Agar birinchi marta Internet olamida marketing bilan shug‘ullanishni boshlagan bo‘lsangiz kutilmagan yoqimsiz holatlarga duch kelasiz. Chunki siz aytgan narsa bo‘lmaydi va bekorga qanchadir pulga «tushib» qolasiz. Lekin, keyinroq shu olgan bilimlaringiz mevasini albatta beradi. Bu xuddi bir «boshqotirma-mozaika»ning bo‘laklarini yig‘ib chiqishdek gap. Siz Internet bilan o‘ynashasiz. Barcha qoidalarga to‘g‘ri amal qilib borsangiz yakunda bu Internet-o‘yinida g‘olib bo‘lasiz. E’tiboringizga Internet marketing sirlari borasida ma’lumot beramiz.
Internet marketing sirlari haqida
Bitta haqiqat bor: ko‘pchilik maqsadsiz va aniq rejasi bo‘lmasdan boshlagan ishlarni. Yakunda oxiri yo‘q qorong‘u tunnelga duch kelgan. Bugun sizga Internet marketingdagi oddiy oltin qoidalar haqida so‘zlab beramiz. Zero, ularni bilib olsangiz xatoni kam qilasiz.
Oltin qoida №1. Bozorni o‘rganishga vaqt ajrating
Boshidayoq bozorni o‘rganishga va uni monitoring qilish uchun vaqt ajratsangiz, keyinchalik bu sizga millionlab so‘mni tejab qolishingizni olib keladi.
O‘zizdan «sizning asl mijozlaringiz kimlar», deb so‘rang. Bozoringiz qanday shaxslardan iborat? U erdagi odamlarning saviyasi qanaqa? Ular qaerda turishadi? Ma’lumotlari qanaqa? Ularning kun tartiblari nimaga o‘xshaydi? Bu savollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozlaringizni aniqlab olishga yordam beradi. Keyin esa, shu toifali odamlar yig‘iladigan veb saytlarni izlab toping. Hozir ular asosan Feysbuk va Instagramda o‘tirishadi. Bekorchisiyam — biznesmeniyam.
Oltin qoida №2. Veb saytga va SEO’ga mehr bering
Albatta veb sayt yarating. Uning tugatib bo‘lgach. SEO optimizatsiya uchun mablag‘ ajrating. Eng kamida sizning faoliyatga oid kalit so‘zlar yozilganda Googla va Yandeks sizni topib bersin. Mayli, 50-chi yoki 100-sahifada bo‘lsa ham. Aks holda mijozlaringizning kamida 50% sizni topa olmaydi. Ularni shunchaki yo‘qotasiz. Boshqalar ilib ketishadi.
Oltin qoida №3. Kalit so‘zlarni o‘zizniki qilib oling
Eslab qoling: savdolar «qiroli» bu — kontent! Shunday qilingki, qidiruv tizimlari sizning saytingizni top-10 sahifada chiqarib bersin. Buning uchun faoliyatingiz kalit so‘zlariga oid matn tayyorlatib, Internetga joylashtiring. Ma’lum bir muddat o‘tgach (odatda 1-3 oy) saytingiz kontent jihatdan etakchiga aylanadi. Bu esa yo‘q joydan mijozni olib kelishini anglatadi.
Yana qanday sirlari bor?
Oltin qoida №4. Boshidayoq reklamaga jiddiy e’tibor qarating
Endi bozorga kirayotgan biznes egalari hamisha boshida reklamaga etarli mablag‘ ajratishlari kerak. Keyinchalik, mijozlaringiz chiqishni boshlab, Internet marketing sirlarini o‘zlashtirganingizdan keyin reklamaga mablag‘ni tejashni boshlaysiz. Boshlanishiga Google AdWords etarli. U sinovdan o‘tgan. Toki, SEO meva berguncha undan foyda kelib turadi. Ammo bu pullik va doimiy ravishda monitoring qilishni talab qiladi. Bu borada shu soha mutaxassisini jalb qiling.
Oltin qoida №5. SMM va targetingga e’tibor qarating
Ijtimoiy tarmoqlarda jumladan, Feysbuk va Instagramda sahifalar oching va professional tarzda yuriting. To‘g‘ri sozlab, «oformlenie»sini to‘g‘ri qilib, dizayn va korporativ ranglarga e’tibor qarating. Kirgan mijoz sahifangizni sevib qolsin. Faoliyatingizni yo‘nalishlarga bo‘ling, odamlar shunga qarab o‘ziga keraklisini tanlaydi.
Xulosa o‘rnida
Qidiruv tizimlari (Google va Yandeks) darhahiqat daho hisoblanishadi. Agar ularning kuchiga shubhalansangiz yoki ikkilansangiz bor diqqatni tushunishga qarating. Keyinchalik foydasini ko‘rasiz. Bozoringizga o‘ziz haqingizda axborot-ma’lumot bering, o‘zingizni taniting! Muvaffaqiyat kuttirmaydi.
Mana shular Internet marketing sirlari hisoblanadi. Amal qilish o‘zingizdan.
