Veb saytni SEO nuqtai-nazaridan to‘g‘ri tuzib olish juda muhim. Natijada ushbu sayt ortidan «traffik» degan ibora turtib yurgazib boradi. Ruschasiga buni «SEO-prodvijeniye» deb atashadi. Bu shunaqa mavzuki, darhaqiqat unga jiddiy e’tibor qaratish va vaqt ajratish zarur. Deylik, siz Toshkentda SEO xizmatlar degancha, qidiruv tizimlariga murojaat qildingiz. Aslida u nima ekanligini chuqurroq o‘rganganmisiz? Bugun mazkur blogpost orqali SEO nima ekanligiga to‘liq javob berishga harakat qilamiz.
SEO nima o‘zi?
Bu so‘z ham inglizchadan olingan. Yoyib o‘qisak — Search Engine Optimization deganidir. Endi o‘zbekchasiga tarjima qilamiz. Ma’nosi — veb saytni qidiruv tizimlari uchun optimallashtirish. Google yoki Yandeks kabi platformalar bu saytni tanib olsin, degani. Bo‘ldi! Endi ular saytni qanday tanishi mumkin? Faqatgina takrorlanmas matn, original rasm, kalit so‘zlar va to‘g‘ri sozlash orqali tanib oladi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, shunday ishlarni amalga oshirish kerakki, natijada saytning qadri qidiruv tizimlarida oshsin. Kimdir nimadir izlasa — «mana shu saytda bor edi-ya, sen izlagan narsa», deb top-10 ro‘yxatga chiqarib bersin. Yanayam oddiy gapiradigan bo‘lsak — sizning veb saytingiz birinchi sahifada ko‘rinsin. Tabiiyki, o‘z-o‘zidan birinchi sahifaga chiqib qolmaydi. Kalit so‘z qidirilsa — o‘sha sayt chiqishi kerak.
Masalan, sizdan gilos ko‘chati bor. Uni Internet orqali sotmoqchisiz. Mijozlarga qanday bildirasiz, agar veb saytingizni Google bilan Yandeks ko‘rmasa?! Maqsad ham shu, qidiruv tizimlari veb saytni bilsin va chiqarsin. Shunda odamlar saytingizga kirishadi va nima sotishingizni bilishadi. Bu ish esa, osonlikcha bo‘lmaydi. Buni SEO mutaxassis qilib beradi. Bir qancha o‘ziga xos ishlarni amalga oshirgan holda.
Toshkentda SEO xizmatlar haqida
Bir narsani esdan chiqarmaslik kerak. Bugunga kelib qandaydir ajoyib qo‘llanmani ketma-ket ishlatgan holda veb saytni SEO optimallashtirib bo‘lmaydi. Bunaqa uslubni o‘zi yo‘q. Chunki, qilinadigan ishlar qiyin va ko‘lami keng. Kompleks vazifalarni bajarish shart bo‘ladi. Veb sayt bir qator talablarga javob berishi lozim. Masalan:
1. Kontent sifati. Barcha materiallar — matn, rasm, video va boshqalar foydalanuvchining «zapros»iga (xohish) mos qilib tayyorlangan bo‘lishi kerak.
2. Saytning ichki tuzilmasi («struktura»si) o‘ylab qilingan bo‘lishi lozim. Mijoz uchun qulay, izlayotgan narsani topa olsin. Matn, foto, video joylashuvi to‘g‘ri bo‘lsin.
3. Tijoriy omillari bo‘lishi. Agar veb sayt biznes uchun qilingan bo‘lsa unda telefon, manzil, aloqa formasi, narxlar va boshqa ruknlari bo‘lishi zarur.
4. Sayt tez ochilishi kerak. Veb saytini shunday yaratish kerakki, u past Internetda ham ochilsin. Optimal sozlangan bo‘lsin.
5. Foydalanuvchi saytingizda nimalar qildi. Kirgan odam qancha vaqt sizning saytingizda bo‘ldi. U qaysi sahifani ko‘proq kuzatdi. Qaysi joydan chiqib ketdi va hokazo.
Yana bir omil borki, qidiruv uslublari o‘zgarib turadi va yaxshilanib boradi. Shuning uchun kecha ishlab turgan mexanizm bugun ishlamasligi mumkin va teskarisi. Toshkentda SEO xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar juda ko‘p. Ammo, sifat har xil. Maqolamiz so‘nggida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan professional studiya haqida ma’lumot berib ketamiz.
Veb saytni ichki va tashqi optimallashtirish
Yuqorida aytganimizdek, SEO yuritish tizimli va kompleks ishlar majmuasidir. Uni ikki turga ajratamiz: ichki va tashqi optimallashtirish.
Ichki optimizatsiya nimadan iborat? Ular:
— saytning semantikaga mos o‘zagini yaratish;
— robots.txt va sitemap.xml fayllarni ishlab chiqish;
— texnik xatolarni tuzatish;
— sahifalarni to‘g‘ri qilish — title va meta teglarni sozlash;
— navigatsiyani risoladagidek qilish;
— rasm va videoni joylashtirishda xato bo‘lmaslik;
— va hokazo.
Tashqi optimizatsiya nimadan iborat? Ular:
— maqolalar yozib boshqa saytlardan havola (ss?lka) orqali o‘tkazish;
— boshqa saytlar bilan havolalar almashish;
— obro‘li manbalarda aktiv ravishda postlar berib turish.
— jurnalist va bloggerlar bilan ishlab turish
— va hokazo.
Xulosa qilish va yechimlar
Shunday qilib, biz imkon qadar SEO nima ekanligi va uning optimallashtirish yo‘llari haqida ma’lumot berdik. Tabiiy savol tug‘iladi. «Yosh» saytlar ishni nimadar boshlasin? Quyida bu savolga javob berib ketamiz. Demak:
— qaysi sohada bo‘lsangiz o‘sha sohaning raqobatchilarini o‘rganing.
— sizning saytingiz o‘sha mavzuni to‘liq qamrab olishi kerak;
— robots.txt fayli va sitemap.xml ni to‘g‘ri sozlang;
— foto va videoning sifatiga qarang;
— foydalanuvchilarning xatti-harakatini kuzating — murakkablikni yo‘qoting;
— va hokazo.
Agar siz veb saytingizni SEO jihatdan optimallashtirishni istasangizgiz marhamat SMMxizmat.uz saytiga kiring. Yoki +99897-7508030 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Shu raqamda Telegram ham bor.
Murojaat uchun:
Telefon/Telegram: +99897-7508030, +99897-1310902
Veb sayt: smmxizmat.uz
