O‘zbek xalqi azaldan oldi-sotdi ishlari va savdogarchilikni qoyilmaqom qilib uddalab kelgan. Halol tijorat, mijozning haqqi, barakali savdo doim bizda ustivor bo‘lib qolavergan. Bozorlarmizda hayot qaynagan. Hozir ham deyarli shunday va u zamonaviy ko‘rinishga kelib ulgurdi. Bugunga kelib Toshkentda do‘konlar sotib olish va unda o‘zining tijoratiga asos solish — kelajakni o‘ylab qilingan investitsiyalar hisoblanadi. Bunda hech narsa yutqazilmaydi. Chunki, mol-mulk vaqt o‘tgan sari faqat qimmatlashadi va tallabgor bo‘lib boradi.
Bugun e’tiboringizga do‘konlar sotuviga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi juda katta hududga ega bo‘lgan Ark Buloq savdo markazi haqida so‘z yuritamiz.
Toshkentda do‘konlar sotib olish yo‘llari
Biz sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan zamonaviy bozorimiz bu Ark Buloq — xalqaro savdo markazi deb nomlanadi. U barcha haritalarda (Google Maps va Yandeks.Karta kabi) «40 E, Tashkent» manzili ostida qad rostlagan. U haqiqiy ma’noda O‘zbekiston va horijlik hamkorlar bilan tijorat yuritish imkoniyatini o‘zida aks ettirgan xalqaro savdo markazidir. Savdo-sotih uchun qulay zamonaviy platformalar, mahsulotni saqlash omborlari, tashish-tushirish imkoniyati mavjud va bojxona rasmiylashtiruvlariga ega noyob makon hamdir.
Keling raqamlarga to‘xtalaylik. Maydonning o‘zi 32 gektarni tashkil qiladi. Ichidagi do‘konlar soni 3000 dan ortiq. Avtomobillar turishi uchun — turargoh («stoyanka») 2,5 gektar maydonga ega. O‘zining maxsus logistika markazi bor. Qurilishi esa 3-bosqichdan iborat. Bank va bojxona xizmatlari ham shu erda mujassam bo‘lgan. Mana shunday joylardan do‘konlar sotib olish bugun to‘g‘ri investitsiya qilishga zamin yaratadi.
Bir tasavvur qiling: har bir xaridor bu erdan do‘kon sotib olishi uchun o‘ziga qulay bo‘lgan to‘lov turini tanlab oladi. Sotib olayotgan ijozlarning takliflari va talablaridan kelib chiqqan holda bir martalik to‘lov shuningdek, qo‘shimcha foizsiz muddatli to‘lov turlari ham ishlaydi. Yana shuni aytishimiz mumkinki, to‘liq 100% miqdorini to‘lagan mijozlar uchun 20% gacha jozibali chegirmalar tizimi taqdim etiladi.
To‘lov imkoniyati haqida batafsil
20% gacha chegirmaga ega bo‘lish. Bu holatda do‘konlar soni cheklangan bo‘ladi. Birinchi to‘lov — 50% ni tashkil qildi. To‘lov muddati — 12 oy, chegirmasi 20%.
Endi barcha do‘konlar uchun 12 oylik muddatli to‘lov haqida ma’lumot beramiz. Birinchi to‘lov — 50% ni tashkil qilsa, to‘lov muddati — 12 oy qilib beriladi. Chegirmasi — 10%. Agar birinchi to‘lov 20% ni tashkil qilsa, to‘lov muddati 12 oyga cho‘zib beriladi. Chegirmasi 5% qilib belgilanadi. Boshlang‘ich to‘lovsiz ham muddatli to‘lovga erishish mumkin. Bu holatda do‘konlar soni cheklangan bo‘ladi. Birinchi to‘lov 0%, Muddati 18 oy cho‘zib beriladi.
Xullas, agar kelajakka yaxshi sarmoya kiritaman desangiz, Ark Buloq xalqaro savdo markazidan do‘konlar sotib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang. Zero, bugun qilingan to‘g‘ri qaror, ertaga o‘zini albatta oqlaydi.
Murojaat uchun:
Telefon: +99895-6068888
E-mail: info.arkbuloq@mail.com
Veb sayt: arkbuloq.uz
