O’zbekistonda buxgalteriya xizmatlari — Hisobchi Master

o'zbekistonda buxgalteriya xizmatlari

Bugungi kunimizni tadbirkorliksiz tasavvur qila olmaymiz. Ha, biznes va tadbirkorlik yurtimizning deyarli har bir oilasiga kirib keldi. Chunki, tabiatan savdogarchilikka moyil xalqmiz. Bu yaxshi albatta. Zamonaviy tadbirkorlikning asosini hisob-kitoblar, raqamlar tashkil qiladi. Buni sodda qilib buxgalteriya deb ataymiz. Mana shu ibora barcha ishni qiladi va tartibga keltiradi. O‘zbekistonda buxgalteriya xizmatlari deb, ko‘pchiligimiz Internetda ma’lumot izlaymiz. Bugun Hisobchi Master jamoasi bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zbekistonda buxgalteriya xizmatlari haqida batafsil

Tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelayotgan har bir korxona birinchi bo‘lib, buxgalteriya bo‘limini shakllantirib olishi zarur. Sababi, moliya bilan bog‘liq jarayonlar tartibli bo‘lishi kerak — buning javobi bor. Davlat organlari bilan budjetga ma’lum bir miqdorda soliq to‘lab boriladi. Xodimlarga maosh beriladi, pensiya jamg‘armalari bilan ishlanadi. Nafaqalar to‘lanadi, Hukumat qarorlarini bajarish kerak bo‘ladi. Mana shunday paytda biznes subyektlarining majburiyatlarini saramjonlash va belgilangan miqdorni budjetga kirim qilish muhimdir. Aks holda biznes egasini muammolar kutadi.

Bu ishlarning hammasini buxgalter bajaradi. Sizga tanishtirmoqchi bo‘lgan «Hisobchi Master» jamoasi mana 10 yildan oshdiki, o‘zining mijozlariga professional xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Ularga murojaat qilsangiz, mashaqqatingiz oson hal bo‘ladi. Butun faoliyatingiz bir tizimga teriladi. Istagan paytdan ixtiyoriy yo‘nalish bo‘yicha keraklik hisobotlarni qo‘lga kiritish mumkin. Eng muhimi — hammasi tartibga solingan holda bo‘ladi.

Har bir sohada raqobot kuchaygan bir paytda, faqatgina to‘g‘ri moliya siyosatini yuritayotgan korxonalar uzoqroqqa boradi. Bu yillar davomida sinovdan o‘tgan tajribadir. «Hisobchi Master» jamoasi birlamchi hujjatlarni tiklashdan tortib, buxgalteriya hisobini yuritishgacha bo‘lgan ishlarni amalga oshiradi. Barcha turdagi hisobotlarni to‘g‘ri qilib, qayta tiklab beradi. Bundan tashqari, Excel va Google jadvallarini 1C platformasi bilan integratsiya qiladi. Butun jarayonni avtomatlashtiradi. Davlat Soliq qo‘mitasiga topshiriladigan hisobotlarni tizimli qilib shakllantiradi.

Hisobchi Master — ishingizni professionallarga topshiring

To‘g‘ri, hozirda buxgalteriya sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar juda ko‘p. Lekin, hammasida ham siz kutgan natija bo‘lmasligi mumkin. Kimdadir tajriba kam, kimdir o‘ziga xos muammoli vaziyatga tushmagan va yana kimdir yetarlicha moliyaviy ta’lim ko‘rmagan. Ammo, «Hisobchi Master» MChJ bo‘lsa biznesning barcha sir-sinoatlaridan xabardor. Sizga doim to‘g‘ri yechim taklif qila oladi.

Siz tadbirkorsiz! Ammo, Sizda soliq yoki moliya sohalarida muammolar bor? Ortiqcha to‘lab yuborilgan va to‘lanishi kerak bo‘lgan pullar sizni qiynamoqdami? Hisobotlarni va buxgalteriyani qaytadan tiklash kerakmi? Balki «zaschet»larni qaytarish kerakdir?! Unda siz shu sohaning professional mutaxassislari bo‘lgan «Hisobchi Master» jamoasiga ishoning.

Ular bilan hamkorlik qiling, kam bo‘lmaysiz.  O‘zbekistonda buxgalteriya xizmatlari haqida shular.

Murojaat uchun:

Telefon: +99899-7951963
Telegram: https://t.me/Hisobchi_Master
Instagram: instagram.com/hisobchi_master

724 марта ўқилди