«Barselona» — «Real» Madrid uchrashuvi 2023

barselona real madrid uchrashuvi

Ispaniya kubogi musobaqasining yarim final javob bahslaridan o‘rin olgan «Barselona» — «Real» Madrid uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda 0:4 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tibioringizga ushbu bellashuv sharhini havola qilamiz

«Barselona» — «Real» Madrid uchrashuvi haqida

Bu bahsni ko‘pchilik kutdi. Chunki, La Ligada chempionlik uchun kurash deyarli hal bo‘lgan bir paytda mehmonlar barcha kuchni Kubok musobaqasiga tashashlari turgan gap edi. O‘yin kutilganidek, qiziqarli tarzda boshlandi. Maydon egalari ko‘proq hujum uyushtirishdi. Lekin, «Real» qarshi hujumda faolik ko‘rsatdi. Birichni bo‘limning oxirlariga kelib, Vinisius Junior jamoasining birinchi golini darvozaga yo‘lladi. Aslida to‘pni Benzema kiritgandi, ammo braziliyalik hujumchisning zarbasi chiziqni kesib o‘tgandi. Qarshi hujum taktikasi ish berdi. Tomonlar tanaffusga kichik hisobda chiqib ketishdi. Bu paytga kelib ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, umumiy hisob — 1:1 edi.

Tanaffusda «Barsa» oldinga tashlandi. Levandovskida imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Ammo, 50-daqiqada Modrich — Rodrigo — Benzema triosi juda chiqroyli kombinatsiyani ijro etishdi. Karim oxirgi nuqtani ajoyib tarzda qo‘ydi. Hisob 0:2 ga o‘zgardi. 58-daqiqada frantsiyalik yulduz penaltidan ikkinchi, jamoasning uchinchi golini urdi.

Kataloniyaliklar ustozi Xavi ko‘p almashtirishlarni amalga oshirdi. Ferran va Garsiyalarni Rafinya va Alonsolar o‘rniga maydonga tushirdi. Ularning foydasi kamroq bo‘ldi. 80-daqiqada yana «Real» qarshi hujumga o‘tib ketdi. Uchga ikki ko‘rinishdagi hujumda Vinisius to‘pni Benzemaga uzatdi. Karim o‘z uslubida ter Stegenni dog‘da qoldirdi — 0:4. Oxirgi daqiqalarda har doimgidek, janjal ham bo‘ldi. Alaba va Baldelar sariq kartochka olishdi.

O‘yinga oid raqamlar

Karim Benzema birinchi marta el-klasikoda xet-trik qayd etdi. 28 yil davomida hech kim bunaqa qila olmagandi. Oxrigi marta Ivan Samorano tomonidan «Santyago Bernabeu» stadionida 1995 yilning 7 yanvarida uchta gol kiritilgandi. «Kamp Nou» stadionida oxirgi marta Ferents Pushkash 3 ta gol urgan. Bu voqea 1963 yilning 27 yanvarida bo‘lgan.

Madrid jamoasi Ispaniya kubiogining finaliga 40-marta chiqyapti. Ungacha 19 marta g‘olib bo‘lgan. Bu jamoalarning oxirgi uchta qarama-qarshilikda «Barselona» g‘alaba qozonayotgandi. «Real» o‘zining oxirgi ettita o‘yinining beshtasini g‘alaba bilan yakunlagan.

Marca nashri «Barselona» — «Real» Madrid uchrashuvi tugagach, Madrid jamoasining ayrim futbolchilarini uchta yulduz bilan baholadi. Ular Tibo Kurtua, Eduardo Kamavinga, Toni Kroos, Luka Modrich, Vinisius Junior va Karim Benzemalardir,

Uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing

Ispaniya kubogi, 1/2 final
Javob uchrashuvlari
Barselona – Real Madrid 0:4
Gollar: Vinisius Junior (45), Benzema (50), Benzema (58, penalti), Benzema (80).
Barselona: ter Stegen, Arauxo, Alonso (Erik Garsiya, 66), Kunde, Balde, Serdji Roberto, Buskets, Kessie (Fati, 59), Gavi, Rafinya (Ferran Torres, 66), Levandovski.
Real Madrid: Kurtua, Karvaxal, Alaba, Militao, Kamavinga, Modrich (Tchuameni, 87), Kroos, Valverde, Vinisius Junior (Sebalos, 85), Rodrigo (Asensio, 73), Benzema (Nacho, 89).
Ogohlantirishlar: Serdji Roberto (10), Xavi (16), Vinisius Junior (26), Gavi (26), Erik Garsiya (67), Karvaxal (71), Ferran Torres (76), Arauxo (84), Alaba (86), Balde (86), Militao (88), Fati (90).
«Kamp Nou» stadioni
Birinchi o‘yin — 1:0

575 марта ўқилди