O‘zbekiston davlati mezbonlik qilayotgan AFC U20 Asian Cup musobaqasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi. Choraak final bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 1:1 (penaltilar bo‘yicha 5:4) hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga ushbu o‘yin sharhini havola etamiz.
O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvi haqida
Toshkentdagi «Milliy» stadionida o‘tgan o‘yinning asosiy bo‘limlarida 1:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach, bellashuv taqdiri penaltilar seriyasida aniqlandi.
Demak, birinchi bo‘limda tomonlar darvoza dahlsizligini ta’minlar berishdi. Ikki terma ham hujumlar uyushtirdi, ammo to‘p darvozaga borib tushmadi. Barcha masala ikkinchi bo‘limga qoldi. Tanaffusdan keyin bizning futbolchilarda imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Muxlislar ham o‘z suyuklilarini qo‘lllab-quvvatlab turishdi. Lekin, birinchi bo‘lib hisob ochish Avstraliya futbolchilariga nasib etdi. 77-daqiqada ular to‘pni jarima maydonchasiga uzatishdi. Hech kimga tegmagan to‘p yakunda Popovich oyog‘iga borib tushdi. U esa 1 metrlar chamasi masofadan Boymurodovni dog‘da qoldirib, hisobni ochdi. Bizning himoyachilar qandaydir tushunmovchilik sabab to‘p yo‘liga g‘ov bo‘la olishmadi. Stadion bir lahzaga jim bo‘lib qoldi.
Ammo, oradan 2 daqiqa o‘tib, O‘zbekiston hisobni tenglashtirdi. O‘ng qanotdan hujum boshlagan va yakunda jarima maydonchasiga yorib kirgan futbolchilarimiz imkoniyatni ko‘kka sovurishmadi. Abdurahmatov chap oyog‘i bilan yo‘llagan zarbasi Varshavskining chap qo‘llari otilganda yetmaydigan burchakka borib tushdi. Hisob tenglashdi, 1:1. Stadion larzaga keldi. O‘yin surati o‘sishda davom etdi. Avstraliya oldinga o‘tish uchun harakat qildi. Bizning terma ham hamma masalani asosiy bo‘limlarda hal qilishga intildi. Ammo, 90 daqiqada hisob o‘zgarmasdan qoldi.
Qo‘shimcha bo‘limlar va penaltilar seriyasi
O‘zbekiston yoshlar termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘yin suratini tushirish va himoyani mustahkamlash uchun kerakli almashtirilarni amalga oshirdi. Bu ish berdi. Himoyani mustahkamlab, futbolchilarimiz hujumga zo‘r berib turishdi. Qo‘shilgan ikki 15 daqiqalar ham golsiz tugadi. Barchasi penaltilar seriyasiga borib taqaldi.
Biznikilar xotirjam edilar, o‘sha onlarda. Bu o‘z aksini ko‘rsatdi. Tepilgan 10 ta zarbaning 9 tasisi gol bilan yakunlandi. Avstraliya yetakchisi Adrian Segichich ura olmagan penalti hisobiga, bizning yigitlar g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Chunki ular hamma zarbani bexato ijro eta olishgandi. Bu g‘alaba O‘zbekiston U20 termasini Jahon chempionatiga olib chiqdi. Barchaning ko‘zida quvochli onlarni ilg‘ab olish qiyin emasdi.
AFC U20 Asian Cup, chorak final
O‘zbekiston — Avstraliya 1:1 (penaltilar bo‘yicha 5:4)
Gollar: Popovich (77) — Abdurahmatov (79)
O‘zbekiston: Boymurodov, Husanov, O‘rozov, Xoldorxonov, Asqarov, Rahmanaliyev, Abdurahmatov, Fayzullayev, Ortiqboyev, Mahamadjonov, Esanov
Avstraliya: Varshavski, Rovlins, Traintis, Donnel, Oliveyra, Lopane, Popovich, Segechich, Madanha, Forde, Dryuv.
