Aholi soni bo‘yicha dunyodagi eng yirik shaharlar

dunyodagi eng yirik shaharlar

Har yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro ma’muriy idoralar aholining soni, shahar va qishloq infratuzilmalaridagi holatlar bo‘yicha vaziyatni nazoratga olib turadi. Turli qit’alardagi hayot tarzi ham e’tibordan chetda qolmaydi. Odatda bunaqa statistik ko‘rsatkichlar har yili dekabr oyida yoki yanvar oylarining boshlarida chop etiladi. 2023 yilning yanvar holatiga ko‘ra, Yer yuzida 8 milliard inson yashayotgan ekan. Bugun e’tiboringizga aholining soni bo‘yicha dunyodagi eng yirik shaharlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Dunyodagi eng yirik shaharlar qaysilar?

1-o‘rinda. Tokio, Yaponiya

Bu shaharda 37 435 000 kishi yashaydi. Shunga qaramasdan odamlar soni ortib borishi oxirgi paytlarda kamayib bormoqda. Buni aholisining qarishi va tug‘ilish kamayib ketishi bilan bog‘lashmoqda. Bundan tashqari, hukumat ko‘plab korxonalarni Tokiodan chiqib ketishi uchun maxsus soliq imtiyojlarini ham taklif qilgan.

2-o‘rinda. Jakarta, Indoneziya

Dunyodagi eng yirik islom davlatining poytaxtida 33 756 000 kishi yashaydi. 85,5 % aholi musulmonlardan iborat. 5,2 % — protestantlar, 4,8 % — katoliklar, 3,5 % — buddistlar va 1 % — induistlarni tashkil qiladi.

3-o‘rinda. Dehli, Hindiston

Hindiston poytaxtida hozir 32 226 000 ta odam istiqomad qiladi. 2028 yilga borib, bu shaharda 56,4 million odam yashashi taxmin qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich jahonda 1-o‘rinni belgilab beradi.

4-o‘rinda. Guanchjou, Xitoy

Mazkur chin yurti shahrida 26 940 000 odam yashaydi. Bu shahar Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, fan-texnika, ta’lim, madaniyat va transport markazi hisoblanadi.

5-o‘rinda. Mumbay, Hindiston

Hindlarning yana bir yirik shahri Mumbayda 24 973 000 ta inson istiqomad qiladi. U duyodagi eng yirik xalqaro qatnovlar bo‘lagi hisoblanib, Hindiston g‘arbidagi eng katta port hamdir.

Top-10 ro‘yxatda yana qaysi shaharlar bor?

Aholisi ko‘pligi bo‘yicha yirik shaharlar haqida ma’lumotlarimizni davom ettiramiz. Demak,

6-o‘rinda. Manila, Filippin

Ushbu shaharda 24 922 000 ta inson yashaydi. Dunyodagi eng zich joylashgan o‘lka hisoblanadi. O‘zining tarixiga ko‘ra, bu diyor ko‘plab urushlarni ko‘rgan. Natijada arxitekturasi, trixiy va madaniy yodgorliklarni buzilib ketgan.

7-o‘rinda. Shanxay, Xitoy

Chin yurtining yana bir shahri Shanxayda 24 073 000 ta odam istiqomad qiladi. Xitoyning juda muhim madaniyat markazi va eng yirik dengiz porti hisoblanadi.

8-o‘rinda. San-Paulu, Braziliya

Braziliya davlatining mazkur shahrida 23 086 000 odam yashaydi. Atlantika okeani qirg‘oqlaridan 70 km masofada jyolashgan. San-Pauluda qadimgi muzey va cherkovlar saqlanib qolgan.

9-o‘rinda. Seul, Koreya Respublikasi

Bu shaharda 23 016 000 inson istiqomad qiladi.

10-o‘rinda. Mexiko, Meksika

Ushbu shaharning aholisi 21 804 000 ni tashkil qiladi.

Top-20 ro‘yxatda qaysi shaharlar bor?

11-o‘rin. Nyu-york, AQSh — 21 509 000 ta odam
12-o‘rin. Kohira, Misr — 20 296 000
13-o‘rin. Dakka, Bangladesh — 18 627 000
14-o‘rin. Pekin, Kitay — 18 522 000
15-o‘rin. Kalkutta, Hindiston — 18 502 000
16-o‘rin. Bangkok, Tayland — 18 007 000
17-o‘rin. Shenjen, Xitoy — 17 619 000
18-o‘rin. Moskva, Rossiya — 17 332 000
19-o‘rin. Buenos-ayres, Argentina — 16 710 000
20-o‘rin. Lagos, Nigeriya — 16 637 000

Turkiyaning Istanbul shahri esa 21-o‘rinda, o‘zining 16 079 000 aholisi bilan.

Ko‘rib turganingizdek, dunyodagi eng yirik shaharlar shular sanaladi. Keyingi o‘rinlarda Karachi, Bangalor, Los-Anjeles, Xoshimin kabi shaharlar joylashgan.

2 309 марта ўқилди