Case Transfer haqida batafsil

case transfer haqida

Butun dunyoda yuz bergan pandemiya tugaganidan so‘ng AQSh konsulligi xizmatiga bo‘lgan talab haddan ziyod oshdi. Natijada immigratsion vizalar uchun ishlarni ko‘rib chiqishga ketadigan vaqt sezilarli darajada uzaydi. Xususan, Green Card (Grin karta) lotereyasi g‘oliblarining ishlarini ko‘rib chiqish bir muncha susaydi. Buning ustiga, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojarolar sababli Toshkentdagi Amerika konsulligiga chet eldan arizalar topshiruvchilar soni ko‘paydi. Natijada oxirgi ikki yilda lotereya g‘oliblarining 35-40% navbat etib kelmasligi sababli yutuqlar kuyib ketdi. 2023 yilning 5 sentyabrь kuni lotereya uchun ajratilgan kvotalar tugab, 2023 yil 5 sentyabrdan keyingi barcha intervьyular dunyo bo‘ylab bekor bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bugun dolzarb mavzu — Case Transfer haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Case Transfer haqida

Green Card yutuq egalari o‘z yutuqlarini shunchaki kuyib ketishini oldini olish maqsadida o‘zlarinig ishlarini (Case’larini) boshqa mamlakatga ko‘chirishadi. Ya’ni transfer qilishadi. Har bir Green Card (Grin karta) lotereyasi yutuq sohibiga maxsus yutuq raqami beriladi. Uni Case Number deb atashadi. Yutuq raqami yutuq egasining navbat raqami degani hamdir. Qanchalik bu raqam katta bo‘lsa shunchalik navbat kelishi uzoq bo‘ladi yoki umuman kelmasligi ham mumkin. Shuning uchun Green Card yutishlik Amerikaga ketishni kafolatlamaydi.

O‘zbekiston holatida yutuq raqamlari 1 dan 30.000 gacha deb belgilangan. Ayrim hollarda bundan yuqori bo‘lgan raqamlar ham uchrab turadi. Ko‘p hollarda 25.000 dan baland yutuq raqamlar fuqoroligi O‘zbekiston lekin tug‘ilgan joyi boshqa mamlakat bo‘lishi mumkin. Masalan, Qozog‘iston, Turkmaniston va boshqa shunga o‘xshash qo‘shni davlatlar. Yutuq raqamlari dunyo bo‘ylab geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda 6 hududga bo‘linadi . Ular Afrika, Osiyo, Yovropa, Janubiy Amerika, Okeaniya va Shimoliy Amerika (Karib dengizi atrofi). O‘zbekistonliklar Sharqiy Evropa hududi hisobida yuritiladi va barcha yutuq raqamlar 20XXEU000XXXXX ko‘rinishida bo‘ladi.

Visa Bulletin tushunchasi

Har oyning birinchi 15 kunligida Visa Bulletin (Viza buliten) e’lon qilinadi. Bulitenda hududlar kesimida nechanchi yutuq raqam egalari ishlari ko‘rib chiqilishi bayon qilinadi. Masalan, 2024 yil yanvarь oyi uchun O‘zbekistonliklarga 4750 yutuq raqamgacha bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqilishi aytilgan. Bunda 4750 gacha bo‘lga ishlar “Current” ya’ni ko‘rib chiqishga tayyor holga keladi. Afsuski “Case current” bo‘lsa ham bu yutuq sohibiga gal etib kelishini anglatmaydi. Yanvarь oyiga 4750 gacha belgilangan bo‘lgani bilan amalda 3000 gacha bo‘lgan ishtirokchilar yanvarь oyi uchun suhbatga chaqirilgan bo‘ladi.

Case Trasfer qilish uchun sinovdan o‘tgan bir nechta davlatlar bor. Bular Malayziya, Indoneziya va Mongoliya. Ushbu 3 ta davlatga 2 yildan buyon o‘zbekistonliklar o‘z Case’larini muvaffaqiyatli transfer qilib kelmoqdalar. Bundan tashqari, Hindiston, Xitoy va Pokiston davlatlari ham transfer qilish uchun aktual mamlakatlar qatoriga kiradi. Transfer qilish uchun avvalambor sizning keysingiz Current bo‘lmasdan avval amalga oshirilishi lozim. Keysni transfer qilgandan so‘ng O‘zbekiston uchun viza bulletinida sizning navbatingiz kelsagina sizni intervьyu uchun chaqirishlari mumkin.

Case Transfer haqida qo‘shimcha ma’lumotlar va bu borada amaliy yordam kerak bo‘lsa ushbu raqamga telefon qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Telefon/Telegram: +99899-8029699

*****

DS-260 to‘ldirish tartibi

159 марта ўқилди