Dunyoda shunday sport turi borki, u avjiga chiqqanda uning oldida hech bir narsa xotirjam tura olmaydi. Ayniqsa katta musobaqalarda inson butkul o‘zgarib ketadi. Ha, bu futboldir. Qatarda o‘tgan Jahon chempionatini eslang. Qanaqa o‘yinlar bo‘lmadi axir?! Ishqiboz borki o‘zbek futboli yangiliklari va jahon futboli bilan yashadi, bundan keyin ham shunday bo‘ladi. U bilan kunini o‘tkazaveradi.
O‘zbek futbol yangiliklari hozir juda ko‘p
E’tiboringizni bilib-oling.com saytidagi «Futbol» rukniga qaratamiz. Unda har bir ma’lumot yoki xabar keng tarzda tahlil qilinadi. To‘g‘ri, neytral fikrlar orqali berib boriladi. Muxlislarning suyukli klublari bo‘lgan «Real» Madrid, «Barselona», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Chelsi», «Arsenal», «Manchester Siti», «Milan», «Yuventus», PSJ, «Bavariya»lar haqida batafsil ma’lumotlar yetkaziladi. o‘zimizning klublardan «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv», AGMK, «Nasaf», «Neftchi», «Navbahor», «Andijon» va hokazo hammasi haqida chiqishlar qilinadi.
Monitoring shuni ko‘rsatyaptiki, aksariyat futbol muxlislari Angliya Premer-ligasini ko‘proq kuzatar ekan. Undan keyin Ispaniya La Ligasi turadi. Italiya A seriyasi uchinchi o‘rinda joylashgan. Keyingi o‘rinlarni Germaniya Bundesligasi va Fransiya Liga 1 musobaqalari o‘rin olgan. Ushbu ligalarda chiqayotgan futbol yanliliklari shubhasiz, diqqat bilan o‘qib boriladi.
O‘zbekiston Super ligasi ham o‘zining ashaddiy ishqibozlariga ega. Umuman, O‘zbekistonda futbol hamisha birinchi raqamli sport turi bo‘lib kelgan. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qolaveradi. Shunday ekan, o‘zbek futboli yangiliklari haqida kuzatavering. Navbatdagi Jahon chempionatiga endi chiqmasak bo‘lmaydi. Yaxshi bilasiz, JCh-2026 musobaqasi uchta — AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida bo‘lib o‘tadi. Unda 48 ta terma jamoa qatnashadi. Osiyog‘a ham beriladigan o‘rinlar soni ortada.
Futbol rivojlanyapti
JCh-2022 ko‘p narsalarga oydinlik kiritdi.Afrikada futbol o‘sayotganini hamma ko‘rdi. Marokash termasining natijalariga ko‘pchilik havas qilsa arziydi. Osiyo grandlari bo‘lgan Yaponiya, Koreya, Avstraliyalar ham yomon o‘yin ko‘rsatishmadi, shu safar. Buyog‘iga hech kim joyida qotib qolaydi.
Xullas, ko‘plab turnirlar oldida turibmiz. Ular haqida eng so‘nggi yangiliklar bilan bizning bilib-oling.com saytida kuzatib borishingiz mumkin.
