Momentum indikatori haqida

momentum indikatori haqida

Treyding sohasida, aktsiyalarning xatti-harakatini kuzatish chog‘ida bir qator texnik tahlil indikatorlaridan foydalaniladi. Ular katta hajmdagi ma’lumotlarni ixchamlab berishga ixtisoslashgan bo‘ladi. Bugungi mavzuimiz ham ushbu indikatorlar (ko‘rsatkich) haqida bo‘ladi. Aniqrog‘i, Momentum indikatori haqida so‘z yuritamiz.

Momentum indikatori haqida nimalarni bilamiz?

Momentum — texnik tahlilning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, u orqali aktivni narxi ma’lum vaqt ichida qanchalik tez o‘zgarayotganini bilish mumkin bo‘ladi. U ostsillyatorlar toifasiga mansub bo‘lib, to‘lqinsimon harakat qiladi. Unga shunday mexanizm dasturlanganki, u doim oldinda bo‘ladi. Mazkur ko‘rsatkichning ogohlantirishiga qarab, vaziyat qanchagacha davom etishini aniqlash mumkin. Shunga qarab savdo boshlanadi. U o‘rtacha ma’lumotlarga tayanmaydi, shuning uchun ham boshqa indikatorlar singari orqada qolib ketmaydi.

Ushbu indikatorning hisob-kitobida, ya’ni kalьkulyatsiyasida hozirgi vaqtning yopilgan narxi va oldingi tanlangan vaqt oralig‘idagi narx yotadi. U foizlarda o‘lchanadi, shuning uchun boshlang‘ich ikkita ko‘rsatkich 100 ga ko‘paytiriladi. U orqali bozordagi trend tezlashayotgani, sekinlashayotgani yoki bir maromda ketayotganini bilish mumkin bo‘ladi.

Uning ustunlik jihati — soddaligida. U «sakraydigan» — o‘zgaradigan oraliq 0 dan 100 gachani tashkil qiladi. Agar Momentum chizig‘i doim o‘sayotgan va 100 belgidan oshib ketsa, trend ko‘tarilayotgan bo‘ladi. Bunaqa paytda sotib olish to‘g‘ri hisoblanadi. Agar grafik pasayotgan va 100 belgidan pasga tushsa trend pasayotgan bo‘ladi. Bu paytda sotib yuborish to‘g‘ri hisoblanadi.

Narxni ko‘rsatayotgan shamlar o‘zidan oldingisidan yuqorida yopilsa, indikator ijobiy deyiladi. Demak, toki Momentum o‘sishni ko‘rsataversa, bu buqalar trendi bo‘lib, aktivni sotib olish keraklini ko‘rsatadi. Agar grafik o‘zidan keyin minimumlarni ko‘rsataversa, bu ayiqlar trendi deyiladi. Bunaqa paytda sotib yuborgan ma’qul bo‘ladi.

Momentum indikatori formulasi

Narxning nihoyat darajada tez va kuchli to‘lqinlarni hosil qilishi bu indikatorga yolg‘on shovqinni keltirib chiqaradi. Momentum formulasi quyidagicha:

M = (Close i / Close (i-n))*100

Bu erda «Close i» — oxirgi yopilgan narx, ya’ni yopilgan Yaponiya shami. «Close (i — n)» bo‘lsa n sham oldingi yopilgan narx. Odatda n = 14 deb, davr tanlanadi. Ushbu indikator chiziqli bo‘ladi va kotirovkaning pasida turadi. Narx bilan birga yuradi va maksimum va minimumlarni ko‘rsatib boradi.

Oddiyroq tushuntirishga harakat qilamiz. Agar aktsiyaning narxi deylik 3 soatda maksimumga ko‘tarilib ketsa va 12 soatdayam o‘sha joyiga qaytib kelmasa, bu o‘sayotgan trend bo‘ladi. Yoki 2 soatda eng minimumga tushib ketsa va 15 soatdayam joyiga qaytmasa, bu tushayotgan trend bo‘ladi. Mana shu 3 soat, 12 soat, 2 soat va 15 soatlar Momentum yoki uning tezligi deyiladi.

Xullas, momentum indikatori haqida imkon qadar javob berdik. Agar sizga Toshkentda treyding kurslari qiziq bo‘lsa marhamat bizning kurslarga tashrif byuring.

310 марта ўқилди