«Bristol» — «Manchester Siti» uchrashuvi sharhi

bristol manchester siti uchrashuvi

Angliya kubogi musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Bristol» — «Manchester Siti» uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 0:3 hisobi qayd etilib, «shaharliklar»ning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin sharhi bilan batafsil tanishtirib o‘tamiz.

«Bristol» — «Manchester Siti» uchrashuvi haqida

Ilk daqiqalardan boshlab mehmonlar hujumga zo‘r berishdi. Sababi, «Bristol» 12 ta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayotgandi. 7-daqiqaga kelib, Marez to‘pni chiroyli tarzda jarima maydonchasiga uzatdi. O`Liridan o‘tgan to‘pni Foden bo‘sh qolgan darvozaga joylab, hisobni ochdi. Kiritilgan goldan so‘ng maydon egalari to‘p bilan ko‘proq muomalada bo‘la boshlashdi. «Siti» charchagandek ko‘rindi. Lekin, tanaffusgacha bu hisob o‘zgarmasdan qoldi.

Ikkinchi bo‘limda manchesterliklar jonlanishdi. 74-daqiqada Lyuis to‘pni qabul qilib, ochilgan Alvaresga perimetr bo‘yilab yetkazib berdi. U o‘z navbatida Fodenga to‘pni qoldirdi. Foden ikkinchi golni kiritdi va dubl qayd etdi. 81-daqiqaga kelib Kevin de Bryuyne uzoqdan paslatib darvozaga zarba yo‘lladi va uchinchi golni ham urdi. Bellashuvga qo‘shilgan 5 daqiqada esa hech narsa o‘zgarmadi. Gvardiola shogirdlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi va keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.

O‘yindan keyingi fikr

«Manchester Siti» ustozi quyidagilarni aytib o‘tdi: «Darhaqiqat uchrashuv qiyin o‘tdi. «Bristol Siti» qanchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatishini namoyish qila oldi. Shunday futbolchilarni ko‘rdimki, menda yaxshi taassurot qoldirishdi. Ularni avval ko‘rmaganman. Ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz jonlandi. Bristolda fanatlar boshqacha ekan. 5 yil avval bu yerga kelgandik, o‘shanda ham ajoyib edi, bugun ham.

Fodenning o‘yiniga kelsak: u o‘syapti. Uning futbolchilik faoliyati faqat ko‘tarilmoqda. Bu mavsumda ayrim muammolar tufayli kayfiyati yo‘q edi. Endi bo‘lsa o‘ziga kelib ulgurdi. Bahsga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

«Bristol» — «Manchester Siti» uchrashuvi tugadi. Demak biz 3 ta musobaqada ham «tirikmiz», kelajakda nima bo‘lishi vaqt ko‘rsatadi», — dedi u.

Qaydnoma bilan tanishing

Angliya kubogi, 1/8 final
Bristol Siti — Manchester Siti 0:3
Gollar: Foden (7), Foden (74), de Bryuyne (81).
Bristol Siti – O`Liri, Kalas, Vayner, Pring (Dasilva, 77), Djeyms (King, 89), Sayks, Uilyams (Teylor-Klark, 89), Skott, Tenner (Vaymann, 46), Uells (Francois, 82), Bell.
Manchester Siti – Ortega (Ederson, 46), Ake (Serxio Gomes, 83), Ruben Diash, Akandji, Lyuis, de Bryuyne, Bernardu Silva (Perrone, 88), Fillips, Foden (Palmer, 83), Marez (Grilish, 71), Alvares.
Ogohlantirishlar: Foden (66), Bernardu Silva (87), Uilyams (87).
«Eshton Geyt» stadioni

479 марта ўқилди