Toshkentda yuk mashinalarini ta’mirlash — Nabiev Service

yuk mashinalarini ta'mirlash

Vaqt o‘tgan sari har qanday texnika ishdan chiqadi. Uning ishga yaroqli muddatining ham chegarasi bor. Katta yukli transport vositasi ham bundan istisno emas. Aslida, keng hajmli mashinalarning buzulishi sifatsiz yo‘llarning holati, yo‘l-harakat qoidasining buzilishi, avariyaga uchrash va ehtiyot qismlarning vaqt o‘tib ishdan chiqishi bilan bog‘liqdir. Toshkentda yuk mashinalarini ta’mirlash bo‘yicha yetarli darajada servislar mavjud. Ammo, hammasi ham talabga javob berishi qiyin. Bugun e’tiboringizga «Nabiev Service» avtoservis korxonasi haqida ma’lumot berib o‘tmoqchimiz.

Toshkentda yuk mashinalarini ta’mirlash xizmati

Yuk mashinasining qay holatda ishdan chiqishidan qat’iy nazar u ta’mirlashga (remontga) muhtoj. Tuzatish yengil avtomobillardan ko‘ra ancha qiyin. Nima uchun yuk mashinasini remont qilish mashaqqat hisoblanadi?

Buning sababi quyidagilardan iborat:

— mashinaning gabariti kattaligi;
— ehtiyot qismlarning tanlash borasidagi qiyinchilik;
— transport vositasining o‘ziga xos konstruksiyasi;
— yuqori saviyali mutaxassislarning yetishmasligi;
— ta’mir uchun kerakli uskunalarning yo‘qligi;
— va hokazo.

Mana shu sabablarga duch kelmaslik uchun yuk mashinasi egalari maxsus servis markazlarida remont qilishni istashadi. O‘sha joylar keng bo‘lishi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishini istashadi. «Nabiev Service» korxonasi esa aynan shu parametrlarga javob beradi.

Ta’mirlash texnologiyasi qanday?

Katta hajmdagi yuk mashinalarini ta’mirlashdan avval bevosida diagnostika qilinadi. Bundan buzuq joyni lokalizatsiya qilishga, tuzatish yo‘llarini aniqlashga erishilinadi. Buni bir necha ko‘rinishda amalga oshirish mumkin. Ular bevosita vizual nigoh tashlash, kompyuter diagnostikasi qilish va stendlar orqali bilib olinadi.

Shundan keyin remonga kirishilinadi. Ish taqsimoti quyidagicha bo‘lanadi:

— shunchaki profilaktika, ya’ni asosiy tizimlarning ishga yaroqlilikni tekshirish;
— aniq ta’mir — ma’lum bir buzulishni tuzatish;
— kapital ma’mirlash — avtomobilning asosiy o‘qlarini sochish va yig‘ish;
— ehtiyot qismlarni almashtirish
— va hokazo.

Ish haqqi nimaga bog‘liq?

Ish haqqi qilinadigan ishlarning turiga qarab belginadi. Eng qimmati — kapital ta’mirlash hisoblanadi. U nafaqat pul jihatdan katta mablag‘ so‘raydi, balki tuzatish vaqti ham cho‘zilishini talab qiladi. Chunki, ustalar keng hajmdagi ishlarni bajarishlari kerak. Shuning uchun bu holatga tushmaslik maqsadida vaqtida profilaktika qilib turish lozim.

Toshkentda yuk mashinalarini ta’mirlash bo‘yicha «Nabiev Service» korxonasi bu borada ancha ishonchli hamkordir. Marhamat ularga murojaat qiling va o‘zingiz bunga amin bo‘ling.

Batafsil:

Telefon/Telegram +99899-8327070
https://t.me/Garage24_uz

546 марта ўқилди