Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan «Liverpul» — «Real» Madrid uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda 2:5 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga o‘yin sharhi va statistikasini havola etamiz.
«Liverpul» — «Real» Madrid uchrashuvi haqida
YChL pley-off bosqichning dastlabki bahslari doirasida «Liverpul» va «Real» jamoalari ettita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Avvaliga, Nunes va Salohlarning gollari evaziga maydon egalari 2:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Bunga qo‘shimcha mezbonlar tinimsiz hujumlarni amalga oshirishdi. Lekin, 15-daqiqaga kelib, mehmonlar ustunlikni qo‘lga olishni boshlashdi. Vinisius Junior 21-daqiqada bitta gol bilan javob qaytardi. 35-daqiqaga kelib esa, uning o‘zi ikkinchi golni urdi va muvozanatni tikladi. Tomonlar shu hisobda tanaffusga chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limda ikki jamoa ham oldinga tashlandi. Militao 47-daqiqada «Real»ni oldinga olib chiqdi. Keyin esa Karim Benzemaga navbat keldi. 55-daqiqada u to‘rtinchi golni urgan bo‘lsa, 67-daqiqada beshinchisini ham urdi. Bu paytga kelib, o‘yin taqdiri hal bo‘lgandi. Madrid safarda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, uyiga qaytadigan bo‘ldi.
Raqamlar va statistika haqida
«Qirollik klub»ning frantsiyalik hujumchisi Benzema bu EChL bahslarida ilk gollarini kiritdi. U ham dubl sifatida muhrlandi. «Real» jamoasi ketma-ket ettita o‘yinda «Liverpul»ga yutqazmayapti. 6 ta g‘alaba va 1 ta durang. Jami to‘plar nisbati 16:4. Anchelotti shogirdlari ketma-ket 5 ta o‘yinda 20:6 hisobida g‘alaba qozonishmoqda. Benzema 18-marta YChL mavsumlarida gol urmoqda. Bunaqa ko‘rsatkich faqat Messidagina bor.
«Liverpul» o‘z tarixida birinchi marta Evrokubok bahslarida o‘z uyida 5 ta gol o‘tkazib yubordi. U ham «Real»dan. Yurgen Klopp bu raqibiga qarshi 5 ta o‘yin o‘yikazdi va 4 tasida engildi, 1 ta durang bo‘ldi. Misrlik hujumchi Muhammad Saloh «Liverupl»ning EChL tarixidagi uzatmalar berish bo‘yicha rekordsmenga aylandi. U 13 ta gollik uzatmani amalga oshirdi.
O‘yindan keyin va qaydnoma
Bellashuv yakuniga etgach, Vinisius Junior eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Modrichning o‘yinini ham e’tirofga sazovor bo‘ldi. Afsonaviy Gari Lineker «Real» bu «Real», deb tarif berdi.
Karlo Anchelotti bo‘lsa: «2:0 hisobidan keyin «Siti»ga qarshi kambek haqida o‘ylagandim. Undan ham ajoyib bo‘lib chiqdi», — dedi.
Yevropa Chempionlar ligasi, 1/8 final
Dastlabki o‘yin
Liverpul — Real Madrid 2:5
Gollar: Nunes (4), Saloh (14) — Vinisius Junior (21), Vinisius Junior (36), Militao (47), Benzema (55), Benzema (67).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes (Matip, 73), Robertson, Baychetich (Elliott, 85), Xenderson (Milner, 73), Fabino, Saloh, Gakpo (Firmino, 64), Nunes (Diogu Jota, 64).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Alaba (Nacho, 27), Modrich (Kroos, 87), Valverde, Kamavinga, Benzema (Asensio, 87), Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalos, 81).
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (60), Elliott (90).
«Enfild» stadioni.
