inCruises haqida batafsil

inCruises haqida batafsil

Bugunga kelib inCruises — sayyohlik jamoasi haqida ko‘plab ma’lumotlar berilmoqda. Kimdir u haqida izlanib ko‘rdi, kimdir esa bu nima ekan, degancha chuqurlashmadi. Shu sahifalarni o‘qiyapsizmi, demak sizga ham qiziq bo‘lishi mumkin. Bir marta yaxshilab o‘rganib oling, keyin uyog‘ini o‘ziz bilasiz. Istasangiz butunlay unuting, istasangiz u haqida ko‘proq ma’lumot oling va hokazo. Biz esa inCruises haqida batafsil ma’lumot berishni niyat qildik.

inCruises haqida batafsil ma’lumot

U shunday narsaki, u haqida faqat gapiriladi. Ijobiy narsalar gapiriladi. Farq shundan iboratki, uni hammayam eshita olmaydi. Eshitsa va his qilsa — u bilan birga ketadi. Demak, inCruises da sayohatga bo‘lgan muhabbat haqida gapiriladi va yoziladi. Qiziqqanlarni dengiz-okean bo‘ylab sayohat qilishga jalb qiladi. Bu klubga — ya’ni jamoaga kirish a’zolik mezoni orqali bo‘ladi. Ya’ni, sizni kimdir taklif etishi shart. Boshqacha yo‘li yo‘q.

Jamoada siz ta’tilingizni rejalashtirasiz, oilaviy yoki do‘stlar bilan dengizga sayohatiga chiqasiz — arzon narxlarda. Agar ozgina qunt qilib oxirigacha o‘qib chiqa olsangiz ustunlik taraflarini albatta ko‘rasiz. Eng kamida 50% gacha arzon narxlarda sayohat qilish mumkinligini tushunasiz. Shundaylar borki, bepul sayohatga chiqishadi, shundaylar borki tekinga chiqib, pul ham ishlashadi, ishonavering.

Bu jamoada turizm sohasidagi eng yuksak echimlar qo‘llaniladi. Mavjud narxlar 50% gacha chegirma bilan beriladi. Istasangiz Yevropa shaharlari bo‘ylab kezing, Londondan tortib Skandinaviya davlatlarigacha, istasangiz Osiyo davlatlariga boring. Yoki AQSh bo‘ylab pastga, Karib havzasiga tushing. Lotin Amerikasi ixtiyoringizda. Yangi Zelandiyadan Avstraliya bo‘ylab deysizmi, Yaponiya — Koreyami xullas qaerda suv bo‘lsa borish mumkin. Bugunga kelib mazkur yo‘nalishlar soni 5500 dan ortib ketdi.

Ko‘pchilik uchun bu narsalar faqat orzudek ko‘rinadi, aslida unaqa emas. inCruises jamoasi orqali maqsadingizga bemalol erisha olasiz. Pul ishlash va uni ortirib sayohatga chiqish hammaning ham qo‘lidan keladigan narsa emas. Lekin, o‘ziga xos a’zolik dasturi orqali bemalol ma’lum bir vaqt mobaynida yig‘ib, keyin borib kelish mumkin. Vaqt esa tez o‘tadi.

Bu jamoada sayohatga chiqsangiz jamadonni («chemadan») bir marta kayutaga joylashtirib qo‘yasiz bo‘ldi. Qaysi shahar yoki davlatga bormang, ortingizda 5 yulduzli suzuvchi-mehmonxona kuzatib boradi. Bir sutkada 24 soat istalgan hajmdagi egulik hamrohingiz bo‘ladi. Samolyotga shoshish, boshqa davlatga uchish, grafikka ulgurish degan tushunchalar yo‘q. Sharoitlari bo‘lsa, istalgan lyuks mehmonxonadan yaxshiroq. Oshpazlari dunyoning eng ustalari. Teatr-shoular bo‘lsa jahon darajasidagilar. Skalalazlik deysizmi, serfing, trenajer zal, basketbol maydonchasi va hokazo okean o‘rtasida sizning ixtiyoringizda.

inCruises vs yerdagi sayohat

Endi shularni erdagi klassik sayohat bilan solishtiramiz. Avvalam bor mehmonxona topishingiz kerak, aeroportlarda shoshilish, bagajni kutish, avto ijarasini o‘ylash va hokazo ko‘plab asabni o‘ynaydigan holatlarga duch kelishingiz turgan gap. Suvda esa bunaqa bosh og‘rig‘i yo‘q. Pul ham ishlab olish mumkin, xohish bo‘lsa.

Demak, inCruises jamoasi bilan sizda ikki xil tanlov bor: birinchisi shunchaki a’zo bo‘lasiz, ikkinchisida hamkor.

Agar siz bu jamoaga a’zo bo‘lsangiz zamonaviy va butun qulayliklarga to‘la bo‘lgan laynerda okean kezasiz. Bitta sayohatda kamida 3 ta davlatni ko‘rasiz, 50% chegirma bilan. Siz nafaqat arzonga dunyo ko‘rasiz, balki keyingi sayohatlarga pul ham yig‘ib borasiz. Oila byudjetiga zarar etkazmagan holda. Sayohatga chiqaman deb birdaniga pul sarflashingiz shart emas, sekin-asta yig‘ib borib maqsadga erishasiz. 2022 yilning 1 aprelidan boshlab kruizlarga 150.000 dan ziyod otellar va kurortlar ham qo‘shildi.

Ozgina raqamlar

— 5500 ortiq sayohat yo‘nalishlari;
— 150 000 mehmonxona va kurortlar;
— 190 hamkor davlatlar;
— 25-50% chegirmalar miqdori.

Misol keliramiz: agar siz Misr yoki Turkiyaga dam olishga bormoqchi bo‘lsangiz o‘sha ketadigan pulga inCruises bilan kamida 3 davlat ko‘rasiz va eng qizig‘i servis siznikidan ancha yaxshiroq bo‘ladi. Gap dengizda va okeanda suzishga ixtisoslashgan kruizlar haqida ketyapti. Faraz qiling gigant layner turibdi, uning narxi 1 mlrd dollardan qimmatroq, er yuzidagi bironta mehmonxona bunaqa pul turmaydi. Kruiz layneridagi dam olish — «full include» tizimida ishlaydi va tunu-kun sizga xizmat qilishadi. Sizni kemada dabdada, chiroy va qulayliklar kutadi.

inCruises jamoasiga qanday a’zo bo‘linadi?

Endi qanday qilib a’zo bo‘lish mumkinliini tushuntiramiz. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tish kifoya va u bepul. Ro‘yxatdan o‘tganingizdan keyin, siz shaxsiy kabinetingiz bilan tanishasiz. U erda kruiz va otellarning bron qilish narxlarini bilib olasiz.

Agar a’zo bo‘lishni istasangiz $200 kirim qilish kerak bo‘ladi. Bundan 100 dollari kabinet ochishingiz uchun (bu orqali hamma interaktiv ishlarni amalga oshirasiz), yana 100 dollari esa har oy sayohatingizga ko‘payib borishi uchun. Ikkinchi 100 dollar hisob raqamingizga 200 dollar bo‘lib tushadi. Buning nomini «kruiz dollari» deyiladi. Ya’ni, siz 200 dollar kirim qildingiz. 100 dollar kabinet uchun ketdi va uni esdan chiqarmiz. Ikkinchi 100 dollar 200 ga aylandi va jami 300 dollar bo‘ldi. Shu pulga etadigan tur bo‘lsa bemalol bron qilishingiz mumkin.

Keyin nima qilamiz? Har oyda yoki eng kamida 3 oyda 1 marta 100 dollardan kiritib turasiz. Bu kiritayotgan pullaringiz ikki baravar ko‘payib kruiz olish uchun yig‘ilib boriladi. Yakunda esa biror tur olsangiz go‘yoki 2 baravar arzonga olgan bo‘lasiz. Bu erda arzon bo‘lishining yana bir sababi — orada o‘rtakashlar (posrednik) yoki bron qiluvchi mexanizm korxonalarning ulushi yo‘q. Hamma gap ham shunda. A’zolar uchun oson va arzon qilingan.

Kemalar qanday jihozlangan va ularning ustun jihatlari

Layner ichidagi kayutalar turlicha bo‘ladi. Ichki kayutalar, okeanga ko‘rinib turadigan kayutalar, balkonli kayutalar va VIP xonalar. Kayutada hamma narsa bor: dush, hojatxona, divan, TV va hokazo.

Taomlanish. Bu haqida tinmasdan gapirish mumkin. 20 soat restoranlar sizning xizmatingizda. Boz ustiga ular furshet — shvedcha stol. Har oqshom istalgan turdagi restoranlarga tashrif buyurishingiz mumkin — ular bepul. Faqatgina kiyimlar talab darajasida bo‘lsa bo‘ldi. Ayollar tungi ko‘ylakda, erkaklar shimda.

Laynetlarda 10 tacha basseynlar bo‘ladi. Dengiz suvidagi baseynlar ham bor, ular usti yopilgan va isitish tizimlariga ulangan. Qishda ham cho‘milsa bo‘ladi. Jakuzi, akvaparklar, trenajer xonalari, mini-futbol zallari va hokazolar sizni kutmoqda. Bolalar uchun qulayliklarni gapirmasa ham bo‘ladi: lego xonalar, o‘yin zallari, PlayStation, akvapark, Faraz qiling 18 ta palubali layner va har oqshom har turdagi shou dasturlar bo‘lib o‘tadi. Dunyoga mashhur «Dyu soley» tsirki, «Brodvey shou», «Mama miya», «Chigako», «Pushti pantera» va hokazo shou guruhlar bilan shartnomalar imzolangan. Ularni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

Har kuni layner kapitanining gazetasi kayutalarga olib kelinadi. Unda kunlik bo‘ladigan tadbirlar haqida ma’lumotlar beriladi.

Laynerda sayohat qilishning aossiy ustunligi shundaki, qisqa vaqt ichida bir necha davlatlarni ko‘rish mumkin. Hattoki samoyoltda borish qiyin bo‘lgan ekzotik davlatlarni ham. Bir marta narsalarni kayutala joylab qo‘yasiz. Jamadonni yig‘ishtirish. samolyotda uchish, reyslarga ulgurish, mehmonxonani bron qilish, chech out va check in qilish degan tushunchalar qolmaydi. Siz dunyo kezasiz mehmonxona-kema ortingizdan yuradi.

Misol uchun — inCruises haqida batafsil

Tasavvur qiling, bugun Barselona ko‘chalarida yuribsiz, kechqurun laynerga qaytdiz, sizni restoran va shoular kutadi. Ertalab esa, Frantsiyaning Marsel shahrida uyg‘onasiz, keyingi tongni Italiyaning Rim shahrida orttirasiz. Bunaqasi oddiy erdagi klassik sayohatlarda juda qiyin masala. Bo‘lsa ham qimmat.

Kruiz bu hamisha bayram degani va u barcha yoshdagi fuqarolarga mo‘ljallangan.

Keling, misol keltiramiz: Yevropa bo‘yicha qisqa safar. Chiqish porti tanlanadi. Aytaylik, Frantsiyaning Marsel shahri.

Suzish quyidagicha bo‘ladi:

Marsel (Frantsiya) — Savona (Italiya) — Neapol (Italiya) — Palermo (Italiya) — 1 kun dengizda — Valensiya (Ispaniya) — Barselona (Ispaniya) — Marsel (Frantsiya). Bu turning narxi 490 dollar 1 kishi uchun. Port yig‘ini va soliqlarsiz. Endi bron qilamiz. Odatda 2 kishilik kayuta bron qilinadi. Ichida 5 tagacha odam ketadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bepul. Demak, narxlar ikki kishilik kayutaniki — eng arzoni 1100 dollar chiqdi. Okeanga qaragan oynasi borlari sal qimmat, balkoni borlari yana qimmatroq va hokazo.

Xullas, inCruises haqida batafsil gaplar shunaqa.

Agar sizga qiziq bo‘lsa, bizga murojaat qiling — barchasi haqida bepul maslahat («konsultatsiya») beramiz.

Murojaat uchun:
Telefon/Telegram: +99897-7508030

2 710 марта ўқилди