Ispaniya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan «Real» Madrid — «Elche» uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda 4:0 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiboringizga maxkur bahs sharhini havola etamiz.
«Real» Madrid — «Elche» uchrashuvi haqida
O‘yin kutilganidek maydon egalarining ustunligida boshlandi. Dastlabki 10 daqiqadayoq hisob ochildi. 8-daqiqada Asensio o‘ziga berilgan imkoniyatni a’lo darajada bajarib, «Real»ni oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada Karim Benzema penaltidan ikkinchi golni urdi. Uning o‘zi 45-daqiqada ham 11 metrlik nuqtani bexato ijro etdi. Tanaffusga tomonlar yirik hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limda, Madrid yanayam kuchaydi. Ketma-ket hujumlarni amalga oshirib turdi. 80-daqiqaga kelib, Luka Modrich 4-golni urdi va amalda o‘yin taqdirini hal qildi. Karlo Anchelotti shogirdlari ishonchni g‘alabani qo‘lga kiritib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘lishdi.
Yana bir ko‘rsatkich haqida to‘xtalamiz. «Malorka»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin «Qirollik klub» ketma-ket 3 ta o‘yinda g‘alabaga erishdi. Jami to‘plar nisbati 13:4 ni tashkil qildi.
O‘yindan keyingi fikrlar
Bellashuv tugagach, mezbonlar ustozi quyidagi gaplarni aytdi: «Biz o‘yinni nazorat qildik va ko‘plab vaziyatlarni yaratdik. Raqibni qarshi hujumga o‘tib ketishini oldini ola bildik. Biz shu yo‘sinda davom ettirishimiz shart. Chunki, mavsum eng qiziq pallada turibdi», — dedi u.
Benzema haqida gapirar ekan: «U boshqa futbolchilar bilan uyqashib ketadi va har doim jarima maydonchasida bo‘ladi. Oxirgi nuqtani qo‘ya oladi. To‘pniyam yaxshi ushlab turadi», — dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, «Real» Madrid — «Elche» uchrashuvi nihoyasiga etgach, Modrich eng sog‘lom futbolchi deb tan olindi. Unga maxsus sovg‘a ham topshirildi.
Uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing:
Ispaniya chempionati, 21-tur
Real Madrid — Elche 4:0
Gollar: Asensio (8), Benzema (31, penalti), Benzema (45, penalti), Modrich (80).
Real Madrid: Lunin, Karvaxal (Odriosola, 68), Nacho, Militao, Alaba, Sebalos (Modrich, 68), Valverde (Tchuameni, 68), Kamavinga, Benzema (Mariano Dias, 78), Asensio (Arribas, 81), Rodrigo.
Elche: Badiya, Karmona, Magalyan, Roko (Verdu, 57), Diego Gonsales (Lirola, 73), Klerk, Fidel (Morente, 58), Gumbau, Guti (Diop, 58), Nteka (Boye, 66), Ponse.
Ogohlantirishlar: Roko (30), Gumbau (53), Diego Gonsales (72), Mariano Dias (83).
«Santyago Bernabeu» stadioni.
