Rezyume qanday yoziladi?

rezyume qanday yoziladi

Ko‘pchilikni o‘ylantiradigan savol bor. U — rezyume qanday yoziladi, deganidir. Ishni to‘g‘ri rezyume yoki horij tili bilan aytganda CV tayyorlashdan boshlang. Uni ma’lumotnoma desa ham bo‘ladi.

Agar rezyumening nimaligini bilmasangiz sizga tushuntiramiz. rezyume — bu o‘zingizni qisqa tarzdagi xat orqali namoyish etish berish, degani. Ya’ni, unda siz professional jihatlaringizni, erishgan yutuqlaringizni, kuchli taraflaringizni bayon qilasiz.

Uni shunday yozingki, ko‘rgan odam bu xodim menga kerak, desin. Lekin undan oldin quyidagi uchta narsani bilib oling:

Xo‘sh, rezyume qanday yoziladi?

Birinchi qoida. Haqiqatni yozing

Siz unda o‘zingizni kuchli taraflarni yozasiz, kamchiligingizni emas. Kamchiliklarni ish beruvchining o‘zi so‘rab oladi, siz tayyor turing. To‘g‘ri narsalarni yozing, yolg‘on qo‘shmang.

Ikkinchi qoida. Aniq tizim va tartib asosida yozing

Rezyume uzog‘i bilan 2 varaq bo‘lishi kerak. Shuning uchun unga qisqa qilib eng muhimlarini yozib chiqing. Matnning shakliga va shriftning formatiga ham e’tibor qiling. U odamni charchatmasin.

Uchinchi qoida. Optimist bo‘ling

Ijobiy his-tuyg‘uga ega bo‘lgan odam har doim o‘ziga muvaffaqqiyatni tortadi. Sizning holatda bu yangi ishni tortish deganidir.

Demak, endi yaxshi rezyume yozishga tushamiz. Uning uchun bir nechta qadam qo‘yish kerak bo‘ladi.

Uni yozish qadamlari

1-qadam. Rezyumening nomi

Bu joyda siz rezyume deb yozasiz va u kimga atalgan ekanligini ko‘rsatasiz. Masalan: Abdullayev Ablulla Abdullayevichning rezyumesi. Shunda ish beruvchi darhol biladi, u kimga tegishli ekanligini.

2-qadam. Rezyumening maqsadi

Yozayotgan varag‘ingizda maqsad bo‘lishi shart. Ya’ni, masalan rezyumening maqsadi — muhandis lavozimiga nomzod, deb ko‘rsatilishi kerak.

3-qadam. O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar

Bu joyda quyidagilar bo‘lishi kerak:

— tug‘ilgan kun;
— yashash manzili;
— murojaat uchun telefon raqamlari;
— elektron pochta;
— oilaviy ahvoli.

4-qadam. Oliygohdagi ma’lumotingiz

Bu yerda siz o‘qigan oliygohlaringizni sanab o‘tasiz. Fakultetlarning nomlari va qachon kirib, qachon bitirgan bo‘lsangiz o‘sha sanalar ham bo‘lishi shart. Ikki va undan ortiq ziyo maskanida o‘qigan bo‘lsangiz ro‘yxatning tepasiga oxirgi o‘qigan joyingiz ko‘rsatilishi lozim.

5-qadam. Ish tajribasi (staj)

E’tibor qilingki, eng yuqoriga ro‘yxatda oxirgi ish joyingiz ko‘rsatiladi. Ilk ishingiz oxirida ko‘rsatiladi. Ya’ni, qaysi joyda necha yil ishlagansiz va qanday lavozimda.

6-qadam. Yutuqlar sanaladi

Bu yerda avvalgi ishlaringizda qo‘lga kiritgan yutuqlarni sanab chiqasiz. Masalan:

— 6 oy ichida sotuvni 30% ga oshirdim;
— ishlab chiqarish uchun yangi g‘oya yoki texnologiyani joriy qildim;
— uskunalarning sarf-xarajatlarini 40% ga kamaytirdim;
— 3ta yirik yangi mijoz topdim;
— o‘z tashabbusim bilan kredit olishga erishdim.

va hokazo yutuqlar aytiladi.

7-qadam. Qo‘shimcha ma’lumotlar

Bu yerda siz o‘zingizning kuchli taraflarni aytasiz. Qaysi horij tillarni qanday darajada bilishingizni, kompyuter va dasturlarni qay darajada o‘zlashtirganingizni bayon qilasiz. Avtomobilingiz va haydovchilik guvohnomangiz borligi ham esdan chiqmasin. Shaxsiy mashinasi bor kishilarga baribir boshqacharoq munosabatda bo‘laverishadi.

Boshqa qisqa o‘quv kurslarida olgan bilimlaringiz yoki horijdagi stajirovkalar ham aytiladi.

Mana shularni o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar bunga qo‘shimcha eski ish joylaringizdan ijobiy va maqtovli tavsiyanomalarni ola bilsangiz bu ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

736 марта ўқилди