«Chelsi» — «Real» Madrid uchrashuvi sharhi

chelsi real madrid uchrashuvi

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/4 final javob bahslaridan o‘rin olgan «Chelsi» — «Real» Madrid uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 0:2 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga ushbu qiziqarli uchrashuv sharhi va statistik ko‘rsatkichlarini havola etamiz.

«Chelsi» — «Real» Madrid uchrashuvi haqida

Bir yil avval ham bu jamoalar uchrashishgan. Londonliklar javob bahsida 2:0 hisobida oldinga ham chiqib olishganda. Ammo Rodrigo kutilmaganda bellashuvni overtaymgacha olib borgan. Qo‘shimcha bo‘limlarda Benzemaning goli Madridga g‘alaba keltirgandi. Buni «Chelsi» yaxshi bilardi va dastlabki daqiqalardanoq oldinga tashlandi. Chunki, birinchi uchrashuvda «Qirollik klub» ikki to‘p bilan g‘alaba qozongan.

10-daqiqada Kanteda gollik vaziyat bo‘ldi, ammo zarbani noaniq ijro etdi. Jeyms ham 14-daqiqada yaxshi vaziyatni ko‘kka sovurdi. Maydon egalari bosimni kuchaytirishdi. Kurtua bir necha holatlarda jamoasini muqarrar goldan qaytarib turdi. «Real» ham o‘z navbatida hujumlar bilan javob qaytarib turdi. Rodrigoning jarima maydonchasi ichida yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 32-daqiqada Modrich ham yaxshi zarba yo‘llagandi, biroz aniqlik yetishmadi. Tomonlar tanaffusga 0:0 hisobida chiqib ketishdi.

Hammasi ikkinchi bo‘lida boshlandi. Kante — Xaverts — Gallaxerlar triosidan xavfli hujum amalga oshirildi. Ngoloning yakuniy zarbasini Militao yo‘qqa chiqardi. 58-daqiqaga kelib hisob ochildi. Rodrigo to‘pni Vinisius bilan o‘ynadi, u esa o‘z navbatida raqib futbolchilarini o‘ziga jalb qildi. Yana qaytarib to‘pni vatandoshiga tashab berdi. Rodrigo 2 metrlardan chap oyog‘i bilan darvozani ishg‘ol qildi va «Real»ni oldinga olib chiqdi.

«Chelsi» bosimni davom ettirdi. Bosh murabbiy Lempard birdaniga Gallaxer, Enso va Kukurelyalar o‘rniga Feliks, Mudrik va Sterlinglarni tushirdi. O‘yin tenglashgandek bo‘ldi. Biroq, 80-daqiqada ikkinchi gol ham urildi. Vinisiusa to‘pni Valverde bilan o‘ynadi. U esa Rodrigo tashadi, braziliyalik futbolchi bo‘sh qolgan darvozaga ikkinchi golni urib, dubl qayd etdi. Amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. To‘rtta gol farqi bilan «Real» yarim finalga yo‘llanma oldi. Valverde bu uchrashuvda eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Statistika va o‘yin ko‘rsatkichlari

Madrid jamoasi YeChL musobaqasining so‘nggi oltita pley-off bahslarida g‘alaba qozonmoqda. Ular oltitasida ham APL jamoalarini dog‘da qoldirishdi. Bu klub uchun rekord ko‘rsatkichdir. Aslida YeChL rekordi «Barselona»ga tegishli. Kataloniyaliklar 2014 — 2016 yillarda pley-offda 7 marta g‘alaba qozonishgan. Karlo Anchelotti Chempionlar ligasining yarim finaliga 9-marta chiqishi. Bu ko‘rsatkich bilan u Gvardiolaga yetib oldi. Vinisius oxirgi beshta o‘yinda 2+5=7 ball to‘pladi.

«Chelsi» oxirgi 30 yil ichida so‘nggi 4 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Hammasi Lempard qo‘lostida. Klub 2005 yildan beri YeChL pley-offlarining ikki o‘yinida gol ura olmadi. Yana bir ko‘rsatkich: London jamoasi so‘nggi yettita o‘yinda g‘alaba qozona olmayapti.

«Chelsi» — «Real» Madrid uchrashuvi shu tariqa yakuniga yetdi.

Uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing

Yevropa Chempionlar ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvlari
Chelsi — Real Madrid 0:2
Gollar: Rodrigo (58), Rodrigo (80).
Chelsi: Arrisabalaga, Jeyms, Tiago Silva, Chaloba, Fofana, Kukurelya (Mudrik, 68), Kovachich, Kante, Gallaxer (Joau Feliks, 67), Fernandes (Sterling, 67), Xaverts (Maunt, 77).
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal (Nacho, 81), Alaba (Ryudiger, 46), Militao, Kamavinga, Modrich, Kroos (Sebalos, 76), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Asensio, 81), Benzema (Tchuameni, 71).
Ogohlantirishlar: Militao (21), Kukurelya (34), Djeyms (50), Mudrik (89).
«Stemford Bridj» stadioni
Birinchi o‘yin: 0:2

224 марта ўқилди