Fransiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan «Marsel» — PSJ uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda 0:3 hisobi qayd etilib, parijliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning to‘liq sharhi va statistikalarini e’tiboringizga havola qilamiz.
«Marsel» — PSJ uchrashuvi haqida
Bellashuv kutilganidek, keskin kurashlar ostida boshlandi. 25-daqiqada Mbappe gol urib, hisobni ochdi. Maydon markazida bo‘shliq yuzaga kelgandi. Messi to‘pni yaxshi qabul qilib, ochilib borayotgan Kilianga uzatib berdi. Fransiya terma jamoasi hujumchisi birga-bir chiqib, darvozabon Lopesga imkon qoldirmadi. 29-daqiqada esa Messi ikkinchi golni urdi. Bu yerda ham Mbappe qanotda to‘pni Nunu Mendeshdan olib qo‘ydi va raqibning oyoqlari orasidan uzatmani amalga oshirdi. Jarima maydonchasida Leo yo‘nalishni burib qo‘ya qoldi va to‘p darvozadan joy oldi.
Ikkinchi bo‘limda ham sermahsullik davom etdi. 55-daqiqada yana gol kritildi. Mazkur vaziyatda ham argentinalik yulduz to‘pni fransiyalik yulduzga ajoyib tarzda to‘pni yetkazib berdi. Mbappe esa oshirmani to‘xtatmasdan zarbaga aylantirib, uchinchi golni urdi. Amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Eng qizig‘i — «Marsel» ajoyib o‘yin ko‘rsati, ammo ungacha PSJ yulduzlari kerakli ishni qilib bo‘lishgandi.
O‘yindan keyin fikrlar va statistka
Bahs tugagach, maydon egalari bosh murabbiyi Tudor quyidagi gaplarni aytib o‘tdi: «Mbappe baribir gol urish uchun o‘ziga mos hudud topardi. U boshqa sayyoraning futbolchisi. PSJ o‘yinchilari yaxshiroq yugurishdi. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi», — deydi u.
Darvoqe, bu iqtidor egasi PSJ uchun 200-golini urdi va Kavaniga yetib oldi. Edinson 301 ta o‘yinda 200 ta gol urgan bo‘lsa, Kilian 246 ta o‘yinda shuncha gol urdi. Bu mavsumdagi 29 ta uchrashuvida 29 ta gol urishga erishdi.
Messi bo‘lsa ushbu klubi bilan 20 ta o‘yinda 12 ta gol va 12 ta uzatmani amalga oshirdi. Lionel jami klublar bilan 840 ta o‘yinda maydonga tushdi va 700 ta gol ura oldi. Bu g‘alabadan so‘ng Parij jamoasi «Marsel»dan 8 ochkoga o‘tib ketdi va yetakchilikni mustahkamladi. «Marsel» — PSJ uchrashuvi haqida qischa sharhimiz shundan iborat.
Qaydnoma bilan tanishing
Fransiya chempionati, 25-tur
Marsel — PSJ 0:3
Gollar: Mbappe (25), Messi (29), Mbappe (55).
Marsel: Lopes, Nunu Tavaresh, Kolashinats, Bayi (Kloss, 66), Balerdi, Malinovskiy (Unai, 81), Veretu, Ronje, Genduzi, Sanches (Vitinya, 81), Under (Payyet, 81).
PSJ: Donnarumma, Mukiyele (Zair-Emeri, 61), Ramos, Markinos, Kimpembe (Danilu Pereyra, 16), Mendesh (Bernat, 76), Verratti, Fabian Ruis, Vitinya, Messi, Mbappe.
«Oranj Velodrom» stadioni
