Professional kontekst reklama xizmatlari — Tel 977508030

kontekst reklama xizmatlari

Internet orqali savdo qilayotgan va nimadir sotib olayotganlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Onlayn biznes o‘sayotgani bois internet-marketing ham o‘z navbatida rivojlanmoqda. Kerakli mijozni mahsulot yoki xizmat turiga jalb qilishning eng samarali usullaridan biri bu kontekst e’lon joylashtirish bo‘lib qoldi. Bugunga kelib, qidiruv tizimlarida kontekst reklama xizmatlari deb, shu sohada xizmat ko‘rsatadigan korxonalarni izlashmoqda. Topganlari bilan muloqot qilib, ishlarini bitkazishmoqda. Bugun shu sohada ko‘p yillik tajribamiz haqida siz bilan o‘rtoqlashmoqchimiz.

Kontekst reklama xizmatlari bilan kim shug‘ullanadi?

Bu sohaning o‘ziga xos mutaxassislari bor. Ular mijoz nima istayotganiga qarab, kerakli kontekst ma’lumotlarni chiqarib berishadi. Ular e’lon yaratib, saytga bog‘lab qo‘yishadi. Salohiyatli mijoz bosganda o‘sha kerakli saytga borib tushadi.

Keling, avvalam bor kontekst reklama nima, degan savolga javob berib ketaylik. Qolgan masalalarni keyin ham gaplashaveramiz. Kontekst reklama — bu shunday bir e’lonki u Interneta chop etiladi va foydalanuvchi qandaydir mahsulot yoki xizmat turini izlayotgan paytida ko‘rsatib beriladi. Masalan, siz «arab tili kurslari» haqida nimadir izlamoqchi bo‘lyapsiz. Google yoki Yandeks platformalari odatdagi qidiruv javoblarini (saytlarni) chiqarishdan avval, puli to‘langan kontekst reklama e’lonlarini ko‘rsatadi.

Bu bilan kontekst reklamaning ishi tugab qolmaydi. Arab tillariga yozilish yoki repetitor topish degan jumlalar — iboralar Internetda sizni qanchadir payt o‘ziga tortib turadi. Bu xuddi ish yuzasidan maishiy texnika haqida ko‘p izlaydiganlarga doimiy ravishda muzlatkich yoki kir yuvish mashinasining reklamalarini ko‘rsatib turadigandek gapdir.

Kontekst reklama turlari qanaqa bo‘ladi?

Bugunga kelib, uning bir nechta turlari mavjud. Bezatish yoki yasatishga («oformlenie») qarab u matnli yoki matnli-grafikli bo‘ladi. Birinchi toifali e’lon sarlavlahadan, ozgina matn va havoladan («ssыlka» — URL) iborat bo‘ladi. O‘sha havola bosgan kishini tovar yoki xizmat turi yozilgan veb saytga yoki lending-peyjga o‘tkazadi. Matnli-grafikli e’londa bo‘lsa, asosiy urg‘u suratga qaratiladi. Ya’ni vizual ko‘rishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Birinchi bo‘lib ko‘zga matn emas, grafika tashlanadi. U surat — rasm bo‘lishi, video yoki animatsiya bo‘lishi mumkin.

E’lonlar qidiruvga oid yoki ma’lum bir mavzuga — yo‘nalishga oid bo‘lishi mumkin. Bu aynan qaerda ko‘rsatilishiga bog‘liq. Qidiruvga oid reklama-e’lon o‘z nomi bilan Google va Yandeks kabi platformalarda izlanganda chiqib keladi. Ularni ko‘rishi uchun foydalanuvchi kalit so‘zlar ishtirokida albatta nimadir izlashi shart. Mavzuga oid kontekst reklama bo‘lsa qidiruv tizimlaridan tashqariga ham chiqadi. Boshqa saytlarda agar «tarmoqli reklama tizimlari» ulangan bo‘lsa, o‘sha saytlarda baner sifatida ko‘rinib turadi. Google saytida KMS degan ibora bor. U — «kontekstno-mediynaya setь» deyiladi. Nafaqat Google da izlanganda, balki Gmail, Youtube, Adme va shunga o‘xshagan manbalarda ham ko‘rsatiladi.

Kontekst reklamaga buyurtma berish

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ayni paytda bu turdagi reklama boshqa turlardan ancha sifat jihatdan ustunlikka egadir. Ya’ni, masalan siz Feysyuuk, Instagram yoki Telegramlarda reklama berishingiz mumkin. Shu joylarda foydalanuvchi kutmagan paytda reklama chiqib qoladi. U erdagi mijozlar reklamadagi mahsulot yoki xizmatga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Qidiruv tizimlarida esa sotib olishga tayyor bo‘lgan mijoz o‘sha narsa zarurligidan izlayotgandagina ko‘radi. Bu toifali mijoz ijtimoiy tarmoqda ko‘radigan mijozdan ancha sifatli bo‘ladi. Unda sotib olish ehtimoli yuqori hisoblanadi.

Shunday ekan, agar biznesingizni o‘sishini istasangiz albatta bu turdagi reklamadan ofydalaning. Biz mana 10 yildan oshdiki, professional kontekst reklama xizmatlari qilib berish bo‘yicha etarli tajribaga egamiz. Biznesingizni kerakli mijozlarga ko‘rsatib bera olamiz. Narxlarimiz esa raqobatbardosh va cho‘ntakbop.

Murojaat uchun:

Telefon/Telegram: +99897-7508030
Instagram: havola

301 марта ўқилди