi bo‘ladi. Ular to‘pni oyoqlari yoki qo‘ldan boshqa barcha a’zolari orqali bir-birlariga oshirishadi. Oyoqda qulayroq bo‘lgani uchun asosan oyoqda va boshda o‘ynaladi.
Futbol qoidasi
Maqsad ikkita: raqib darvozasiga to‘pni kiritish va o‘z darvozasidan o‘tkazib yubormaslik. Futbol 45 daqiqali ikki bo‘limdan iborat bo‘ladi va 90 daqiqa davom etadi. Orada 15 daqiqali tanaffus e’lon qilinadi.
Unda jamoalar dam olishadi va jamoa boshliqlari kerakli o‘zgarishlarni amalga oshirishadi. Boshliqni sport tilida murabbiy deb atashadi. Futbol o‘ynaydiganlarni futbolchi deyishadi.
Maydon va to’p
Futbol maydoni eniga 45 metrdan 90 metrgacha bo‘ladi. Bo‘yi esa, 90 metrdan 120 metrgacha bo‘ladi. Rasmiy o‘yinlar uchun futbol maydoni 100-110 metrga 69-75 metrni tashkil qiladi. O‘ynaladigan to‘pning diametri 680 — 710 mm bo‘ladi, og‘irligi esa 396 — 453 gramni tashkil qiladi. Boshqa o‘yinlardan farqli o‘laroq, to‘pga faqatgina darvozabon tegishga haqli. U ham mahsus chizilgan jarima maydonchasi ichida.
Har bir davlatda futbol uyushmalari bo‘ladi. Butun dunyo futbol uyushmalari birlashmasini FIFA deb atashadi. FIFA — so‘zi frantsuzchadan olingan va Federation Internationale de Footbal Association deb o‘qiladi. Bu tashkilotga 1904 yili 21 mayda Parij shahrida asos solishgan. Ta’sischilar kongressida birinchi marta FIFA tashkilotiga prezident saylashgan. U kishi Rober Geren ismli frantsuz bo‘lgan. 1928 yili 27 marta Gollandiya davlatida birinchi marta futbol mavzusida pochta markasi chiqarilgan.
Futbolda hakamlik
Futbol o‘yinini hakamlar boshqarishadi. 1978 yilning 10 iyulida London shahrida ikki jamoa o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tgan. Hakam sifatida politsiyachini taklif qilishadi. O‘yin paytida janjal chiqib, futbolchilar urishib ketishadi. Shu zahotiyoq politsiyasi refleks ravishda hushtak chalvoradi, natijada futbolchilar qo‘rqib ketishadi va darhol jim bo‘lishadi. O‘sha voqeadan boshlab, futbolda hakamlar hushtak ishlatishadi.
1891 yilning 23 martida Angliyaning ikki — Shimol va Janub jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi. O‘sha o‘yinda darvozalarga to‘r o‘ynatilingan. Ya’ni to‘p uzoqqa ketib qolmasligi uchun. O‘sha darvoza to‘rini liverpullik muhandis Jon Brodi ixtiro qilgan va uni patentlashtirib olgan.
Musobaqalar haqida
Futbol — dunyodagi eng mashhur o‘yin hisoblanadi. U hatto Olimpiada o‘yinlariga ham kiritilgan va 16 ta jamoa o‘ynaydi. Olimpiadada ishtirok etish uchun 14 ta jamoa bellashadi. Bittasi avvalgi Olimpiada g‘olibi sifatida va ikkinchisi mezbon davlat sifatida 16 tani tashkil qiladi. Birinchi marta 1900 yili Olimpiada o‘yini Parijda o‘ykazilgan, unda uchtagina — Belьgiya, Buyuk Britaniya va Frantsiya termalari ishtirok etishgan. G‘olib sifatida inglizlar tan olingan. Jahon chempionati esa 1930 yilda bo‘lib o‘tgan. Birinchi chempion — Urugvay termasi bo‘lgan.
Yuqorida aytganimizdek, futbol jonli efir mavzusi dolzarbligicha qolaveradi.
