Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 final javob bahslaridan o‘rin olgan «Bavariya» — «PSJ» uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, myunxenliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga ushbu o‘yin sharhi va statistikasini havola etamiz.
«Bavariya» — PSJ uchrashuvi haqida batafsil
«Alyans-Arena» stadionida tengkurashlar ostida o‘yin boshlandi. Parijdagi kichik mag‘lubiyat mehmonlarni oldinga chorlashi turgan gap edi. Avvaliga shundoq ham bo‘ldi. PSJ futbolchilari hujumlarni amalga oshirib turishdi. Ular pressingga zo‘r berishdi ham. Ammo, «Bavariya» raqib jarima maydonchasidan yorib o‘tishning uddasidan chiqa oldi. Ramos o‘z nuqtasida Musialani o‘tkazmasdan qattiq qo‘riqladi. Messi to‘p bilan ko‘p muomalada bo‘lsada, mezbonlar unga qarshi qo‘pollikda davom etishdi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Leo jamodoshi Mbappeni oldinga chiqishi uchun uzatmalarni amalga oshirib turdi. Birinchi bo‘limda darvozabonlar o‘z dahlsizliklarini ta’minlab berishdi.
Ikkinchi bo‘limda tomonlar jonlanishdi. 52-daqiqada Shupo-Moting boshi bilan bergan zarbasini Myuller darvozaga joylab qo‘ydi. Ammo, Laynsmen va VAR tizimi ofsaydni qayd etdi. Gol inobatga olinmadi. O‘yin qizishda davom etdi. 61-daqiqaga kelib, Goretska va Myuller to‘pni Verrattidan olib qo‘yishdi va Shupo-Motingni birga-bir chiqarib berishdi. Erik sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi. Bu gol kutilgandi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Messining uzatmasini Ramos boshi bilan darvozaga aniq yo‘llagandi, ammo Zommer muqarrar golni qaytarishga erishdi. Tinib-tinchimas ispaniyalik Serxio burchak zarbalarida hammadan baland sakrab «Bavariya» himoyasida havf tug‘diraverdi.
89-daqiqada Gnabri ikkinchi golni urdi va amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Komanning o‘rniga maydonga tushgan Gnabri qarshi hujumdan unumli foydalanib, juda muhim golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bahsdagi 1:0 hisobi «Bavariya»ni chorak finalga olib chiqdi.
O‘yin keyingi ko‘rsatkichlar va fikrlar
Ikki bo‘lim yakuniga yetgach, eng yaxshi futbolchi deb Myuller topildi. U hamma joyda hozir-u nozir bo‘lishga ulgurdi. Haqiqiy yetakchilikni ko‘rsata oldi. Lionel Messi ketma-ket 8-marta YeChL bahslarida finalgacha bora olmayapti. PSJ jamoasi o‘z tarixida oxirgi YeChL o‘yinlarning ketma-ket sakkiztasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormoqda. Qatarlik xo‘jayinlar qo‘lostida parijliklar birinchi marta gol urimasdan pley-off bahslaridan chiqib ketishdi.
«Bu musobaqani yutib olishimiz uchun bizda hamma imkoniyat bor. Bizdan kuchli bironta ham klubni ko‘rmayapman», — deb aytib o‘tdi «Bavariya prezidenti o‘yin tagagach.
«Biz maksimum o‘yin ko‘rsatdik. Natijadan hafaman. «Bavariya» g‘alabaga sozlangan jamoa», — dedi Kilian Mbappe.
Uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing
Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final
Javob uchrashuvlari
Bavariya — PSJ 2:0
Gollar: Shupo-Moting (61), Gnabri (89).
Bavariya: Zommer, Stanishich, Upamekano, de Ligt, Goretska, Kimmix, Devis, Shupo-Moting (Sane, 68), Myuller (Joau Kanselu, 86), Koman (Gnabri, 86), Musiala (Mane, 82).
PSJ: Donnarumma, Xakimi, Ramos, Danilu Pereyra, Markinos (Mukiyele, 36; Bitshiabu, 46), Mendesh (Bernat, 82), Verratti, Fabian Ruis (Zair-Emeri, 76), Vitinya (Ekitik, 81), Messi, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Xakimi (90).
«Alyans-Arena» stadioni
Birinchi o‘yin: 1:0
