Angliya Premyer-ligasida «Manchester Yunayted» degan jamoa bor. Bu juda katta bir klubning nomidir. Butun dunyodagi futbol ishqibozlarining soni bo‘yicha «Manchester Yunayted» jamoasi «Real» Madrid (1-o‘rinda) va «Barselona»dan (2-o‘rinda) keyin 3-o‘rinda turadi. Bugun bu klubning unchalik ham ishlari oldinga ketmayapti. Matbuotda «Manchester Yunayted» sotilmoqda, degan xabarlar tarqalgan.
«Manchester Yunayted» sotilmoqda — kim olishi mumkin?
Klub o‘yin jihatdan inqiroz yoqasiga kelgan kundan boshlab, sotib olaman, degan boylar asta-sekin chiqa boshladi. Birinchilardan bo‘lganlar bu qatarlik milliarderlar bo‘lishdi. Boshlanishiga, ular taklif qilgan pul «MYu» xo‘jayinlariga ma’qul kelmadi. Shu kunlarda «qizil iblislar»ni sotib olish bo‘yicha yaxshiroq taklif kelib tushgan.
Qatarlik shayx Jasim bin Hamad al-Toni va INEOS neftь korxonasi xo‘jayini milliarder Retkliff «Manchester Yunayted»ga yangi taklif berishdi. Retkliff klubning direktorlar kengashi bilan shaxsan uchrashgan va ular bilan munosabatni yaxshilab olishni istamoqda. Salohiyatli xaridor bergan bu taklifini shu oy oxirigacha jiddiy ravishda ko‘rib chiqishadi, degan umidda. Bundan tashqari, «MYu» rahbarlari klubni sotmasdan ham investitsiya jalb qilish variantini o‘ylashmoqda.
Aslida necha pul turadi?
Boshida ingliz grandini sotib olishni istaganlar uchun 4,5 mlrd funt sterling pul so‘rashgandi. Keyinchalik bu ko‘rsatkich yanayam oshdi. Hozirda aynan qancha ekanligi sir tutilmoqda. Xabaringiz bor, sport tarixida eng katta savlo 2022 yilda bo‘lgan. O‘shanda «Denver Bronkos» jamoasi 4,65 mlrd dollarga sotilgan. Bu — 3,75 mlrd funt sterling degani. Agar «Manchester Yunayted» sotilmoqda, degan xabar mantiqan yakunlansa va tomonlar kelishishsa bu sport tarixida rekord qiymatga aylanadi.
Bilasiz, «MYu» amerikalik Gleyzerlar xonadoniga tegishli. Ular klubni sotish fikridan qaytishmagan. Ammo, ular 6 mlrd funt sterling so‘rashyapti. Chunki, ularning fikricha, mana shu miqdor Manchester shahri bosh jamoasining haqiqiy narxi ekan. Yana bir ma’lumot: shayx Jasim bin Hamad al-Toni klubning 100% aktsiyalarini sotib olishga tayyor, qanaqadir foizlar unga qiziq emas.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar»ning o‘tgan yili Deloitte korxonasi audit qilgan. «Yunayted»ning sof daromadi 593 mln funt sterling bo‘lgani ma’lum bo‘lgan. Bu klubdan ko‘proq foyda olgan 4 ta jamoa bor. Ular «Manchester Siti», «Real» va «Liverpul»dir.
Xullas, muzokaralar davom etmoqda. Agar klub sotilsa (sotilish ehtimoli juda katta) yanayam top jamoaga aylanishi turgan gap. Yulduzlar oqiimi yangi bosqichga chiqishi kutilmoqda.
