Tadbirkor uchun o‘z mahsulotini yoki ko‘rsatayotgan xizmat turini mijozga taklif qilish va sotish — asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Bugunga kelib, ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv tizimlari orqali bemalol mijozni topib olish mumkin bo‘lib qolgan. Buning uchun o‘sha brend haqida to‘g‘ri ma’lumot taqdim etilsa va uni to‘g‘ri sozlab, kerakli saytlarda ko‘rsata olinsa yetarlidir. Biz bugun asosiy qidiruv tizimlari bo‘lgan Google hamda Yandekslar haqida so‘z yuritamiz. Google Ads kurslar, deb ko‘pchiligimiz izlaymiz. Topgan va topa olgan koordinatalarimiz bo‘yicha aloqaga chiqamiz. Ma’qul kelsa davom ettiramiz. Ismim Azizxon Akbarov, 20 yildan ortiq muddat ichida IT sohasida faoliyat yuritib kelaman. 1998 yili Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining «Matematika va mexanika» fakultetini tugatganman. «Sun’iy tafakkur» va «o‘zbek tilini matematik modellashtirish» bo‘yicha ko‘p yillik ishlarni olib borganman. Sizga o‘z bilimlarimning ayrimlarini baham ko‘rmoqchiman.
Professional Google Ads kurslar qayerda bor?
Ushbu kurs haqida ko‘plab korxonalar o‘z xizmatlarini taklif qilishlari turgan gap. Ularning aksariyati rus tillarida olib boriladi. Ko‘p hollarda sinchkovlik bilan tushuntirilmaydi. Standart uslublardan foydalanishadi. Men esa sizga Google Ads platformasining mavjud sirlari haqida o‘zbek tilida ilm beraman. Bevosita kompyuter oldida shug‘ullanib, kerakli ko‘rsatmalarni taqdim etaman. Kurs muddati uzog‘i bilan 1 oy davom etadi. Undan qisqa muddatda ham bemalol o‘zlashtirib olish mumkin.
Demak, buning uchun birinchi navbatda Google saytida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz va elektron pochtangiz bo‘lishi shart. Keyin ads.google.com manzilni terib, o‘zingiz uchun yangi akkauntni ochasiz. O‘sha akkauntda ishni boshlaysiz. Ruschasiga buni «uchetnaya zapis» deb atashadi. Hammasini qilib bo‘lganizdan keyin, akkauntga kirasiz va «ekspert rejim» bo‘limni tanlaysiz. Aynan shu rejimda Google sizga barcha «qurollarni» (instrumentalar) ochib beradi. Undan so‘ng «Sozdat kompaniyu» degan bo‘limni bosasiz. Maqsadni ko‘rsat, degan joyga, «maqsadsiz ko‘rsatmagan holda» ya’ni — «bez ukazaniya seli» degan ruknni tanlaysiz. Chunki bu orqali o‘sha yaratilayotgan reklama kompaniyasini to‘liq nazoratda ushlab turasiz.
Undan keyin o‘sha kompaniyaning turi tanlanadi. Biz boshlanishiga oddiygina matn qidiruviga oid («poisk») e’lonlar turini tanlaymiz. U orqali foydalanuvchi qanaqadir kalit so‘zni izlasa, Google o‘shani ko‘rsatib beradi. Xullas, turni tanlaganimizdan so‘ng «Natija» degan joy keladi. Ya’ni ruschasiga uni «Rezultat» deymiz, bosilganda qayergadir o‘tishi kerak. Aniqrohi uni «maqsadli sahifa» desak ham bo‘ladi. Shunchaki, «veb saytga tashrif buyurish» bo‘limini bossangiz kifoya. O‘sha joyga URL havolani kiritasiz. Davom etasiz.
Sozlash ishlari haqida
«Kompaniyani sozlash» bo‘limida birinchi bo‘lib nom berish kerak bo‘ladi. Chunki, bir necha korxona e’lonlarini yaratayotganingizda ularni farqlash uchun bu nom as qotadi. Istalgan nomni berishingiz mumkin, o‘zingiz tushunsangiz bo‘ldi. Darhol, kontekst-media tarmoq degan bo‘limdan «galochka»ni olib qo‘ying. U «kontekstno-mediynaya set» deyiladi. U kerakmas hozircha. Aks holda bu holatda Google budjetni keraksiz ravishda ko‘p ishlatib yuboradi. Bizn yaratayotgan kompaniyani boshlanishiga faqatgina izlaganda chiqarsa yetarlidir. Uning pasida «Qo‘shimcha sozlamalar» ya’ni «Dopolniteln?e nastroyki» degan joy bor. Bu yerda reklama muddatini boshlanish va tugash sanalarini ko‘rsatishimiz mumkin. Bundan tashqari, kunning qaysi soatlarida yoki haftaning qaysi kunlarida ko‘rsatish kerakligini ham belgilash imkonitiga egasiz. Undan so‘ng targeting va auditoriyaning segmentini sozlaymiz.
«Mestopolojeniye» degan joyga qaysi hududda ko‘rsatishi kerakligini belgilaysiz. Tilni tanlaysiz va hokazo kichik sozlashlarni amalga oshirasiz. Til deganda sizning mijozlaringiz qaysi tilda gaplashadi, shuni ko‘rsatasiz. Bulardan keyin «byudjet» va «stavka» degan bo‘limlar keladi. Qaysi valutada pul to‘lamoqchisiz — ko‘rsatasiz. Darvoqe, Google O‘zbekistonda rasman ishlaydi va 15% qo‘shimcha qiymat solig‘i (NDS) to‘laydi. Ya’ni sarflayotgan pulingizga qo‘shib, 15% ustama ham yechib oladi, shuni unutmang.
Google Ads platformasining qanday sirlari bor?
Eslab qoling: Google Ads tizimida sozlash ishlari juda ko‘p ayyorliklardan iborat. Aniqrog‘i — tuzoqlar mavjud. Salgina xato qilsangiz bu qopqonga tushasiz va budjetdan ayrilasiz. Ortiqcha sarflab qo‘yasiz. Bundan esa Google maza qilib foydalanib qoladi. U uchun tezgina pullarni «echib» olish qiziq doim. Bizning kurslarimiz maqsadi ham sizni mana shunaqa ortiqcha sarf-xarajatdan saqlashdir.
Google Ads platformasida ikki turdagi reklama beruvchilar bo‘ladi. Birinchi — hammasini to‘g‘ri qilishadi va sozlashadi. Ularga doimiy ravishda mijozlar chiqib turadi. Ikkinchisi — reklamani noto‘g‘ri sozlashadi va mablag‘dan ayrilishadi. Natijada, bu reklama ishlamadi, degan xulosaga kelishadi.
Yangi akkaunt egalarini Google avtomatik tarzda «Umn?y rejim» degan sahifaga olib o‘tadi. Agar to‘g‘ri tarjima qiladigan bo‘lsak «Pulingdan ayrilding» deganindir. Chunki, bu yo‘nalishda davom ettirsangiz pulni «shilib» olishadi. Shuning uchun «Rejim eksperta»ga o‘tish kerak. U yerda professional funksiyalar taklif etiladi. Ekspert rejimga o‘tishingiz bilan sizni ko‘k rangli «Yangi kompaniya» degan tugma kutib oladi. Shuni bosib davom ettirasiz.
Ko‘rib turganingizdek, Google Ads kurslar deb izlaganlarga aytiladigan dastlabki ma’lumotlarimiz shundan iborat. Agar sizga bu kurs qiziq bo‘lsa, marhamat biz bilan bog‘laning. Bir oygacha davom etadigan muddat ichida yangi kasb mutaxassisi bo‘lib yetishasiz. Aslida, kuni 2 soatdan 3-4 ta darsning o‘zi yetarli hisoblanadi. Tanlov o‘zingizdan.
Murojaat uchun:
Telefon/Telegram: +99897-7508030
Instagram: havola
