PSJ — «Bavariya» uchrashuvi sharhi

psj bavariya uchrashuvi

Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan PSJ — «Bavariya» uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 0:1 hisobi qayd etilib, myunxenliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga o‘yin haqida kengroq ma’lumot berib o‘tamiz.

PSJ — «Bavariya» uchrashuvi haqida

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Garchi, ikki klub ham shiddatli hujumlarni amalga oshirgan bo‘lsada. Tomonlar tanaffusga 0:0 ko‘rinishida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. 53-daqiqaga kelib esa gol ham kiritildi. Muallif — Koman. Maydon egalari hisobni tenglashtirish uchun qancha harakat qilishmasin, buning uddasidan chiqa olmadilar. Lionel Messi darvoza tomon 2 marta zarba yo‘lladi. Raqib futbolchilari bu ikkisini ham qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi. PSD 90-daqiqada bitta kam bo‘lib qoldi. povar maydondan chetlatildi.

Neymar ham kutilgan o‘yinni qilmadi. Uning xatti-harakatlari juda past baholandi. Aniqrog‘i, Messi ham Neymar ham bu bahsda 10 ballik tizimda 4 bahoga loyiq ko‘rildi. Ulardan pastda hech kim yo‘q. Goal nashri bu juftlikni «ta’siri yo‘q duet» deb tarifladi.

O‘yindan so‘nggi fikrlar

«Bavariya» ustozi Yulian Nagelsmann quyidagilarni aytib o‘tdi: «Biz birinchi 25 daqiqani ajoyib o‘tkazdik. Vaziyatni nazorat qildik. Yanayam darvozani aniqroq nishonga olishimiz kerak edi. Men PSJ jamoasining harakatlarini tushunmadim. Juda passiv harakat qilishdi. Hatto, ularga to‘p kerakmasdek tuyuldi», — dedi u.

O‘yinga tushmagan Kilian Mbappe bo‘lsa: «PSJ hali o‘zini ko‘rsatadi. muhimi hamma sog‘ bo‘lib tursa bo‘ldi. Kambek uchun imkoniyat bor va biz harakat qilamiz», — deb ta’kidladi.

Xullas, PSJ — «Bavariya» uchrashuvi shu ko‘rinishida yakuniga yetdi. Endi barchasiga javob bellashuvi aniqlik kiritib beradi. Myunxenda «Bavariya»ga qarshi turib berish oson ishlardan emas.

Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final

Dastlabki o‘yin
PSJ — Bavariya 0:1
Gol: Koman (53).
PSJ: Donnarumma, Xakimi (Kimpembe, 46), Ramos, Markinos, Mendesh, Zair-Emeri (Fabian Ruis, 57), Soler (Mbappe, 57), Danilu Pereyra (Vitinya, 75), Verratti, Messi, Neymar.
Bavariya: Zommer, Joau Kanselu (Devis, 46), Upamekano, Pavar, de Ligt, Goretska, Kimmix, Shupo-Moting (Myuller, 76), Sane (Stanishich, 90), Musiala (Gravenberx, 87), Koman (Gnabri, 75).
Ogohlantirishlar: Pavar (26), Kimpembe (70), Neymar (86).
Chetlatish: Pavar (90).
«Park de Prens» stadioni.

464 марта ўқилди