Ong va ong osti haqida

ong osti haqida

Ko‘pchilik ong osti haqida eshitgan. Uni ruschasiga «podsoznanie» deyishadi. U haqida bilishsada, ammo nima qilishi va uni qayday ishlatishni bilishmaydi. Hamma gap shundaki, agar ong ostining kuchini va qanday boshqarishni bilib qolsak, juda katta qudratga ega bo‘lgan bo‘lamiz. Aksincha, uni boshqara olmasak hayotimizni biz istamagan tarafga qarab olib ketadi. Bugun e’tiboringizga ong va ong osti haqida ekanligi haqida ma’lumot beramiz. Ularni sodda qilib tushintirishga harakat qilamiz.

Ong va ong osti haqida nimalar bilamiz?

Inson axborotlar olamida yashaydi. Mana shu katta hajmdagi ma’lumotlar har soniyada bizni qurshab oladi va tark etadi. Huddi mashinadan boshingizni chiqarib, shamolga duch kelganingiz singari. Bu jarayon ertadan kechgacha davom etaveradi. Ularning faqatgina bir qismini aqlimiz bilan his qilamiz, anglaymiz. Ya’ni, taxminan 10% ni aniq va tiniq qabul qilamiz hamda tushunamiz. Qolganichi? Aksariyat qismi o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketadi, deb o‘ylaymiz. Aslida unaqa emas. Ular ham inson tomonidan qabul qilinadi, ammo biz anglab etmagan darajaga — manzilga borib joylashadi. Ana o‘sha narsaning nomini ong osti deb ataymiz.

Endi ularning farqi haqida to‘xtalamiz

Ong nima? Ong — bu fikrlash va qaror qabul qilish uchun aktiv (passiv bo‘lmagan) bo‘lgan jarayon. Biz o‘zimizga nima qilayotganimiz haqida to‘liq hisobot beramiz va buni ongli ravishda qilamiz. Bu paytda bosh miyamiz chanog‘idagi hududlar ishlayotgan bo‘ladi. Ongli aql — ob’ektiv va qiymatga ega bo‘ladi. U sog‘lom fikrlash va mantiqqa tayanadi, kundalik ishlar hamda tashvishlar haqida qaror qabul qiladi. Bu shunday aqlki, u haqiqatning aniq jihatlariga tayanadi. Ongimiz agar biz «bu holat normal, shunday bo‘lishi kerak» deb qabul qilsa, uni elakdan o‘tkazgan va filьtrlagan bo‘ladi. Shundagina o‘zining ma’lumotlar bazasiga qabul qiladi. Natijada biz tushungan va anglagan narsalarimizni osongina so‘zlar bilan ifodalay olamiz. O‘sha ma’lumotni kerak bo‘lsa o‘zgartira olamiz. O‘zimizni aldashimiz yoki boshqacha qilib buzvorishimiz mumkin.

Ong osti nima?

Ong osti — bu aqlimizning shunday joyiki, unda juda katta hajmdagi axborotlar qabul qilinadi va qayta ishlanadi. Shu vaqtning o‘zida ular filьtrlanmaydi va elakdan o‘tkazilmaydi. Bu shunday aqlimizdagi jarayonlarki, unda inson hech narsani nazorat qila olmaydi va anglamaydi ham. Sizning irodangiz bormi va bunga ruxsat berasizmi yoki yo‘q qarab o‘tirmaydi. Aynan ong ostida jamiiki biz ko‘rgan, his qilgan va qabul qilgan ma’lumotlar saqlanadi. Ong osti hududi bosh miya chanog‘ining pastrog‘ida joylashgan bo‘ladi. U bizning ayni paytda ishlab turgan tana a’zoimizdir. Harflardan matn tuzishni, ularni o‘qishni va ma’nosini anglashga yordam beradi.

Qanday ishlaydi va nimaga o‘xshaydi?

Mazkur ong ostimiz doimiy ravishda va tanaffussiz ishlab turadi. Dam olmasdan biz o‘ylab ham o‘tirmaydigan butun organizmdagi jarayonlarni boshqaradi. Yuragimiz urishi, tomirlarda qon oqishi, ovqat hazm bo‘lishi va nafas olishimizgacha bo‘lgan fiziologik mexanizmlarga javob beradi. Bizning his-tuyg‘ularimiz — ong ostimizning atrofda bo‘layotgan jarayonlarga bo‘lgan javobimizning natijasidir. Uning doimiy faoliyatini biz amalda sezmaymiz va shunday bo‘lishi kerak deb qabul qilganmiz. U bizning reflekslarimiz, odatlarimiz, shaxs sifatida shakllangan chizgilarimiz (xarakter, temperament, vaziyatlarga munosabat bildirishlar) yig‘indisidir.

Ong bu kompьyuterdagi operativ xotira kabi. U cheklangan va zarurat bo‘lganda tezkor hamda dolzarb vazifalarni bajarib beradi. Ong osti bo‘lsa kompьyuterning vinchesteri (doimiy xotira HDD), unda hamma ma’lumotlar saqlanadi. Ong va ong osti doimo bir-biri bilan munosabatda bo‘ladi, hattoki tush ko‘rayotgan paytda ham. Bizning 90% xatti-harakatlarimizni ong ostimiz belgilab beradi, garchi ongimiz shu qadar kuchli bo‘lsa ham. Va 10% qarorlargina yuqori darajadagi ongimiz orqali qabul bo‘ladi.

Ular ziddiyatga boradimi?

Ko‘p holatlarda ong va ong osti bir-biriga zid ravishda harakat qiladi. Ularni yarashtirib qo‘yish, ikki tomonga ham ma’qul keladigan echimni topib berish juda qiyin bo‘ladi. Bu esa, shaxsni ikkiga ajralishigi olib keladi. Shuning uchun inson mukammal bo‘lishi uchun bu ikki aql bo‘limlarini hamohang tarzda olib yurishi lozim. Ong va ong ostida bo‘layotgan xohish va intilishlarni birgalikda ikkisini ham rozi qilib yashash kerak. Shunda hammasi to‘g‘ri bo‘ladi va yashash osonlashadi.

Davomi bor …

278 марта ўқилди