«Liverpul» — «Everton» uchrashuvi haqida

liverpul everton uchrashuvi

Angliya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Liverpul» — «Everton» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin haqida batafsil ma’lumot beramiz.

«Liverpul» — «Everton» uchrashuvi haqida

Nihoyat, Klopp shogirdlari g‘alabani tantana qilishdi. Dastlkb, 36-daqiqada Muhammad Saloh hisobni ochdi. Misrlik futbolchi Darvin Nunes uzatmasiga chiroyli nuqta qo‘ydi. Tanaffusgacha «Liverpul» ustunlikni saqlab turdi. Ikkinchi bo‘limda ham bitta gol kiritildi. Aniqrog‘i, 49-daqiqada JCh-2022 da porlagan niderlandiyalik hujumchi Gakpo hisobni 2:0 ko‘rinishga olib keldi. Bu Kodining yangi jamoasidagi ilk golidir. Tomonlarda yana hisobni o‘zgartirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo, uyog‘ida darvozabonlar ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi.

Mezbonlar shu tariqa ketma-ket 4 marotaba davom etgan g‘alabasiz o‘yinlarga chek qo‘yishdi. Undan avval «Brentford» va «Brayton»ga imkoniyatlar boy berilgandi. «Chelsi» bilan durang qayd etilgan. «Vulverxempton»ga esa yirik hisobda yutqazilgandi.

O‘yin so‘nggi fikrlar

Uchrashuv tugagach, Yurgen Klopp shogirdlarini maqtab o‘tdi. «Atmosfera ajoyib edi, men ishqibozlarning mehrini yaxshi ko‘raman. Futbolchilarim ham bunga yarasha javob qaytarishdi. Bugun «Liverpul» yakdil bo‘lib harakat qildi. Ikki golni ham qarshi hujumda kiritdik. Men ulardan mana shundek o‘yin kutaman. Muhimi 3 ochkoga ega bo‘ldik», — dedi u.

«Ancha o‘zimni engil his qilishni boshladim. Bundan ham yomon vaziyatlarni boshimizdan o‘tkazganmiz. Doim, qiyin paytlarda qanday o‘ynash kerakligini bilganmiz. Men har bir soniyalardan rohatlandim», — qo‘shimcha qildi Klopp.

Uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing:

Angliya chempionati, 23-tur
Liverpul — Everton 2:0
Gollar: Saloh (36), Gakpo (49).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, Gomes, Robertson, Baychetich (Keyta, 90), Xenderson (Milner, 80), Fabino, Saloh (Elliott, 90), Gakpo (Firmino, 80), Nunes (Diogu Jota, 70).
Everton – Pikford, Koulmen, Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Guye, Dukure, Onana (Devis, 78), Maknil (Mope, 78), Simms (Grey, 61), Ivobi.
Ogohlantirishlar: Koudi (67), Dukure (84), Robertson (87), Pikford (87).
«Enfild» stadioni.

370 марта ўқилди